Tuproqlarni harakatchan azot miqdori bo‘yicha guruhlash. O‘simliklar oson o‘zlashtiradigan azot miqdori bo‘yicha agrokimyoviy xaritanoma tuzishda tuproqdagi nitrat va ammoniy shaklidagi azot aniqlanadi, bu shakldagi azotning yuqori harakatchanligi hisobga olinib, agrokimyoviy tekshirish ishlari har yili takrorlanib turishi kerak.
Tuproq namunalari analiz qilingach, olingan natijalar asosida tuproqlar harakatchan azot bilan ta’minlanganlik darajasiga ko‘ra beshta guruhga bo‘linadi: juda past, past, o‘rtacha, yuqori va juda yuqori. Azot miqdorining ortib borishiga qarab ushbu guruhlarga tegishli konturlar sariq, och yashil, havo rang, och siyoh rang va siyoh ranglarga bo‘yaladi yoki tegishli chiziq shakllari bilan ifoadalanadi (20-jadval)
20-jadval
Tuproqlarni harakatchan azot miqdori bo‘yicha guruhlash
Guruh №
|
Ta’minlangan-lik darajasi
|
Mineral azot miqdori, mg/kg
|
Xaritada belgilanadi
|
rangi
|
chiziq shakli
|
1.
|
Juda past
|
<20,0
|
Sariq
|
Nuqta
|
2.
|
Past
|
20, 1-30, 0
|
Och yashil
|
Punktir
|
3.
|
O‘rtacha
|
30, 1-50, 0
|
Havo rang
|
Gorizontal chiziq
|
4.
|
Yuqori
|
50, 1-60, 0
|
Och siyoh rang
|
Vertikal chiziq
|
5.
|
Juda yuqori
|
>60, 0
|
Siyoh rang
|
To‘g‘ri katak
|
Tuproqlarni harakatchan fosofor miqdori bo‘yicha guruhlash. Muayyan tuproq tipi uchun tavsiya etilgan uslublardan biri bo‘yicha harakatchan fosfor miqdori aniqlangach, barcha tuproqlar harakatchan fosfor bilan ta’minlanganligiga ko‘ra beshta guruhga bo‘linadi: juda past, past, o‘rtacha, yuqori, juda yuqori. Har bir guruh uchun alohida rang belgilangan bo‘lib, xaritanomani bo‘yashda ana shu ranglardan, yuo‘yoqlardan foydalaniladi (21-jadval). Odatda fosfor miqdorining ortib borishiga qarab xaritanomalar och yashildan binafsha ranggacha bo‘yaladi.
21-jadval
Tuproqlarni harakatchan fosfor miqdori bo‘yicha guruhlash
Guruh №
|
Ta’minlangan-lik darajasi
|
R2O5 mg/kg
Machigin usuli
bo‘yicha
|
Xaritada belgilanadigan
|
rangi
|
chiziq shakli
|
1.
|
Juda past
|
<15,0
|
Och yashil
|
Nuqta
|
2.
|
Past
|
15, 1-30, 0
|
YAshil
|
Punktir
|
3.
|
O‘rtacha
|
30, 1-45, 0
|
Och havo rang
|
Gorizontal chiziq
|
4.
|
Yuqori
|
45, 1-60, 0
|
Havo rang
|
Vertikal chiziq
|
5.
|
Juda yuqori
|
>60, 0
|
Binafsha rang
|
To‘g‘ri katak
|
Tuproqlarni almashinuvi kaliy miqdori bo‘yicha guruhlash. Tuproqlardagi almashinuvchi kaliy miqdori aniqlangan, barcha tuproqlar kaliy bilan ta’minlanganligiga ko‘ra beshta guruhga bo‘linadi: juda past, past, o‘rtacha, yuqori, juda yuqori. Kaliy miqdorining ortib borishiga qarab ushbu guruhlar xaritada och sariq va to‘q jigar ranglar oralig‘idagi besh xil rang bilan belgilanadi (22-jadval). Tuproqlarni almashinuvi kaliy bilan ta’minlanganlik darajasini xaritanomada turli shakldagi chiziqlar bilan ham ifodalash mumkin, masalan, gorizontal, punktir va vertikal chiziqlar va to‘g‘ri kataklar shaklida.
Do'stlaringiz bilan baham: |