Toshkent davlat agrar universiteti X. Nomozov, M. Atabayev, Z. Asqarova, S. Asatova tuproq xossalari va o


Tuproq ekologiyasining texnogenez mahsulotlari bilan


Download 1.71 Mb.
bet58/99
Sana14.12.2022
Hajmi1.71 Mb.
#1001746
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   99
Bog'liq
ТУПРОК ХОССАЛАРИ Номозов 1. doc

10.3. Tuproq ekologiyasining texnogenez mahsulotlari bilan
ifloslanishi va ularning melioratsiyasi
Tuproq yuzasiga qattiq chiqindilar bilan atrof muhitni ifloslantiruvchi moddalar tushadi. Ular orasida eng xaflilari simob, qo‘rg‘oshin, kadmiy, mish’yak, xrom, selen, ftor va boshqalar hisoblanadi. Tuproqlarning og‘ir metallar bilan ifloslanishi har xil manbalar bilan bog‘liq bo‘lib, ular asosan ko‘mir, neft, slanetslar yonganda chiqadigan moddalardir.
Inson faoliyati tuproqqa qo‘rg‘oshin va kadmiy tushishini ko‘paytiradi. Tuproqning qo‘rg‘oshin bilan ifloslanishining asosiy manbai avtomobillardan chiqib turadigan yongan gaz hisoblanadi. Og‘ir metallarning ko‘pgina birikmalari tuproqning yuqorigi (gumusli) qatlamida to‘planadi.
Tuproqdagi og‘ir metallar biologik doiraviy aylanishga jalb qilinadi va oziqlanish zanjirlari orqali uzatilib inson va hayvonlarda qator kasalliklar sodir etadi. Yuqori konsentratsiyasi esa o‘simliklarga kuchli ta’sir etadi, tuproqning biologik faolligini pasaytiradi.
Texnogenez mahsulotlari akkumulyativ landshaftlarda konservatsiya bo‘lib to‘planadilar. Masalan simob, qo‘rg‘oshin, kadmiy qumoq tarkibli tuproqlarning yuqori qatlamlarida yaxshi sorbsiyalanadi. Ularning tuproq profili bo‘yicha harakati juda kam. Lekin yengil mexanik tarkibli nordon va kam gumusli tuproqlarda bu elementlarning migratsiya jarayonlari ancha kuchayadi.
Hozirgi paytda og‘ir metallarning ta’sirini yo‘qotadigan yoki ularning zaharlik ta’sirini kamaytiradigan qator kimyoviy moddalar yaratilgan. Tuproqqa gips, ohak, organik o‘g‘itlar solish ham og‘ir metallarni va toksinlarni adsorbsiyalaydi.
Savollar:

  1. Agroximikatlarning tuproq ekologiyasiga qanday salbiy tomonlarini bilasiz?

  2. Agroximikatlarning biosferaga salbiy ta’sirini kamaytirishning qanday yo‘llari bor?

  3. Tuproqning texnogenez ifloslanishini qanday kamaytirish mumkin?

II - Q I S M


AMALIY MASHG‘ULOTLAR

Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling