Toshkent davlat agrar universiteti X. Nomozov, M. Atabayev, Z. Asqarova, S. Asatova tuproq xossalari va o
Download 1.71 Mb.
|
ТУПРОК ХОССАЛАРИ Номозов 1. doc
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tuproq namunasini olish vaqti.
- Tuproq namunasini olish chuqurligi.
- Tuproq namunasi olinadigan uchastkaning yuzasi.
Tuproq namunasini olish tartibi. Tekshiriladigan tuproq xossalari to‘g‘risida to‘g‘ri tasavvurga erishish uchun analizga olinadigan tuproq namunalarini to‘g‘ri olish kerak. Namuna olinadigan vaqtni, namuna olinadigan elementar uchastkaning yuzasini, namuna olish chuqurligini, o‘rtacha namunani tashkil qiluvchi alohida xususiy namunalar sonini va ularni olish tartibini aniqlash katta metodik ahamiyatga ega.
Tuproq namunasini olish vaqti. O‘g‘it ishlatilmaydigan yoki o‘g‘it normasi sof oziq element hisobida gektariga 45-60 kg gacha tavsiya qilingan tuproqlarda tuproq namunasini vegetatsiya davrining istalgan vaqtida olinishi mumkin. Chunki, bunday tuproqlarda ilmiy-tekshirish ishlarining ko‘rsatishicha mavsum davomida harakatchan fosfor va kaliyning miqdori keskin ravishda o‘zgarmaydi. Gektariga 80-120 kg va undan yuqori normada o‘g‘it qo‘llaniladigan tuproqlarda tuproq namunalari o‘g‘it solinadigan 1,5-2 oydan keyin olinadi. Organik o‘g‘it, masalan, go‘ng solingan tuproqlarda namuna butun vegetatsiya davri mobaynida olinishi mumkin. Namuna olish vaqtida tuproqqa solingan o‘g‘it olinayotgan namunaga tushib qolmasligi qattiq rioya qilish kerak. Tuproq namunasini olish chuqurligi. Namuna olish chuqurligi tekshirilayotgan maydonning agrotexnik holatiga bog‘liq. Haydalma erlarda tuproq namunasi haydalma qatlam chuqurligida olinadi. Sug‘oriladigan maydonlarda va profili har xil xarakterli bo‘lgan tuproqlarda namuna haydalma osti qatlamdan olingan umumiy namunalar sonining 15%dan oshmaydi. O‘tloq va yaylovlarda tuproq namunalari biologik aktivlik yuqori bo‘lgan tuproqning ustki 15-16 sm qalinlikdagi qatlamidan olinadi. Tuproq namunasi olinadigan uchastkaning yuzasi. Aralashgan o‘rtacha tuproq namunasi olinadigan elementar uchastkaning yuzasi tuproq qoplamining har xilligiga, haydalma erlarning o‘g‘itlanganlik darajasiga bog‘liqdir. O‘g‘itlardan intensiv foydalanuvchi sabzavotchilik va kartoshkakorlikka ixtisoslashganxo‘jaliklarda 1 ta o‘rtacha tuproq namunasi har 2-4ga maydondan olinadi. Hududi mayda konturlardan iborat xo‘jaliklarda esa namuna yuzasi 5 ga dan katta bo‘lmagan uchastkadan olinadi. Sug‘oriladigan dehqonchilik sharoitida sug‘oriladigan maydonning o‘lchamlarini hisobga olgan holda, o‘rtacha har 2-3 ga erdan 1 ta o‘rtacha tuproq namunasi olinadi. Xo‘jalik maydonlari katta bo‘lmagan va turli tuproq komplekslaridan iborat tog‘lirayonlarda 1 ta o‘rtacha tuproq namunasi 0,5-3 ga erdan olinadi. Texnik ekinlar va choy yetishtirishga, shuningdek, bog‘dorchilik va uzumchilikka ixtisoslashgan, intensiv ravishda o‘g‘it ishlatiladigan xo‘jaliklarda tuproq namunasi olinadigan maydon yuzasi 1,5 marta kamaytiriladi. Bir elementar uchastka doirasida o‘rtacha tuproq namunasi nisbatan katta maydonni egallagan tuproq xilidan olinadi. Agar elementar uchastkada 2 tuproq xili teng miqdordagi maydonni egallagan bo‘lsa, u holda 2 ta tuproq namunasi olinadi va bu to‘g‘rida ishchi xarita va etiketkada belgilab qo‘yiladi. Elementar uchastka maydoni rel’ef ta’sirida bir xilda bo‘lmagan holda esa, o‘rtacha tuproq namunasi har bir rel’ef elementidan alohida olinadi. O‘rtacha tuproq namunasini uchastkaning turli nuqtalaridan olingan ma’lum miqdordagi xususiy namunalar tashkil etadi. Ularning soni o‘rganilayotgan agrokimyoviy ko‘rsatkichlarning (harakatchan fosfor, kaliy va boshqalarning) bir elementar uchastka doirasida uchrash darajasiga (bir tekisda yoki xilma-xil miqdorda) bog‘liqdir. Asosiy oziq elementlarining uchastkada bir tekisda uchrash yoki uchramasligi asosan tuproq tipiga va o‘g‘it qo‘llashga bog‘liqdir. Ko‘pchilik tekshirish ishlarida o‘rtacha tuproq namunasini 10 ta xususiy namuna tashkil etadi. Namunalarni olishning 2 xil usuli mavjud: elementar uchastkaning diagonali bo‘yicha va yo‘nalish chizig‘i bo‘yicha olish. Har ikki usulda ham elementar uchastka maydoni namuna olish yo‘nalishi bo‘yicha 10 qismga bo‘linadi va ularning har biridan 30-40 gr miqdorda xususiy namunalar olinadi. Olingan xususiy namunalar birlashtirilib, bir elementar uchastka uchun 300-400 gr. Miqdordagi o‘rtacha tuproq namunasi tashkil qiladi. Download 1.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling