Toshkent davlat agrar universiteti X. Nomozov, M. Atabayev, Z. Asqarova, S. Asatova tuproq xossalari va o
Download 1.71 Mb.
|
ТУПРОК ХОССАЛАРИ Номозов 1. doc
Agrokimyoviy xaritanoma tuzish. Barcha analiz ishlari tugagach, olingan natijalar asosida agrokimyoviy xaritanoma tuzishga va rasmiylashtirishga kirishiladi.
Buning uchun dastlab agrokimyoviy tekshirishga tayyorgarlik bosqichida erdan foydalanish planidan ko‘chirilgan to‘rt-beshta karta nusxalari elementar uchastkalarga bo‘lib chiqiladi. Birinchi nusxa asosida umumlashtirilgan agrokimyoviy xaritanoma tuziladi. Buning uchun analiz natijalari yozilgan jurnaldan chirindi miqdori, harakatchan azot, fosfor va kaliy miqdorlari bo‘yicha ko‘rsatkichlar quyidagi tartibda yozib chiqiladi: elementar uchastka kachatkasining yuqoridagi o‘ng tomondagi burchagiga tuproq namunasining nomeri, chap tomondagisiga esa fosfor bo‘yicha analiz natijasi, markazga almashinuvchi kaliy miqdori, pastdagi o‘ng tomondagi burchakka harakatchan azot miqdori, chap tomondagisiga esa gumus miqdori yozib chiqiladi. Umumlashtirilgan agrokimyoviy xaritanomada oziq elementlar bo‘yicha ko‘rsatkichlarning bunday tartibda eolanishi shartlidir, agar gumus yoki azot miqdori aniqlanmay, tuproqlarning kislotaliligi yoki boshqa ko‘rsatkichlari tekshirilgan bo‘lsa, u holda harakatdagi katakchalarga ana shu natijalar yoziladi. Umumlashtirilgan agrokimyoviy xaritanoma quyidagi maqsadlarda tuziladi: 1. har bir elementar uchastka tuproqlarini asosiy oziq elementlari miqdori bo‘yicha tavsiflash uchun: 2. avvalgi yoki keyingi agrokimyoviy tekshirish natijalari bilan solishtirib ko‘rish uchun; 3. alohida agrokimyoviy ko‘rsatkichlar bo‘yicha agrokimyoviy xaritanomalar tuzish uchun; 4. tuzilgan agrokimyoviy xaritanomalar yo‘qolib qolgan taqdirda, ularni qayta tiklash uchun. Umumlashtirilgan agrokimyoviy xaritanoma tuzib bo‘lingach, alohida oziq elementlari bo‘yicha xaritanomalar tuzishga kirishiladi. Buning uchun ko‘chirilgan karta nusxalarining ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchisiga azot, fosfor va kaliy bo‘yicha analiz natijalari yozib chiqiladi; agar gumus miqdori ham aniqlangan bo‘lsa, uning ko‘rsatkichlari beshinchi nusxaga yoziladi. Agrokimyoviy xaritanomalar tuzish uchun barcha tuproqlar gumus va oziq elementlar bilan ta’minlanganlik darajasiga ko‘ra guruhlarga bo‘linadi. Agrokimyoviy xaritanomada har bir guruh ma’lum rang yoki chiziqlar bilan ifodalanadi, masalan, oltiga guruh uchun quyidagi ko‘rinishidagi chiziqlar qabul qilingan: 1-nuqtalar; 2-punktir chiziq; 3-gorizont chiziq; 4-vertikal chiziq; 5-to‘g‘ri katak; 6-qiyshiq katak. Agrokimyoviy xizmat ko‘rsatish tarmog‘ida xaritanomani bo‘yash uchun har bir guruh uchun alohida rang shkalasi qabul qilingan. Download 1.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling