Toshkent davlat agrar universiteti X. Nomozov, M. Atabayev, Z. Asqarova, S. Asatova tuproq xossalari va o


Tuproq bonitirovkasning dala bosqichi ishlari


Download 1.71 Mb.
bet61/99
Sana14.12.2022
Hajmi1.71 Mb.
#1001746
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   99
Bog'liq
ТУПРОК ХОССАЛАРИ Номозов 1. doc

Tuproq bonitirovkasning dala bosqichi ishlari
Daladagi davrning asosiy vazifasi birinchi bosqichda;
a) birinchi bosqichda tuzilgan tuproq bonitirovka shkalalarini to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini tekshirish; b) yetishmagan materiallarni yig‘ish; ham tarqalgan tuproqlar bonitirovkasini tuzishdir.
Ikkinchi bosqichda katta miqyosli tuproq xaritalari tuziladi. Tabiiy yem-xashak o‘simliklari va tuproq xususiyatlari asosida qishloq xo‘jalik o‘simliklari singari hisoblanadi.
Shkala tuzishda yem-xashak o‘rtacha hosildorligi, uning sifati hisobga olinadi, ballning bahosi s/ga ifodalanadi.
O‘rmon yerlarini bonitirovka qilishda shkalalar, obektiv belgilar va tuproq xususiyatlari hisobga olinadi. Bu tuproqlarda o‘rmon o‘simliklari hosili jihatidan bonitirovka shkalalaribu tuproqlarda alohida olingan o‘simliklarning hosilini aniqlab topiladi va har bir kesmadan analiz uchun namutsnalar olinadi. Dala xaritalari chiziladi.


Kameral tahlil ishlari
Tuproq bonitirovkasining oxirgi kameral-analitik bosqichi. Oxirgi bosqichda tugallangan bonitirovka shkalalarini tuzish, bu tuproqlar uchun diagnostik morfogenetik, agroximik, agrofizik belgilarni tuzish, ekspeditsiya davridagi to‘plangan ma’lumotlarni ko‘rib chiqish va shu kabi juda ko‘p vazifalar bajarilishi kerak. Bonitirovka shkalalarini tuzishda eng asosiy avvalo tamoyillarni topish kerak va qabul qilingan tamoyil asosida zonal tuproqlari bonitetini tuzmoq kerak. Zonal tuproq bonitetini bilgan holdagina viloyat bonitirovka shkalalarini ishlab chiqmoq lozim.
Xo‘jaliklarda yer baholash ishlarini o‘tkazishning birlamchi obekti bu haydalma ekin ekiladigan yerlar, ko‘p yillik mevali daraxtlar, tabiiy yaylovlardir. Maydonlar bo‘yicha baholash balini shu maydonga kiruvchi tuproq agroguruhini o‘rtacha nisbiy bahosi ko‘rsatkichi sifatida baholash shkalasi asosida hisoblab chiqaziladi.
Tuproqlar agronomik ishlab chiqarish guruhlariga birlashtirilayotganda sug‘oriladigan haydalma yerlar va lalmikor haydalma yerlar, alohida “Yirik masshtabda tuproq kartalarini tuzish” qo‘llanmasi asosida bajariladi. Tuproq ayirmalarini agronomik ishlab chiqarish guruhlariga birlashtirishning asosiy yo‘llari quyidagilardir:

  1. tuproq – iqlim provinsiyasiga yoki tog‘li maydonlarga mansubligi;

  2. tuproq genetik kelib chiqishining, tuproq profilining morfologik tuzilishi, ayniqsa yuqori gorizontlarning bir-biriga o‘xshashligi;

  3. tuproq paydo qiluvchi jinslar va tuproqning mexanik tarkibi;

  4. tuproqning asosiy fizik xossalari, ularning suv, havo va issiqlik tartiblari;

  5. tuproqdagi har xil shaklli ozuqa elementlarining miqdori va zahirasi, kimyoviy va fizik-kimyoviy xossalarining ko‘rsatkichlari.

Xo‘jaliklar bo‘yicha baholash ko‘rsatkichlarining tuproq agroguruhlari, almashlab ekish hududlari ekin turlari (ko‘p yillik mevali daraxtlar bo‘yicha) quyidagi formula bilan hisoblab chiqaziladi:

Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling