Toshkent davlat agrar universiteti X. Nomozov, M. Atabayev, Z. Asqarova, S. Asatova tuproq xossalari va o


Download 1.71 Mb.
bet62/99
Sana14.12.2022
Hajmi1.71 Mb.
#1001746
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   99
Bog'liq
ТУПРОК ХОССАЛАРИ Номозов 1. doc

B1M1+....BnMn
BUR= --------------------
M1++.....+Mn
bu yerda: Bur hisoblab chiqazilgan o‘rtacha baholash bali; B1,Bn- ma’lum bir o‘simlik ekilgan maydonning bali; M1,Mn-ma’lum bir o‘simlik ekilgan maydon.


Yerni baholash xujjatlari. Yerni baholash bo‘yicha xujjatlar ikkiga bo‘linib, hisoblangan – normativ va natijali yer baholash xujjatlaridan iborat bo‘ladi.
Hisoblangan normativ hujjatlar ishlab chiqarishning jadallashtirish sur’atini ko‘rsatadigan tuproqning agronomik ishlab chiqarish guruhlari bo‘yicha baholash ko‘rsatkichlarining shkalasi.
II. Natijali yer baholash hujjatlari:

  • alohida maydonlar bo‘yicha, almashlab ekish dalalari bo‘yicha, brigadalar, bo‘limlar va xo‘jaliklarning er turlari bo‘yicha erning baholangan (vedemost) qaydnomasi;

  • tuproqning agronomik ishlab chiqarish guruhlarini chegaralari tushirilgan va alohida yer maydonlari yoki almashlab ekish dalalari bo‘yicha baholash natijalari ko‘rsatilgan yer baholash xaritalari;

  • yer baholash xaritasiga va yer baholash qaydnomasiga yozilgan tushuntirish xati. Bu tushuntirish xatida xo‘jalikning tabiiy va iqtisodiy sharoitlari, joylanish va ixtisosligi, dastlabki ma’lumotlarning holati, baholanadigan maydonlarni chiqarishda qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar;

  • yerdan foydalanuvchilarga yer baholash qaydnomasi va yer baholash xaritasi beriladi;

  • tuman qishloq xo‘jalik tashkilotlariga yerdan foydalanuvchilar bo‘yicha yer baholash qaydnomasini to‘plash, yer turlarining tarkibida tuproqning agronomik ishlab chiqarish guruhlarining to‘plami va tumanning yer kadastri haritasi beriladi;

  • viloyat qishloq xo‘jalik tashkilotlariga baholangan tumanlar yer baholash bo‘yicha hisoblangan – normativ xujjatlari beriladi;

  • yer baholash ishlarining natijalari respublikaning viloyatlarida tashkil qilingan maxsus baholash komissiyalari tomonidan ko‘rib chiqiladi, viloyat yer baholash komissiyasi yer baholash bo‘yicha xujjatlarni ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi;

  • bajarilgan yer baholash ishlari bo‘yicha ayrim xo‘jaliklarning e’tirozlari bir oy davomida viloyat yer baholash komissiyasi kengashidan so‘ng qabul qilinadi. E’tirozlari zarur hisob- kitoblar bilan asoslangan va tasdiqlangan bo‘lishi kerak; komissiya taqdim etilgan e’tirozlarni tekshirib ko‘radi va uzil-kesil qaror qabul qiladi.

Yer baholash bo‘yicha birlamchi ma’lumotlar va bir nusxa yer yer baholash xujjatlari yer kadastri filiali arxivida saqlanadi.
Bu y baholash hujjatlari har besh yilda yangilanib turadi.
Yer baholash natijalarini qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar. Yerni baholash ma’lumotlari qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining boshqarishni takomillashtirish uchun obektiv asos bo‘lib xizmat qiladi. Qishloq xo‘jalik korxonalarining xo‘jalik faoliyatining tahlili bilan ta’minlanib, unga kelgusida reja – iqtisodiy topshiriqlar ishlab chiqarishini imkoniyatini yaratadi, shuning bilan birga qishloq xo‘jalik korxonalarini davlat bilan oldi-sotdi munosabatlarini takomillashtiradi.
Xo‘jaliklarni va ularning bo‘limlarini xo‘jalik faoliyatini tahlil qilishni asosiy ko‘rsatkichi – erishgan hosildorlik, mahsulotning tannarxi ishlab chiqarish foydalaridan unumli foydalanayotganligi haqiqiy ko‘rsatkichlari bilan yer baholash ishlari natijasida hisoblab chiqazilgan normativ ko‘rsatkichlar bilan solishtirib ko‘rishga asoslanadi.
Ishlab chiqarishning haqiqiy ko‘rsatkichlarini solishtirib ko‘rganda o‘rtacha normativ ko‘rsatkichlaridan farq qilishi, bir tomondan ilg‘or tajribaga asoslangan holda ishlab chiqarishning yaxshilash imkonini bersa, ikkinchi tomondan mavjud resurslardan foydalanish kamchiliklarini yo‘qotish imkonini beradi.
Xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish maqsadida jadval tuziladi va bu jadvalda ishlab chiqarishning haqiqiy natijalari bilan baholash natijalari solishtirib ko‘riladi.
Har xil qishloq xo‘jalik o‘simliklari ekishning foydaliligi bo‘yicha yer baholash ma’lumotlari, xo‘jalikning tabiiy va iqtisodiy sharoitlarini hisobga olgan holda o‘simliklarni joylashtirish va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini ixtisoslashtirish masalalarini ilmiy asoslangan holda hal qilish imkoniyatini yaratadi.
Yer baholash ko‘rsatkichlari shu yildagi va kelgusidagi rejalarni, yerning ishlab chiqarish qobiliyatini hisobga olgan holda xo‘jalik hisobidagi topshiriqlarni tuzishga imkoniyat tug‘diradi.
Ishlab chiqarishning rejali hajmi, tabiiy va ishlab chiqarish omillariga bog‘liq holda yerning unumdorligi, texnikaviy ta’minotini oshirish, o‘g‘itlar bilan ta’minlanganligini hisobga olgan holda aniqlanadi.
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishni rejalashtirilayotganda yerning sifatiga va ishlab chiqarish resurslarining miqdoriga mos ravishda xo‘jaliklar bo‘yicha hamda tumanlar bo‘yicha umumiy rejani bir xil qilib taqsimlash kerak.
Har xil sifatli yerga ega bo‘lgan xo‘jaliklarga iqtisodiy rivojlanish va daromadlarini oshirish imkoniyatini yaratish, differensial daromadlarni tasdiqlash lozim.
Yernim baholash ma’lumotlari, amaldagi mahsulot turlarini harid narxlarini takomillashtirish va mahsulot sotib olish hajmini differensial rejalashtirish yo‘llari bilan jamoa va shirkat xo‘jaliklarini daromad olishini oshirishni tenglashtirish imkonini beradi.
Shuningdek, yer baholash ma’lumotlaridan, daromad sog‘lig‘ini hisoblab chiqazishni takomillashtirish va qishloq chiqazayotgan mahsulotlaridan davlat byudjetiga o‘tkaziladigan ajratishlar miqdorini hisob-kitob qilishda foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Yer tuzish korxonalari, yerni baholash ma’lumotlaridanhar xil tashkilotlarga yer ajratib berishda va yerdan qishloq xo‘jaligiga taalluqli bo‘lmagan maqsadda foydalanish uchun qishloq xo‘jalik yerlarini ajratib berilganda ko‘rilgan zararni qoplash masalalarini texnik – iqtisodiy asoslash uchun foydalaniladi. Shuningdek, yerning unumdorligi va joylanishini solishtirish to‘g‘risidagi ma’lumotlar, maydonlarni tashkil qilish va shunga mos ravishda xo‘jalikni ixtisoslashtirish, ekinlarni joylashtirishda va hokazolarda asos qilib olinadi.

Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling