Toshkent davlat agrar universiteti X. Nomozov, M. Atabayev, Z. Asqarova, S. Asatova tuproq xossalari va o
Xo‘jalik tuproqlarini agrokimyoviy tekshirishga tayyorgarlik ishlari
Download 1.71 Mb.
|
ТУПРОК ХОССАЛАРИ Номозов 1. doc
Xo‘jalik tuproqlarini agrokimyoviy tekshirishga tayyorgarlik ishlari. Xo‘jalik tuproqlarida agrokimyoviy tekshirish o‘tkazish va agrokimyoviy xaritanoma tuzish uchun ekin maydonlarining chegarasi tushirilgan xo‘jalikning erdan foydalanish plani bo‘lishi kerak. Ana shu plan asosida tekshirish obekti (alohida almashlab ekish maydonlari bo‘yicha haydalma erlar, bog‘lar, o‘tloqlar, yaylovlar va h.k.), bajariladigan ish hajmi va namuna olish tartibi belgilanadi.
Xo‘jalikda ilgari tuproqlarni yirik masshtabli tekshirish ishlari olib borilgan bo‘lsa, hamda tuproq xaritasi yoki boshqa materiallar mavjud bo‘lsa, ularni batafsil o‘rganib chiqiladi. Shuningdek, dalalarning tarixi kitobi, o‘g‘it qo‘llash va kimyoviy melioratsiya o‘tkazish ma’lumotlari, keyingi 3-4 yil mobaynidagi amalga oshirilgan agrotexnika va olingan hosildorlik to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan tanishib chiqish kerak. Xo‘jalikning tuproq tavsifi bo‘yicha tarixi, o‘g‘itlar qo‘llanilishi va shu kabilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar “Agrokimyoviy tekshirishning dala kundaligi” deb nomlanuvchi maxsus daftarga yoziladi. Kundalikda quyidagilar qayd qilinadi: viloyat, tuman va xo‘jalikning nomi, bo‘lim yoki brigada nomeri, almashlab ekish turi, almashlab ekish dalasining nomeri va maydoni, tekshirilayotgan maydonning joylashgan o‘rni, uning yo‘llarga va rel’efga nisbatan joylanishi, dalaning tuproq qoplami, uning granulometrik tarkibi, toshliligi, eroziyaga uchraganlik darajasi, maydonning holati (haydalma erlar uchun – o‘zlashtirilgan muddati, haydalma qatlam qalinligi, unumdorligining tavsifi, o‘simliklarning turlari; o‘zlashtirilmagan maydonlar uchun – o‘simlik dunyosi, joyning mahsuldorligi), erdan foydalanish tarixi; keyingi yillardagi ekinlarni navbatlab ekish, o‘g‘itlar va kimyoviy melioratsiya tadbirlarini qo‘llash. Bir vaqtning o‘zida dala ishlarini bajarish uchun kartografik asos tayyorlanadi. Buning uchun yangi tuzilgan erdan foydalanish planidan tuproq konturlarini ifodalagan holda nusxa ko‘chirib olinadi. Chizib olingan kartografik asosni bir necha nusxada ko‘paytiriladi. Shulardan bir nusxasi dala ishlarini o‘tkazishda ishlatiladi, qolganlari esa oziq elementlarining harakatchan miqdori va chirindi bo‘yicha agrokimyoviy xaritanoma tuzish uchun zarurdir. Shundan so‘ng, agroximik erdan foydalanish planidan ko‘chirilgan nusxani va “Agrokimyoviy tekshirishning dala kundaligi”ni olgan holda agronom bilan birgalikda xo‘jalikning tuproq namunasi olinadigan barcha maydon va erlarini ko‘zdan kechirib chiqadilar, ya’ni tekshiriladigan maydon rekognossirovnik ko‘rikdan o‘tkaziladi. Bunda kartografik asosda almashlab ekish maydonlari doirasidagi alohida ekin turlarining chegaralari aniqlanadi, yangi paydo bo‘lgan orientlar (qurilishlar, yo‘llar va h.k.) belgilanadi. Dala kundaligida almashlab ekish dalalari bo‘yicha rel’ef to‘g‘risida ma’lumotlar, dalalarning shudgorlanganligi va eroziyaga uchraganligi, ekilgan ekin turlari, ularning holati va begona o‘tlar bilan ifloslanganligi to‘g‘risidagi kuzatish natijalari yoziladi. Maydonlarni rekognossirovik ko‘rikdan o‘tkazilgach, agrokimyoviy tekshirish ishlarining rahbari yig‘ilgan barcha ma’lumotlarni o‘rganib chiqadi va shu asosda dala ishlarining kalendar planini tuzadi, alohida maydon va almashlab ekish dalalari uchun agrokimyoviy tekshirish o‘tkazish tartibini, rel’ef, tuproq, qoplami va xo‘jalik sharoitlariga bog‘liq holda alohida maydonlardan olinadigan tuproq namunalarining sonini belgilaydi. Shundan so‘ng, dala ishlarini o‘tkazish uchun kartografik material tayyorlashga kirishiladi. Buning uchun rekognossirovik ko‘rik natijalari bo‘yicha aniqliklar kiritilgan kartografik asosdan nusxa ko‘chirib olinadi. Bu xarita nusxasi ishchi xarita deyiladi. Ishchi xaritadagi agrokimyoviy tekshirish o‘tkaziladigan hudud elementlar uchastkalar deb nomlanuvchi katakchalarga bo‘lib chiqiladi. Uchastkalarning shakli imkoniyatiga ko‘ra to‘g‘ri to‘rtburchak yoki kvadrat formasida bo‘lgani maqsadga muvofiqdir. So‘ng har bir elementar uchastka tartibli ravishda nomerlab chiqiladi. Tekshirish ishlarida qulay bo‘lishi uchun butun xo‘jalik xududi bo‘yicha yagona umumiy nomerlashni qabul qilish kerak. Xaritada nomerni ifodalovchi raqam elementar uchastkasining o‘ng tomondagi yuqori burchagiga yoziladi. Keyinchalik uchastkaning tartib nomeriga shu uchastkadan olinadigan o‘rtacha namunasining nomeri mos kelishi kerak. Download 1.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling