Toshkent davlat agrar universiteti X. Nomozov, M. Atabayev, Z. Asqarova, S. Asatova tuproq xossalari va o


M 160 C 5.3 Er=--------- = ----------- = 0.07s(7kg) M 75


Download 1.71 Mb.
bet67/99
Sana14.12.2022
Hajmi1.71 Mb.
#1001746
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   99
Bog'liq
ТУПРОК ХОССАЛАРИ Номозов 1. doc

M 160
C 5.3
Er=--------- = ----------- = 0.07s(7kg)
M 75

C 1.7
Ek=--------- = ----------- = 0.05s(5kg)


M 30

Shuni qayd qilish lozimki, mazkur uslub jaxonning (asosan O‘zbekiston va Mozabik respublikalarining) turli tuproq iqlim sharoitlarida paxta, makkajo‘xori, tabiiy fitotsenozlar bilan qator yillar olib borilgan tadqiqotlar asosida ishlab chiqilgan va FAO mutaxassislari (ekspertlari) tomonidan amalda qo‘llanish uchun (tavsiya) qabul qilingan.




XIV BOb
Turli xil o‘g‘itlarni xar xil tuproqlarda differensial
qo‘llash rejasini ishlab chiqish


14.1. Agrokimyoviy kartogrammalar tuzish,
unga qo‘yiladigan asosiy talablar

Qishloq xo‘jaligida kimyolashtirish jadal sur’atda rivojlanayotgan bir paytda xo‘jaliklar va mutaxassislar oldiga mineral va organik o‘g‘itlardan, shuningdek erlarni kimyoviy melioratsiyalash vositalaridan oqilona va unumli foydalanish vazifalari qo‘yilmoqda. O‘g‘itlardan maqsadga muvofiq ravishda foydalanish, kimyoviy melioratsiya tadbirlarini ilmiy asoslangan holda o‘tkazish ko‘p jihatdan xuo‘jalik tuproq sharoitlarini xar tomonlama o‘rganishga bog‘liqdir.


Tuproq xaritalarida, asosan, ularning unumdorligini baholashga muhim hisoblangan tuproqlarning morfologik va genetik xususiyatlari aks ettirilgan bo‘ladi. Bu xarita tuproqlarning tiplari, tipchalari, turlari, granulometrik tarkibi, gumus qatlamining qalinligi, madaniylashgan darajasi va boshqa bir qator xossalari haqida fikr yuritishga imkon beradi.
O‘simliklarning alohida o‘g‘it turlariga bo‘lgan talabni aniqlash uchun tuproq haydalma qatlamidagi asosiy oziq elementlari – azot, fosfor va kaliyning o‘simliklar o‘zlashtira oladigan harakatchan formasining miqdorini bilish kerak.
Ohaklash talab qilinadigan kislotali tuproqlarning kislotalik darajasini, gipslashga muhtoj sho‘rxok va sho‘rtob tuproqlarning sho‘rlanganlik darajasini va ulardagi singdirilgan natriy miqdorini bilish kerak. Ayrim hollarda agrokimyoviy tekshirish ishlari tuproqlarning ishqoriylik darajasini va mikroelementlarning harakatchan formalarini aniqlash bo‘yicha o‘tkaziladi. Qumli va qumoq kislotali tuproqlar uchun asosiy ko‘rsatkich oson harakatlanuvchi magniy miqdori hisoblanadi.
Yuqorida ko‘rsatilgan barcha ko‘rsatkichlarni aniqlash uchun xo‘jalikda tuproqlarni agrokimyoviy tekshirish va xaritalash ishlari bajariladi. Tuproqlarning agrokimyoviy xaritanomalari mineral o‘g‘itlardan va kimyoviy melioratsiyadan jadal foydalanadigan xo‘jalik tuproqlarni o‘g‘itlarga bo‘lgan talabini aniqlashda zarurdir.
Tuproqlarni mufassal ravishda agrokimyoviy tekshirish haydalma qatlamdan aralashgan tuproq namunasini olish, ularni har bir qator agrokimyoviy ko‘rsatkichlarni aniqlash uchun analiz qilish va olingan natijalar asosida agrokimyoviy xaritanomalar tuzishni o‘z ichiga oladi. Agrokimyoviy xaritanoma xo‘jalikning erdan foydalanish xaritasi bo‘lib, unda tuproqlarning alohida oziq elementlari bo‘yicha ta’minlanganlik darajasi shartli belgilar tarzida ifoda etilgan bo‘ladi.
Yirik masshtabli agrokimyoviy xaritanomalar o‘g‘itlardan ilmiy asoslangan holda foydalanish uchun muhim hujjat bo‘lib xizmat qiladi. Agrokimyoviy xaritanomalar agronom va brigadirlarga o‘simliklarning o‘g‘itlarga bo‘lgan talabini aniqlash va o‘g‘it me’yorini belgilash imkonini beradi.
Xo‘jalik tuproqlarini har tomonlama tekshirish natijasida xaritanomadan tashqari agrokimyoviy ocherk ham tuziladi. Unda tuproqlarning to‘liq agrokimyoviy tavsifi va o‘g‘itlardan samarali foydalanish, tuproq unumdorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ifodalangan bo‘ladi.
Tuproqlarni agrokimyoviy tekshirish va xaritalash quyidagi bo‘limlarga bo‘lib o‘rgandik:

  1. Agrokimyoviy tekshirishga tayyorgarlik ishlari

  2. Dalada bajariladigan tekshirish ishlari

  3. Laboratoriya sharoitidagi analitik ishlar

  4. Agrokimyoviy xaritanoma tuzish

  5. Agrokimyoviy ocherk tuzish




Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling