Toshkent davlat agrar universiteti X. Nomozov, M. Atabayev, Z. Asqarova, S. Asatova tuproq xossalari va o


Dalada bajariladigan tekshirish ishlari


Download 1.71 Mb.
bet70/99
Sana14.12.2022
Hajmi1.71 Mb.
#1001746
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   99
Bog'liq
ТУПРОК ХОССАЛАРИ Номозов 1. doc

Dalada bajariladigan tekshirish ishlari. Tuproqlarni agrokimyoviy tekshirishning dala ishlari 2 bosqichdan iborat: a) maydonni elementar uchastkalarga bo‘lish; b) elementar uchastkalardan o‘rtacha tuproq namunalarini olish.
Maydonni elementar uchastkalarga bo‘lishda eng avvalo joydagi mavjud orientir (belgi)larga ahamiyat berish kerak. Atrofida ko‘p miqdorda orientirlar (simyog‘ochlar, daraxtlar va h.k.) joylashgan dalani tarkibida bir necha elementar uchastkalari bo‘lgan yirik kataklarga bo‘lib chiqish mumkin. Agar orientirlar etarli bo‘lmasa, u holda dala elementar uchastka hajmidagi kataklarga bo‘lib chiqiladi. Bu ishni quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Dastlab dalaning bir tomondagi chegarasi bo‘ylab ruletka yordamida yoki qadam bilan elementar uchastkaning joydagi bo‘yiga teng bo‘lgan masofa o‘lchanadi va qoziq qoqiladi. So‘ngra birinchi qoziqdan xuddi shuncha masofada ikkinchi va h.k. qoziqlar o‘rnatib chiqilib, dalaning chegarasi bo‘ylab AV to‘g‘ri yo‘nalishi o‘tkaziladi (1-rasm). O‘tkazilgan AV yo‘nalishning A va V nuqtalarida ekker yordamida to‘g‘ri burchaklar hosil qilinadi va tekshirilayotgan dala chegarasi bo‘ylab AV yo‘nalishga perpendikulyar bo‘lgan AD va VS yo‘nalishlar bo‘yicha qoziqlar o‘rnatib chiqiladi. Bunda birinchi qoziqlar A va V nuqtalardan elementar uchastka enining yarmiga teng bo‘lgan masofaga, keyingi qoziqlar esa birinchi qoziqdan elementar uchastka eniga teng bo‘lgan masofaga o‘rnatib chiqiladi. AD va VS yo‘nalishlari bo‘ylab qarama-qarshi holda joylashgan qoziqlar oralig‘ida uchastkada “yo‘nalish bo‘yicha” namuna oluvchining marshrut yo‘li o‘tadi. Buning uchun namuna oluvchi AD yo‘nalishdagi birinchi qoziqdan dalaning qarama-qarshi tomonidagi VS yo‘nalishiga o‘rnatilgan birinchi qoziqni mo‘ljalga olib harakatlanadi.
Elementar uchastkaning chegaralari dalaning yon tomonlaridagi AV va DS yo‘nalishlari bo‘yicha o‘rnatilgan qoziqlarga nigoh tashlab, vizual ravishda belgilanadi.
O‘rtacha tuproq namunasini tashkil qiluvchi xususiy namunalar olinadigan nuchtalar orasidagi masofani aniqlash uchun elementar uchastkaning uzunligi o‘nga bo‘linadi. Rel’efi tekis bo‘lgan maydonlarda namuna olish yo‘nalishi maydonning istalgan tomoniga parallel qilib tanlab olinishi mumkin, nishab joylarda esa yo‘nalishi faqat qiyalikka ko‘ndalang qilib belgilanadi.
O‘rtacha namunasini olish texnikasi ishlatiladigan burga bog‘liq. Haydalma qatlamdan tuproq namunalari ko‘pchilik hollarda Ospiov buri, BIUA va Germaniyada tayyorlangan burda olinadi.
Elementar uchastkaning haydalma qatlamidan olingan 30-40 gr. Og‘irlikdagi o‘nta xususiy namuna xaltachaga, paketga yoki qog‘oz qutiga solib birlashtirilib, o‘rtacha tuproq namunasi hosil qilinadi. Agar bir elementar uchastka doirasida mikrorel’efi, tuproq rangi va ekin turi bo‘yicha keskin farqlanuvchi maydonchalar mavjud bo‘lsa, ulardan olingan xususiy namunalar yaralashtirib yuborilmay, alohida o‘rtacha namuna olinadi. Har bir olingan o‘rtacha tuproq namunasi uchun yorliq olinadi va namuna solingan idishga solib qo‘yiladi.
Yorliqda quyidagilar ko‘rsatiladi:
Jamoa yoki davlat xo‘jaligining nomi, namuna olingan joy (almashlab ekish va boshqa maydoni), ekin turi, namunaning nomeri, namuna olingan chuqurlik va vaqti, namuna oluvchining familiyasi, olingan namunalar elementar uchastka nomeriga mos ravishda nomerlanadi. Kundalik daftarga ob-havo, tuproq qatlami, ekinlarning holati haqidagi ma’lumotlar yoziladi.
Olingan tuproq namunalari daladan keltirilgan, darhol quritiladi. Nam holdagi tuproq namunalarini uzoq vaqt xaltacha yoki qutichada qoldirish mumkin emas, chunki tuproqda uning ba’zi agrokimyoviy ko‘rsatkichlarga sezilarli ta’sir ko‘rsatuvchi mikrobiologik jarayonlar aktiv rivojlanishi mumkin.
Tuproq namunalarini quyosh nurlari tushmaydigan, havo almashinuvi yaxshi bo‘lgan xonada quritiladi. Buning uchun tuproq namunasi qog‘oz ustiga yupqa qatlam qilib yoyiladi va vaqti-vaqti bilan aralashtirib turiladi.
Quritilgan namunalar yorliq qog‘ozlari bilan birga yana xaltacha yoki qutichaga solinadi va analiz qilish uchun laboratoriyaga yuboriladi.

Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling