Toshkent davlat agrar universiteti X. Nomozov, M. Atabayev, Z. Asqarova, S. Asatova tuproq xossalari va o
Download 1.71 Mb.
|
ТУПРОК ХОССАЛАРИ Номозов 1. doc
Tuproq zichligi. Dehqonchilikda, ayniqsa, melioratsiyada tuproqning muhim ekologik ahamiyatga ega bo‘lgan sifat ko‘rsatkichlaridan biri uning zichligidir
Tuproq zichligi uning hajm massasi bilan belgilanadi. Tuproqning hajm massasi deb ma’lum bir miqdordagi tuproq vaznining shunday hajmdagi suv (odatda 1 sm3 tuproqning g hisobidagi massasi 40S haroratda) og‘irligiga bo‘lgan nisbatiga aytiladi va g/sm3 bilan belgilanadi. Tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, tuproqning hajm massasi juda o‘zgaruvchan bo‘lib, asosan, tuproq agregatlarining zichlanish holatiga bog‘liqdir. Odatda, tuproqning ustki, haydalma qatlami gumus miqdori, struktura sifatiga qarab, har xil hajm massasi ega bo‘lishi mumkin va odatda 1,0 dan 1,6 g/sm3 gacha o‘zgarib turadi Haydalma qatlamning ostki qismida tuproq hajm massasi og‘irroq bo‘ladi. Markaziy Osiyoning sug‘oriladigan tuproqlarida hajm massasi vegetatsiya davrida o‘zgarib turadi va odatda zich bo‘ladi. Dalada, og‘ir traktorlar va qishloq xo‘jalik mashinalarnint ko‘p marotoba yurishi ham tuproq zichligiga ta’sir qiladi. Tuproq zichligining o‘simliklar o‘sishi va rivojlanishida ahamiyati katta. Tuproq zichligi o‘simlik ildizlari uchun suv, havo va oziq elementlari miqdori hamda nisbatini o‘zgartirib turadi. Qiyalikning o‘zgarishi natijasida tuproqdagi mikrobiologik jarayonlar ham o‘zgaradi. O‘zbekiston sharoitida g‘o‘zaning o‘sishi va rivojlanishiga tuproq zichligining ta’sirini birinchi marotoba G.I.Popov 1930 yilda o‘rgandi. Keyinchalik bu muammo bilan S.N.Rijov va K.B. Saakyanslar (1958) shug‘ullandilar. Shu olimlarning fikricha, sug‘oriladigai sur tuproqlar hajm massasining ko‘payib ketishiga sug‘orish sabab bo‘ladi. N.K. Balyabo (1937) tuproq zichligining paxtachiliqdagi ahamiyatiga to‘xtalib, bu ko‘rsatkich barcha sug‘oriladigan bo‘z tuproqlarda ham 10-20 sm tuproq qatlamida eng kuchli bo‘lishini ko‘rsatdi. Tuproq zichlanishida ilgaridan sug‘orib, dehqonchilik qilinayotgan yer bilan bedapoyadan bo‘shagan yerning tafovuti bor. Tuproqning haydov qatlami zichligi yil fasllari bo‘yicha o‘zgarib turadi. Uch yillik beda buzilgandan so‘ng birinchi yili tuproqning hajm massasi yyengil, zichligi kam bo‘ladi. Beda buzilgandan so‘ng, yillar o‘tishi bilan tuproqdagi organik moddalar ozayib, uning strukturasi yomonlashadi, hajm massasi ortib tuproq zichlashadi va g‘ovakligi kamayib ketadi. Tuproqqa ishlov berish masalalari bilan shug‘ullangan taniqli olim V.P.Kondratyuk yerning haydalma qatlami zichligining o‘zgarishi bo‘yicha izlanishlar olib bordi va muhim xulosalar chiqardi. Tuproq hajm massasining vaqti-vaqti bilan o‘zgarishi almashlab ekish dalalarida yaqqol ko‘rinadi va u asosan haydov qatlamdagi organik modda miqdoriga bog‘liq. Paxta dalasi tuproq zichligining ortishi g‘o‘zaning o‘sishi va rivojlanishi davriga to‘g‘ri kelishi agrotexnika tadbirlarining sifati va muddatlariga ham bog‘liqdir. Paxta maydonlarida yuzaga keladigan tuproq zichlanishi kuzgi shudgorning qanday o‘tkazilishiga ham bog‘liq. Sho‘rlangan tuproqlarda sho‘r yuvish o‘tkazilgandan so‘ng ishlov berilganda zichlik o‘zgarmaydi. Sho‘r yuvish tadbirlaridan keyin juda zichlashib ketgan tuproqni chigit ekish oldidan chizellash, tirmalash va molalash tavsiya etiladi. V.P. Kondratyuk (1972) tomonidan o‘tkazilgan maxsus tajribalarda g‘o‘zaning yaxshi o‘sishi va rivojlanishi uchun tuproqning zichligi oddiy bo‘z tuproq va o‘tloqi tuproqlarda 1,1-1,3 g/sm3, och tusli sur tuproqda 1,0-1,4 g/sm3 ga teng bo‘lishi lozimligi aniqlangan. Tuproq zichligining ortishi bilai uning barcha ijobiy xossalari salbiy tomonga o‘zgaradi, g‘ovakligi keskin pasayib, 40-45 % ni tashkil etadi. Chigitning unib chiqishi tuproqning hajmiy massasi 1,1-1,4 g/sm3 bo‘lganda jadallashadi. Agarda uning hajmiy massasi 1,5-1,6 g/sm3 dan ziyod bo‘lsa, chigit uzoq muddatda unib chiqadi. G‘o‘za quruq vaznining eng yuqori ko‘rsatkichi (124,1-141,1 g) tuproq zichligi 1,0-1,2 g/sm3 bo‘lganda kuzatilgan. Bunday ma’lumotlar boshqa tajribalarda ham olingan. Bu tajribalar dalada emas, maxsus ildishlarda o‘tkazilgan va tuproq zichligi sun’iy ravishda yaratilgan. Yuqori hosil tuproq zichligi 1,0-1,2 g/sm3 bo‘lganda olingan. Tuproqning zichlanishiga qarshi kurashish. Tuproq zichlanishi g‘o‘zaniig o‘sishi va rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois olimlar tuproq zichlanishiga qarshi ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar. So‘ngi yillarda S.I.Rijov, V.P.Kondratyuk, YU.A.Pogosov (1980), M.U.Umarov va J.Ikromov (1979) lar chigitni pushtaga ekish usulini ishlab chiqdilar va uni paxtachilikka joriy qildilar. Respublikamizda paxta ekiladigan maydonlarning ko‘pchiligi o‘rta va og‘ir qumoqli tuproqlardan iborat. O‘zbekiston paxtachilik, ilmiy tadqiqot institutining markaziy tajriba bazasidagi oddiy bo‘z tuproq, Qashqadaryo viloyatining Usmon Yusupov tumanidagi sug‘oriladigan sho‘rlanmagan taqir tuproq hamda Buxoro viloyatining Vobkent tumanidagi qadimdan sug‘orilayotgan o‘tloqi allyuvial tuproqlarda ko‘p yillar davomida tajriba o‘tkazilgan. Chigitni pushtaga ekish texnologiyasi asosida dalalarni tayyorlash kuz paytida, paxta hosili yig‘ib-terib olingandan so‘ng amalga oshirilgan. Ayni tadbir quyidagi tartibda amalga oshiriladi. Chigitni pushtaga ekish asosan sho‘rlanmagan, kam sho‘rlangan va o‘rtacha sho‘rlangan yerlarda tuproqlar yuvilgandan so‘ng o‘tkaziladi. Dalalar g‘o‘zapoyadan tozalanib organik o‘g‘itlar, fosfor pa kaliy solingandan so‘ng, begona o‘tlarning ildizlari yig‘ilib paykaldan chetga chiqariladi. Ko‘p yillik begona o‘tlarga qarshi (g‘umay va ajriq) dalapon gerbitsidini 40-50 kg/gn miqdorda sepib, kuzgi shudgor qilinadi, tuproq yaxshilab haydaladi. Agar yer 2 yarusli pluglar bilan 35-40 sm chuqurlikda haydalsa, begona o‘tlar miqdori kamayib, tuproqning haydov qatlami yaxshi yumshaydi, pushtalarni olish osonlashadi. Yer haydalgandan so‘ng zarurat bo‘lsa tekislanadi, bu ishda boronalar va uskunalardan foydalaniladi. Pushtalarni tayyorlashning eng yaxshi muddati kuz faslidir. Pushtalar balandligi 25-28 sm, usti 15-18 sm ketlikda tekis bo‘lib, seyalkaning soshnigi (urug‘ ko‘mgichi) bemalol o‘tishi kerak. Bunday pushtalar g‘o‘zani qator oralari 90 sm kenglikda ekish uchun tayyorlanishi mumkin. Pushtalar maxsus egat ochgich.yordamida tayyorlanadi. Buning uchun katta chizel-kultivatorlardan ham foydalanish mumkin. Rsspublikamizning janubiy viloyatlarida kuzgi shudgor o‘tkazilguncha tuproq qurib qoladi va zichlanadi. Yer haydalganda yirik kesaklar hosil bo‘ladi. Bunday dalalarda tekislash va sifatli pushtalar olish amaliy jihatan qiyinlashadi. Bahorga kelib esa haydalgan yer sifati yaxshilanadi, tuproq yumshab qoladi. Ayni shu paytda yerni yaxshilab tekislab, chigit ekish uchun sifatli pushtalar olish imkoniyati tug‘iladi. Demak, pushtaga chigit ekish uchun yer faqat kuzda emas, bahorda ham tayyorlanishi mumkin. M.Umarov va J.Ikromov (1979) tomonidan o‘tkazilgan tajribalarda pushta olish uchun qator oralarining kengligi 90 sm bo‘lgan egat olgich agregatlardan foydalanilgan. Ularni kultivatorga osishdan oldin qanotlari oxirgacha ochilib, ustki tomonidan 5 ta bolt yordamida po‘lat plastinkalar mahkamlanadi. Agregatlarning oldiga traktor izini yumshatadigan temir panja o‘rnatiladi. Chigit ekishdan 8-10 kun ilgari egatlarga suv taraladi. Bu suv miqdori gektar hisobiga 1300-1500 m3 ni, jo‘yakka taralgan suv miqdori esa bir soniyada 0,3-0,5 l tashkil etishi kerak. Suv berish muddati 25-30 soatga yaqin bo‘lib, pushtalar qorayib-qoraymas to‘xtatiladi. Chigit ekish tuproqning yetilishiga qarab, keng qatorlab ekishga (90 sm) mo‘ljallangan oddiy seyalkalarda o‘tkaziladi. Chigitni pushtaga ekish paytida seyalka bir joyda aylanib qolmasligi uchun uning o‘qi qo‘shimcha plastinkalar yordamida 6-8 sm ko‘tariladi. Pushta va tekis yerdagi g‘o‘zalarga ishlov berish xo‘jaliklarda qabul qilingan agrotexnika qoidalari asosida olib boriladi. O‘tkazilgan ko‘p yillik tajribalar natijasidan ma’lum bo‘ldiki, pushtaga ekilgan g‘o‘za suv va havodan yaxshi foydalanadi. Tuproqqa solingan oziq elementlari teng baravar taqsimlanadi. Tuproqdagi biologik va biokimyoviy jarayonlarning borishi jadallashadi. Chigit ekish paytida va undan keyin ham tuproq harorati 2-3 daraja yuqori bo‘lib, chigit atrofi qiziydi. Tuproq zichligi pushtalarda chigit ekish paytida, go‘zaning o‘sish va rivojlanish davrida qulay bo‘ladi hamda uzoq vaqt saqlanib, o‘simlikka ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Pushtalardagi tuproq sug‘orish vaqtida yaxshi namlanib, suv bir tekis shimiladi. Shu boisdan pushtalarga ekilgan paxtadan olingan hosil tekis yerdagiga nisbatan gektar boshiga o‘rtacha 5-6 s ortiq bo‘ladi. Paxta tannarxi kamayib, anchagina sof foyda olish mumkin. Pushtaga chigit ekib paxta yyetishtirishning afzalligini bilgan mamlakatimizdagi bir qator viloyat, tuman va xo‘jaliklar bunday ekin maydonini yildan-yilga kengaytirib bormoqda. Chigitni pushtaga ekish usuli tuproqni zichlanishiga yo‘l qo‘ymaydigan, g‘o‘zaning o‘sishi va rivojlanishi uchun ekologik vaziyatni ijobiy tomonga o‘zgartiruvchi tadbirdir. Uni paxtachilikda keng qo‘llash lozim. Savollar: O‘zbekiston Respublikasi sug‘oriladigan tuproqlari melioratsiyasining vazifasi qanday ilmiy amaliy ishlarni bajarishga karatilgan? Respublikamizda sho‘r tuproqlar qaysi hududlarda rivojlangan, ularning maydoni qancha gektarni tashkil etadi? Orol dengizi sathidan O‘zbskiston vohalariga har yili qancha tonna tuz zarrachalari tarqaladi? Uzbekiston Respublikasida sho‘rlangan jarayonlari sug‘oriladigan yerlarda ko‘payib borishining sabablarini misollar bilan tushuntirib bering. Sug‘oriladigan tuproqlardagi donador struktura tuproqlar melioratsiyada qanday ahamiyatga ega? 6. Tunroq agregatlari katta-kichikligiga qarab qapday gu- ruhlarga bo‘linadi? 7. Tuproq agregatlarining suv chidamliligi qandan aniqlanadi? 8. Tuproqning strukturasi sug‘oriladigan dehqonchilikda qanday ahamiyatga ega? 9. Tuproq zichligining kamayishi yoki ortishi qanday sabab- larga bog‘liq? Qanday sabablarga ko‘ra tuproqning hajm og‘irligi haydalma qatlamda ko‘payadi? Tuproqlarning zichlanishiga qarshi qanday chora-tadbirlar qo‘llaniladi? Sug‘oriladigan tuproqlarda pushta olish va ularga go‘za ekish boshqa ekish usullaridan nimasi bilan farq qiladi? Download 1.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling