Toshkent davlat agrar universiteti X. Nomozov, M. Atabayev, Z. Asqarova, S. Asatova tuproq xossalari va o


Sho‘rlangan tuproqlar melioratsiyasi


Download 1.71 Mb.
bet53/99
Sana14.12.2022
Hajmi1.71 Mb.
#1001746
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   99
Bog'liq
ТУПРОК ХОССАЛАРИ Номозов 1. doc

Sho‘rlangan tuproqlar melioratsiyasi. Tuproq sho‘rlanishiga qarshi kurashda zarur melioratsiya chora-tadbirlari amalga oshirilmasa, ekin maydonlarida zararli tuzlar ko‘payib ketishi mumkin. Natijada tuproq unumdorligi pasayadi va o‘simliklar, shu jumladan, paxta hosili ham kamayadi. Melioratsiya (melioratio) lotin so‘zi bo‘lib, yaxshilanmoq, tuproqni yaxshilamoq degan ma’noni bildiradi. Shu tufayli melioratsiya masalalariga tuproq sho‘rlanishning oldini olish va sho‘rlanishga qarshi kurashish uchun bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirish kiradi. Buning uchun avvalo suvdan unumli foydalanish, sizot suvlari sathining ko‘tarilishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Bunda suvning kanallardan shimilib (filtirlanib) ketishini kamaytirib, yil bo‘yi, ayniqsa ekinlarni sug‘orish ishlari jadallashgan payitda xo‘jalik ichida suv taqsimotini isrof qilmay to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilsa, ekalogik vaziyat ijobiy tomonga o‘zgaradi.
Agromelioratsiya sohasi bo‘yicha ko‘riladigan chora-tadbirlar ishlab chiqarishda agranomiya fani yutuqlaridan foydalanish, dalalarni yaxshilab tekislash, sho‘r yuvish, eng samarali almashlab ekish tizimlarini qo‘llash, o‘rmon-ihota daraxtlari ekish ishlarini amalga oshirish (sug‘orish tartibi va texnikasiga rioya qilish, mineral hamda organik o‘g‘itlardan bilib foydalanish va h.k) ga qaratilgan bo‘lishi kerak. Gidrotexnika chora-tadbirlar i ham melioratsiya ishlarining tarkibiy qismi bo‘lib, daryolar oqimini o‘zgartirishdan, gidrotexnika bo‘limlari, suv xavzalari, kollektor drenaj shaxobchalari qurishdan va shu yo‘llar bilan oqar hamda sizot suvlar tartibini boshqarishdan iborat.
Shuni ta’kidlash zarurki, agromelioratsiya chora-tadbirlari, tuproq sho‘rlanishidan qat’iy nazar, barcha sug‘oriladigan yerlarda amalga oshiriladi. Ular doimo sug‘oriladigan dehqonchilikning asosi hisoblanadi.
Sho‘rlangan va botqoqlashgan tuproqlar melioratsiyasida yerlar zaxini qochirish alohida ahamiyatga ega.
Sug‘oriladigan yerlardagi zovurlar. Zovurlar (drenajlar) yordamida tuproq va sizot suvlarining sho‘ri yuviladi. Sho‘rlangan yerlarda zovurlardan to‘g‘ri foydalanish, tuproqlarni sho‘rsizlantirishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda respublikamizning sho‘rlangan yerlarida ochiq va yopiq yotiq hamda tik drenajlar qo‘llaniladi. Ochiq yotiq drenajlar keng tarqalgan. Sho‘rlangan yerlarda chuqur ochiq drenajlar (2,5-3,5 m) yuza (1-2 m) drenajlarga qaraganda samarali hisoblanib, sizot suvlar sathini ancha pasaytirish va tuproq sho‘rini yaxshiroq ketkazish mumkin.
Ochiq drenajlarning samarasi ko‘p jihatdan ularning chuqurligiga bog‘liq. Agar drenajlarda yotqiziqlar begona o‘tlar ko‘p bo‘lsa, ulardagi suvning sathi ko‘tariladi. Bu esa sizot suvlari bosim kuchini va binobarin, melioratsiyalash ta’sirini kamaytiradi.
Markaziy Osiyo Irrigatsiya ilmiy-tadqiqot instituti (SANIIRI) da olib borilgan tekshirishlardan ma’lum bo‘lishicha, zovur suvi oqimini kuchaytirish va tuproq sho‘rini chuqurroq yuvish uchun bunday yerlarda zovurlar uzunligini 70-100 m ga etkazish kerak. Bosimi va siljish xossasi yaxshi bo‘lgan qatlam yuza (5-10 m) joylashgan bo‘lsa, tik zovurlar qazish yo‘li bilan ochiq drenajlar samaradorligini ancha oshirish mumkin. Bunda ularning bosimi oqim jadalligini pasaytiradi va sizot suvlarining pastga tushishini ta’minlaydi. Bundan tashqari zovurlar orasidagi masofani uzaytirish va ularni qurishdagi sarf-xarajatlarni kamaytirish mumkin bo‘ladi. Diametri 10-15 sm va uzunligi 3-5 m li kuchaytruvchi chuqurlarni gidrobur yordamida osongina kovlash mumkin. Ular zovurlar tubida har 20-30 m dan keyin kovlanadi va ustiga shag‘al tashlanadi.
Yopiq drenajlardan ham hozirgi vaqtda sho‘rlangan yerlarni melioratsiyalashda keng foydalanilmoqda. Bu tipdagi zovurlar Mirzacho‘lning sug‘oriladigan yangi yerlarida ken qo‘llanilib, ularning umumiy uzunligi 12 ming km dan ortadi. Qarshi, Surxon-Sherobod cho‘llarida ham bu tipdagi drenajlardan samarali foydalanilmoqda. Yopiq drenajlar sopol, asbetsement, plastmassa, g‘isht, yog‘och va boshqa materiallardan quriladi. Ishlab chiqarishda maxsus polimer materiallar (polietilen, polixlorvinil) dan iborat yengil quvurlar ham sinab ko‘rilmoqda. Bu quvurlar sifatli va pishiq bo‘lib, ularning solishtirma diametri 50-60 sm dan oshmasligi kerak. Odatda, quvurlarning diametri kichik (10-15, 20-25 sm) bo‘lib, faqat kollektorlarda 50 sm gacha bo‘ladi. Drenajlar uzunligi bo‘ylab quvurlarning diametri ortib boradi. Turli diametrli quvurlarning sho‘r yuvish jarayonidagi faoliyati kuzatuv qudug‘i orqali nazorat qilinadi. Drenajlarning chuqurligi quritish me’yorlariga bog‘liq bo‘ladi. Agar yopiq drenajlar sizot suvlari sathidan pastda bo‘lsa, samarasi yuqori bo‘ladi. Tuproqning suv ko‘tarish xossasiga va sizot suvlarining minerallanish darajasiga qarab, yopiq zovurlarning chuqurligi 2,5-3,5 m bo‘lishi kerak. Drenajlar samaradorligini oshirish maqsadida quvurlar ancha qiya qilib joylashtiriladi.
Yopiq zovurlarning samaradorligi va chidamliligi ularning konstruksiyasini to‘g‘ri tanlash va foydalanish qoidalariga to‘la rioya qilinishiga bog‘liq. Yopiq drenajlardan foydalanish jarayonida ularni loyqa (balchiq) bosib qolishi mumkin. Shuning uchun ularni muntazam tozalab turish kerak. Drenajlarni balchiqdan tozalashning xilma-xil usullari mavjud. Bulardan eng samarali va tejamlisi mexanizmlar yordamida tozalashdir.
Tik drenajlar yer osti va sizot suvlarinirng chuqur quduqlardan maxsus nasoslar yordamida chiqarib olish uchun qo‘llaniladi. Mirzacho‘l, Farg‘ona vodiysi, Buxoro viloyati va Qarshi cho‘lidagi yangi o‘zlashtirilayotgan yerlarda tik drenajlardan foydalaniladi.
Suvni kam o‘tkazadigan, mayda zarrali yuqori qatlamning tagi qum-shag‘alli bo‘lgan og‘ir tuproqli yerlarda tik zovurlar yaxshi samara beradi. Qum-shag‘al yotqiziqli qatlamning joylashishiga qarab, zovur quduqlarning chuqurligi 20-30 dan 100-150 m gacha bo‘ladi. Chuqurdagi suv qabul qiluvchi quvurlarning yuqori qismi yaxlit, pasti teshikli yoki yoriqli bo‘ladi.
Chuqur joylashtirilgan nasoslar elektr motor bilan ishga tushiriladi. Bir quduqning debiti (muayyan vaqt ichida beriladigan suv miqdori) keskin o‘zgarib turishi mumkin. Drenaj me’yorida ishlanganda chuqurlar muttasil 50-120 l/soniya suv beradi. Bunda 1 ta quduqning drenajlovchi ta’siri 300-400 m dan 700-900 m gacha tarqaladi.
Sharoit va maqsadga qarab, quduqlar turli tartibda ishlatilishi mumkin. Ular doimiy va o‘zgaruvchan debitda yil bo‘yi va yil fasllariga qarab ishlatiladi.
Quduqlar atrofi o‘pirilib ketishining oldini olish, ularga qum-shag‘al filtr solish, shuningdek, loyqa yoki qum to‘lib qolsa kechiktirmay tozalash muhim ahamiyatga ega.
Tik drenajlarni qo‘llashda chuqurlardan chiqarib olinadigan suvdan to‘g‘ri foydalanishga katta e’tibor berish kerak. Agar minerallanish darajasi ancha yuqori bo‘lmasa, ariq suviga qo‘shib, yerlarni yuvish va ekinlarni sug‘orishda foydalanish mumkin.

Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling