Toshkent davlat agrar universiteti X. Nomozov, M. Atabayev, Z. Asqarova, S. Asatova tuproq xossalari va o
Download 1.71 Mb.
|
ТУПРОК ХОССАЛАРИ Номозов 1. doc
Tuproqlar. O‘zbskistonda tabiiy sharoitlar va tuproq hosil qiluvchi omillar turlicha bo‘lgani sababli tuproq tiplari va tipchalari xilma-xildir. Shularni e’tiborga olgan holda hamda ulardagi eroziyaning genezisini to‘laroq tushunish maqsadida, quyidagi tuproq mintaqalarini ajratish mumkin:
Cho‘l miitaqasi tuproqlari. Tog‘ oldi va bo‘z tuproqlar mintaqasi. Tog‘ va baland tog‘ tuproqlari mintaqasi. Cho‘l mintaqasida yog‘in miqdorining juda ozligi, iqlimning keskin kontinentalligi, o‘simliklar qoplamining kamligi asosan sur tusli qo‘ng‘ir, cho‘l-qumli, taqir, taqirli va sho‘rxok tuproqlarni paydo bo‘lishga olib keladi. Bu tuproqlar sur tuproqlardan genetikaviy tuproq qatlamlarining unchalik rivojlanmaganligi, yupqaligi, strukturasizligi, sho‘rlanganligi, chirindining kamligi (0,2-0,7%), singdirish sig‘imining kichikligi (100 g tuproqda 8-10 mg-ekv), singdirish kompleksining Ca va Mg bilan tuyinganligi bilan farq qiladi. Sur tusli qo‘ng‘ir va taqir tuproqlarining yuza qismi qatqaloq bilan qoplangan, qumli va qumoq tuproqlarining mexanik tarkibi yyengil qumli bo‘lganligi uchun Shamol eroziyasiga tez uchraydi. Shuning uchun deflyasiyaga qarshi choralar olib borish, ixota daraxtzorlar barpo etish, paxta ekiladigan yerlarda baland poyali ekinlar, o‘tlar, ekib kulislar yaratish, o‘g‘itlar solib tuproqni mustahkamlash yaxshi samara beradi. Qumli tuproqlar Qizilqum, Sandiqliqum, Markaziy Farg‘ona va shunga o‘xshash qumli cho‘llarda keng tarqalgan. Taqir, o‘tloqi taqir va sho‘rxok tuproqlar Shamol eroziyasiga chalinmaydi. Pasttekislik va daryo vohalarida tarqalgan o‘tloqi-allyuvial tuproqlar turli darajada sho‘rlangan, qishloq xo‘jaligida noto‘g‘ri foydalanish natijasida yer osti suvlarining sathi ko‘tarilgan. Ular sho‘rlanib, doimo namlhanib turadi, eroziya jarayonlariga kam chalinadi. Mexanik tarkibi yyengil bo‘lgan sho‘rxokli tuproqlar deflyasiyaga uchraydi. Bunday mintaqalarda meliorativ ishlar bilan birga Shamol eroziyasiga qarshi kurash tadbirlari olib borish tavsiya etiladi (Mirzojonov Q., Hamroyev M., 1978). Tog‘ oldi prollyuvial tekisliklar va adirlarda sur tuproqlar tarqalgan bo‘lib, ular vertikal tuproqlar mintaqasining birinchi pog‘onasi hisoblanadi. Sur tuproqlar tarqalgan hududlar murakkab rel’efli, ko‘pchilik qismi lyoss, lyossimon, shag‘alli, qumli, chag‘ir toshli va shag‘alli prolyuvial va delyuvial yotqiziqlar bilan qoplangan. Tog‘larga yaqinlashgan sari tog‘ oldi qiyaliklarining nishabligi ortib boradi va tekisliklar o‘rnida daryo vodiylari, jarlar bilan bo‘linib ketgan o‘r-qirli yerlar boshlanadi. Bu hududlarda yog‘in-sochin 170-600 mm, sernam bahorgi biologik faol davr 50-100 kunni tashkil qiladi, chim hosil qiluvchi efemir o‘simliklar keng tarqalagan. Shuning bilan bu hududlarda lalmikor dehqonchilik bilan birga sun’iy sug‘orish ishlarini ko‘p yillar davomida olib borilishi natijasida sug‘orma dehqonchilik ham rivojlangan. Sur tuproqlar cho‘l mintaqasiga tutashgan, dengiz sathidan 150-200 m dan boshlab, 900-1000 m balandlikkacha bo‘lgan yerlarda tarqalgan. Sur tuproqlar och tusli, oddiy va to‘q sur tuproqlarga bo‘linadi. Daryo vohalarida sug‘oriladigan sur o‘tloqi, botqoq- o‘tloqi tuproqlar ham keng tarqalgan. Ularning tarqalishi hamma joyda bir xil emas. Sur tuproqlarning yuqori va quyi chegaralari tabiiy sharoitlarga birinchi navbatda iqlimga, tog‘larning joylashishi, hududlarning dengiz sathidan balandligiga bog‘liq. Masalan Toshkent viloyati atrofida sur tuproqlarning quyi chegaralari dengiz sathidan 250-300 m, Zarafshon vodiysida 350-400 m, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida 400-500 m, G‘arbiy Farg‘onada 500-550 m balandliklardan o‘tadi. Sur tuproqlar hududining iqlimi subtropik kontinental, quruq va issiq bo‘lib, qishi ancha yumshoq va iliq. 10°C dan yuqori| samarali harorat 3400-4000°C va undan ko‘pligi bilan belgilanadi.Yog‘in-sochinlar miqdori yuqorida ko‘rsatilgandek joyning mutloq balandligiga qarab 250-600 mmni tashkil etadi. O‘simliklar dunyosi ham joyning balandligiga qarab o‘zgarib boradi. Hududning quyi qismida boychechak, lolaqizg‘aldoq, yovoyi arpa va boshqalar o‘sadi, o‘rta va balandroq qismida efemerlardan qo‘ng‘irbosh yaltirbosh, qizg‘aldoq, oqquray o‘sadi. To‘q tusli sur tuproqlar tarqalgan yerlarda bug‘doyiq, taktak, efemerlardan yaltirbosh, qizg‘aldoq o‘sadi. Tog‘ oralig‘idagi soyli joylarda chakalakzor, na’matak, jiyda, siyrak holda tol, teraklar uchraydi. Bo’z tuproqlar tipi och tusli, oddiy va to‘q tipchalarga ajratiladi. Bo’z tuproq dengiz sathidan 200-250 m balandlikdan to 300-500 m balandliklarda rivojlangan bo‘lib, ularning asosiy maydonlari Mirzacho‘l, Qashqadaryo va Surxondaryoning lyoss va lyossimon qumoqli jinslarida, G‘arbiy Farg‘ona, Nurota, Zarafshon tog‘ yetaklarida esa prolyuvial keltirimalarda paydo bo‘lgan. Och tusli tuproqlarda gumusning kamligi (0,7-1,0% gacha) sababli, uning morfologik tuzilishida pastki genetik qatlamlarning uncha yaxshi ajralmasligi, hasharot va jonivorlar inlarining ko‘p bo‘lishi o‘ziga xosdir. Tuproqda azot 0,06-0,1%, umumiy fosfor 0,10-0,15%, chirindili qatlamlar (A+V1+V2) qalinligi 40-60 sm, C02 karbonatlar miqdori A qatlamda 7-8% pastki qatlamlarda esa 9-10% va undan ham ko‘proq bo‘ladi. Tog‘ oldi tekisliklari va adirli yerlar noto‘g‘ri o‘zlashtirish va sug‘orish natijasida sug‘orish eroziyasiga chalingan. Ko‘p maydonlarda jarliklar paydo bo‘lgan. Ma’lumotlarga ko‘ra to‘q tusli sur tuproqlarning yalpi maydonining 20% i sug‘orish eroziyasiga chalingan. Asosan och tusli tuproq hududida o‘sadigan efemer o‘simliklar qavmi rivojlangan. Shushshgdek, oq qo‘ray singari qurg‘oqchilikka chidamli kssrofit ko‘p yillik o‘simligi (100 g tuproqda 8-10 mg-ekv), singdirish kompleksining Sa va Mg bilan to‘yinganligi bilan farq qiladi. Sur tusli qo‘ng‘ir va taqir tupoqlarining yuza qismi qatqaloq bilan qoplangan, qumli va qumoq tuproqlarining mexanik tarkibi yyengil qumli bo‘lganligi uchun Shamol eroziyasiga tez uchraydi. Shuning uchun deflyasiyaga qarshi choralar olib borish, ixota daraxtzorlar barpo etish, paxta ekiladigan yerlarda baland poyali ekinlar, o‘tlar, ekib kulislar yaratish, o‘g‘itlar solib tuproqni mustahkamlash yaxshi samara beradi. Qumli tuproqlar Qizilqum, Sandiqliqum, Markaziy Farg‘ona va shunga o‘xshash qumli cho‘llarda keng tarqalgan. Taqir, o‘tloqi taqir va sho‘rxok tuproqlar Shamol eroziyasiga chalinmaydi. Pasttekislik va daryo vohalarida tarqalgan o‘tloqi-allyuvial tuproqlar turli darajada sho‘rlangan, qishloq xo‘jaligida noto‘g‘ri foydalanish natijasida yer osti suvlarining sathi ko‘tarilgan. Ular sho‘rlanib, doimo namchanib turadi, eroziya jarayonlariga kam chalinadi. Mexanik tarkibi yyengil bo‘lgan sho‘rxokli tuproqlar dsflyasiyaga uchraydi. Bunday mintaqalarda meliorativ ishlar bilan birga Shamol eroziyasiga qarshi kurash tadbirlari olib borshi tavsiya etiladi (Mirzojonov Q., Hamroyev M., 1978). Tog‘ oldi prollyuvial tekisliklar va adirlarda sur tuproqlar tarqalgan bo‘lib, ular vertikal tuproqlar mintaqasining birinchi pog‘onasi hisoblanadi. Sur tuproqlar tarqalgan hududlar murakkab rel’efli, ko‘pchilik qismi lyoss, lyossimon, shag‘alli, qumli, chag‘ir toshli va shag‘alli prolyuvial va delyuvial yotqiziqlar bilan qoplangan. Tog‘larga yaqinlashgan sari tog‘ oldi qiyaliklarining nishabligi ortib boradi va tekisliklar o‘rnida daryo vodiylari, jarlar bilan bo‘linib ketgan o‘r-qirli yerlar boshlanadi. Bu hududlarda yog‘in-sochin 170-600 mm, sernam bahorgi biologik faol davr 50-100 kunni tashkil qiladi, chim hosil qiluvchi zfemer o‘simliklar keng tarqalagan. Shuning bilan bu hududlarda lalmikor dehqonchilik bilan birga sun’iy sug‘orish ishlarini ko‘p yillar davomida olib borilishi natijasida sug‘orma dehqonchilik ham rivojlangan. Sur tuproqlar cho‘l mintaqasiga tutashgan, dengiz sathidan 150-200 m dan boshlab, 900-1000 m balanlikkacha bo‘lgan yerlarda tarqalgan. Sur tuproqlar och tusli, oddiy va to‘q sur tuproqlarga bo‘linadi. Daryo vohalarida sug‘oriladigan sur o‘tloqi, botqoq- o‘tloqi tuproqlar ham keng tarqalgan. Ularning tarqatashi hamma joyda bir xil emas. Sur tuproqlarning yuqori va quyi chegaralari tabiiy sharoitlarga birinchi navbatda iqlimga, tog‘larning joylashishi, hududlarning dengiz sathidan balandligiga bog‘liq. Oddiy sur tuproqlar dengiz sathidan 300-800 m balandlikkacha bo‘lgan tog‘ oldi tekisliklari, adirlar va past tog‘lardagi maydonlarda shakllangan. Bu tuproqlar mintaqasida yillik o‘rtacha yog‘in miqdori 300-500 mm ni tashkil etadi. Yog‘in asosan qish va bahor oylarida yog‘adi. Asosan och tusli sur tuproq hududida o‘sadigan efemer o‘simliklar qavmi rivojlangan. Shuningdek oq qo‘ray singari qurg‘oqchilikka chidamli kserofit ko‘p yillik o‘simliklar keng tarqalgan. Eg‘in-sochin suvlari tuproqning 1,5 m gacha bo‘lgan qatlamini namlaydi. Chirindi miqdori yuqori qatlamlarda 1,5-2,0% ni tashkil etadi. Eroziyaga uchragan lalmi va sug‘oriladigan asl sur tuproqlarni yuqori qatlamlarida gumus miqdori o‘rtacha 0,7-1.0%. Chirindili A+V1+V2 qatlamning qalinligi 60-80 sm bo‘lsa, eroziyaga uchragan tuproqlarda esa 30-50 sm ni tashkil etadi. CO2 karbonatlar miqdori och tusli bo‘z tuproqlarga qaraganda yuqori qatlamlarda bir oz kamroq bo‘lsada, lekin o‘rta va ostki qatlamlarda uning miqdori 9-12% ga etadi. Mayda zarrachalarning (0,001 mm) miqdori bu tuproqda ko‘proq bo‘lgani uchun och tusli sur tuproqqa qaraganda donadorligi bilan ajralib turadi. Qiyalik va nishab yerlardan noto‘g‘ri foydalanish natijasida suv eroziyasi rivojlanib, yer yuzasida chag‘irtosh va shag‘allar hosil bo‘lishi kuzatiladi. Respublikamiz bo‘yicha oddiy sur tuproqlar maydoni 3034 ming ga. Shundan lalmi dehqonchilik qilinadigan yerlar 814 ming ga bo‘lib, ulardai 700, 4 ming ga maydon yuza suv eroziyasiga uchragan. Sug‘orish eroziyasiga uchragan bo‘z tuproqlar maydoni 951,9 ming ga, shundan 556,7 ming ga o‘rta va kuchli eroziyaga uchragan (Maxsudov X.M., Odilov A.A., 1998). Download 1.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling