Toshkent davlat agrar universiteti X. Nomozov, M. Atabayev, Z. Asqarova, S. Asatova tuproq xossalari va o
-jadval G‘o‘zani fosfor bilan o‘g‘itlashning yillik me’yorlari
Download 1.71 Mb.
|
ТУПРОК ХОССАЛАРИ Номозов 1. doc
- Bu sahifa navigatsiya:
- 19-jadval G‘o‘zani kaliy bilan o‘g‘itlashning yillik me’yorlari, 1 gektar kg hisobida (sof holda
18-jadval
G‘o‘zani fosfor bilan o‘g‘itlashning yillik me’yorlari, 1 gektar kg hisobida (sof holda)
19-jadval G‘o‘zani kaliy bilan o‘g‘itlashning yillik me’yorlari, 1 gektar kg hisobida (sof holda)
Tuproqning tabiiy unumdorligi hisobiga bir gektar erdan 10s paxta hosili olish mumkin. Demak, gektaridan 30 s hosil olish uchun 240 kg (360-120=240 kg) azotni bir gektar erga solish kerak ekan. Madaniylashtirilgan (unumdorligi oshirilgan) tuproqli erlarda ilmiy tekshirish tashkilotlari va tajriba stansiyalari tomonidan o‘tkazilgan tajribalarning ko‘rsatishicha, ilg‘or agrotexnikani qo‘llaganda bir gektar erga 200-300 kg azot 150-210 kg fosfor solinganda, 30 sentner va undan ham yuqori paxta hosili olish mumkinligi isbotlangan. O‘g‘itlarni erga ekishdan oldin, ya’ni kuzgi shudgor yoki erta bahorda erni haydaganda yoki haydab qo‘yilgan erni ekish oldidan ishlov berayotganda solish mumkin. Erni asosiy haydash davrida go‘ng (gektariga 15-20 tonna) yoki boshqa xil organik o‘g‘itlarni yillik normasining hammasi solinadi. Agar er tekislanganda unumdor qatlami tekislanib ketgan bo‘lsa bunday erga solinadigan go‘ng normasini 1 gektarga 30 tonnagacha belgilash mumkin. Mineral o‘g‘itlardan ekishdan oldin foydalanilganda quyidagi sistemaga (tartibga) rioya qilish talab etiladi. a) barcha sho‘rlanmagan yoki kuchsiz va o‘rta sho‘rlangan, yaxshi rivojlangan tuproqlarda bir gektar erga solinadigan yillik normasi R2O5 100 kg dan, K2O 50 kg ziyod bo‘lsa, erni haydash davrida yillik fosforli o‘g‘it normasining 70%, kaliy o‘g‘itining 50% miqdorini solish lozim. b) dala go‘ng yoki superfosfat aralashtirilgan go‘ng solingan bo‘lsa, u holda uning tarkibi fosfor bilan sof holda solinadigan fosfor miqdorini qo‘shgan taqdirda, umumiy fosfor miqdori yillik normaning 70% ni tashkil etish kerak. Agar ma’lum dalada bahorda erni haydalgan bo‘lsa, u holda yillik normaga nisbatan fosforli o‘g‘itning 60-70%, kaliyli o‘g‘itning 50% va azotli o‘g‘itning 25-30% miqdorida solinadi. Fosforli va kaliyli o‘g‘itlar kuzda solingan dalalarga, azotli o‘g‘itni ekishdan oldingi erni ishlov davrida solinadi. Kuchli sho‘rlangan erni haydab yuqori norma bilansho‘ri yuviladigan bo‘lsa, u holda o‘g‘itni er sho‘ri yuvilgandan so‘ng, ekin ekishdan oldin chizilga o‘rnatilgan (pastda ko‘rsatilgan) mashinalar bilan erni 15-18 sm chuqurligiga solinadi. Agar fosforning yillik normasi gektariga 100 kg kam bo‘lsa, bu o‘tning hammasi ekishdan oldin va ekish davrida solinadi. Yillik norma 100 kg ortiq bo‘lsa, u holda fosforli o‘g‘itni ekishdan oldin, ekish davrida va gullash davrining boshlanishida solinadi. Tarkibida o‘simliklar uchun oson o‘zlashadigan fosfor ortiq bo‘lgan (1 kg tuproqda 60 mg dan ko‘p) tuproqlarda, fosforli o‘g‘itlarni ekish bilan birga gektariga 40-50 kg gacha solish ma’qul. Barcha erlarda, eng birinchi navbatda o‘g‘itlanmagan erlarning bir gektariga 20-40 kg fosforli va 15-20 kg azotli o‘g‘itni chigitni ekish bilan birga solish yaxshi natija beradi. Ekish davrida o‘g‘it solishni chigit ekadigan KRX-4, KRX-3, 6 mashinalarga o‘rnatilgan o‘g‘it soluvchi mashinalar yordamida bajarish mumkin. O‘g‘itni pichoqsimon oyoqchalar yordamida egatdan 5-6 sm masofaga chigitdan 5-7 sm chuqurroqqa solinadi. Xulosa qilib aytganda, mineral va organik o‘g‘itlar faqat o‘simliklar uchun oziqa va tuproq unumdorligini oshiruvchi manbagina zahiralarini va qishloq xo‘jalik ekinlari hosildorligini oshiruvchi omil hamdir. Download 1.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling