Toshkent davlat agrar universiteti X. Nomozov, M. Atabayev, Z. Asqarova, S. Asatova tuproq xossalari va o


Ishlab chiqarish sharoitida o‘tkaziladigan dala


Download 1.71 Mb.
bet65/99
Sana14.12.2022
Hajmi1.71 Mb.
#1001746
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   99
Bog'liq
ТУПРОК ХОССАЛАРИ Номозов 1. doc

12.2. Ishlab chiqarish sharoitida o‘tkaziladigan dala
tajribalarining xususiyatlari

Ishlab chiqarish sharoitining murakkabligi bois ilmiy tadqiqot tashkilotlaridagi dala tajribalaridan olingan ma’lumot va undagi samarali texnologiyalar hamma vaqtda ham ishlab chiqarishga to‘la to‘g‘ri kelavermaydi. Shuning uchun ham dala tajribalari asosida olingan yangi uslub va texnologiyalar ishlab chiqarishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri (birdaniga) joriy qilinmay, ular mahalliy sharoitdan kelib chiqqan holda katta maydonlarda sinab ko‘rilishi va zarurat bo‘lsa takomillashtirilishi lozim.


Ishlab chiqarish sharoitida o‘tkaziladigan dala tajribalari 4 turga bo‘linadi:

  1. Proba tajribalari

  2. Aniq qiyosiy tajribalar

  3. Yangi agrotexnik usullar samaradorligini olish bo‘yicha tajribalar

  4. Ko‘rgazmali tajribalar.

Ishlab chiqarish sharoitida tajribalar o‘tkazishda ilmiy tadqiqot tashkilotlarida o‘tkaziladigan tajribalar uslubi, ayniqsa texnikasi aynan ko‘chirilmasligi kerak. Bunday sharoitda o‘tkaziladigan tajribalar qo‘yilishi, hosilning yig‘ib olinishi va hisobi oddiy bo‘lishi lozim. Sinaladigan variantlar va takrorlanishlar (2-3) kam bo‘lib xo‘jalik manfaatidan kelib chiqishi lozim.
Ishlab chiqarish sharoitida fan yutuqlari va ilg‘or tajribalarni targ‘ib qilishda ko‘rgazmali tajribalarning roli katta. Bunday tajribalarning asosiy vazifasi yangi agrotexnik usulning, o‘simlik yoki navning afzalligini hatto mutaxassis bo‘lmagan odamga ham tushunarli darajada ko‘rsatishdan iborat.
Tajribalarning barcha hujjatlari birlamchi va asosiy (yakuniy) qismga bo‘linadi. Tajriba jurnali, tadqiqot kundaligi kabilar birlamchi hujjatga, hisobot, diplom va dissertatsiya ishlari, e’lon qilingan kitob, maqola va tavsiyalar asosiy hujjat hisoblanadi. Birlamchi hujjat – tajriba jurnaliga o‘chirib yoki to‘g‘rilab qilinadigan o‘zgartirishlar kiritish mumkin emas. Agar tadqiqot natijalarida noto‘g‘ri ma’lumot bo‘lib qolsa u chizib qo‘yiladi va yangi (to‘g‘ri)si yoziladi. Keyingi yozilgan sababdan to‘g‘irlanganligi yozilib bu yozuv ma’sul bajaruvchi va rahbarning imzosi bilan tasdiqlanishi kerak.



Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling