Toshkent davlat agrar universiteti X. Nomozov, M. Atabayev, Z. Asqarova, S. Asatova tuproq xossalari va o


Download 1.71 Mb.
bet42/99
Sana14.12.2022
Hajmi1.71 Mb.
#1001746
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   99
Bog'liq
ТУПРОК ХОССАЛАРИ Номозов 1. doc

To‘q tusli tuproqlar. Asosan lyossli yotqiziqlarda va qisman Janubiy va G‘arbiy Farg‘onaning ayrim tumanlarida turli xil cho‘kindi jinslarning nurashidan hosil bo‘lgan toshli, shag‘alli, qumoq yotqiziqlarda rivojlangan. Bu tuproqlar sur tuproq hududning eng yuqori mintaqasiga mansub bo‘lib, baland va past tog‘ yonbag‘irlari va daryo vodiylarining tog‘ oraliqlaridagi tekisliklarda, terrasalarda dengiz sathidan 500-1500 m balandlikda uchraydi. Bu tuproq tipchasining ko‘pchilik maydoni adirlik, qiyalik va o‘nqir-cho‘nqirlardan iborat bo‘lib, sug‘oriladigan dehqonchilikda foydalaniladigan maydonlar juda kam. Bu hududlarda lalmikor dehqonchilik, bog‘dorchilik, uzumchilik yaxshi rivojlangan.
To‘q tusli tuproqlar tarqalgan yerlarning iqlimi u qadar issiq bo‘lmay, yozi qisqaroq, umumiy yog‘in miqdori 400-500 mm dan ortiq, bahori ancha sernam. Yog‘in-sochin suvlari bu tuproqlarni 2 m chuqurlikgacha namlaydi. Shuning uchun ham bu tuproqlarda o‘t-o‘lanlar qalin va yaxshi o‘sadi.
Har yili o‘simliklar yer ustida 4-5 t/ga va er ostida (ildiz qoldiqlari) esa 30 t/ga ga qadar organik modda to‘playdi. Yog‘in-sochin suvlaridan tuproq yaxshi namlanganligi sababli karbonatlar ancha pastga yuviladi va 150-200 sm chuqurlikda karbonatlar qatlamini hosil qiladi.
To‘q tusli tuproqlarning morfologik tuzilishi oddiy sur tuproqqa nisbatan ancha yaxshi shakllangan, gumus miqdori 3-4%, chirindili (A+V1+V2) qatlam qalinligi 80-100 sm, singdirish sig‘imi 15-18 mgekv. Eroziyaga chalingan lalmi tuproqlarda Bu ko‘rsatkichlar ancha past: gumus miqdori haydalma qatlamda eroziyalanish darajasiga qarab 2,0-1,6% gacha, gumusli qatlam qalinligi 30-50 sm, karbonatlar tuproq yuza qatlamida uchrab, gipsli va tuzli birikmalar yuqori qatlamlarda uchraydi. Tabiiy o‘simliklarning yo‘qolishi, mikrorel’ef shakllarining o‘zgarishi natijasida tuproqning ustki, unumdor qatlami eroziyaga uchrab, ekin maydonlarida jarlar paydo bo‘la boshlaydi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Respublika bo‘yicha to‘q tusli tuproqlarning umumiy maydoni 1071 ming ga ni tashkil etib, shundan 867 ming ga maydon turli darajada eroziyaga chalingandir (Maxsudov X.M., Odilov L.A., 1998).
O‘rta va past tog‘ mintaqalarining- tuproqlari fsosan jigarrang va qo‘ng‘ir tog‘ o‘rmon tuproqlaridan tashkil topgan. Bu tuproq tiplari dengiz sathidan 1200-2300 m balandlikda joylashgan. Jigarrang tuproqlar siyraklashgan dasht-o‘rmon o‘simliklari ostida hosil bo‘ladi. Gumusli qatlamining rangi qo‘ng‘ir tusli. Mayda kesaksimon va yong‘oqsimon strukturali, pastki qatlamlari jigarrang donador strukturaga ega. Mexanik tarkibi og‘ir fraksiyalardan iborat bo‘lgani uchun bu tuproqlar ancha zichlangan. Undagi gumus miqdori eroziyalanish darajasiga qarab 3-6 % atrofida. Bu tuproqlardan ayrim joylarda dehqonchilikda shuningdek, yaylov sifatida noto‘g‘ri foydalanish oqibatida eroziya jarayoni kuzatiladi, unumdorligi pasayib, yaroqsiz yerlar qatoriga o‘tib qolmoqda. Mintaqada tog‘ qo‘ng‘ir o‘rmon tuproqlari ham rivojlangan. Bu tuproqlar tarqalgan hududlarda yog‘in-sochin miqdori 700-900 mm ni tashkil etadi. Shuning uchun qo‘ng‘ir tusli o‘rmon tuproqlari rivojlangan yon-bag‘irlar o‘rmonlar bilan qoplangan. Ularning tarkibida yong‘oq, olma, tog‘ olcha ham o‘sadi. Tuproqning genetik qatlamlari yaxshi ifodalangan. Yuqori, chirindili qatlami to‘q qo‘ng‘ir rangda bo‘lib, yong‘oqsimon-donador strukturali va o‘rtacha qumoq mexanik tarkiblidir.
Qo‘ng‘ir tusli tog‘ o‘rmon tuproqlari gumusga ancha boy bo‘lib, yuqori qatlamlarda 10-15% ni tashkil etadi, mo‘tadil reaksiyaga ega, singdirish sig‘imi ancha katta (100 g tuproqda 26-60 mg-ekv). Suvga chidamli strukturaning mavjudligi, yuqori nam o‘tkazuvchanligi hamda katta nam sig‘imiga ega bo‘lishi ayni tuproqlarning juda yaxshi fizik xossalariga ega ekanligidan dalolat boradi. Biroq ayrim joylarda bu tuproqlardan noto‘g‘ri foydalanish, haydash, qimmatli o‘rmon daraxtlarini, ayniqsa yong‘oqlarni, rejasiz kesish natijasida tuproqlar eroziyaga chalinib, unumdorligi pasaymoqda. Tog‘ o‘rmonchiligi sohasidagi mutaxassislar bu mintaqadagi o‘rmonlarni, jumladan yong‘oqzorlarni saqlash, ko‘paytirish va tuproqlarni muhofaza qilish uchun ishlarni ilmiy asoslangan ravishda olib borishlari kerak.
Baland tog‘ mintaqasida sur-qo‘ng‘ir tusli o‘tloqi-dasht va o‘tloqi tuproqlar tarqalgan bo‘lib, ular dengiz sathidan 2300-2800 m balandlikda joylashgan. Bu tuproqlarda chirindi -4-10% ni tashkil etadi, ulardan geografik-genetik tuzilishiga ko‘ra asosani yaylovlar sifatida foydalaniladi va chorvachilikni rivojlantirishda alohida o‘rin tutadi. Ko‘p yillar davomida yaylov sifatida noto‘g‘ri foydalanlishi natijasida eroziyaga chalingan joylar uchraydi. Chorva mollarini doimiy ravishda bir joyda boqilishi oqibatida, mollarning tuyoqlari bilan yerning yuza qismi buziladi, yog‘in-sochin suvlarning oqimi tezlashadi va bu tuproqlarning eroziyaga chalinishish kuchaytiradi.

Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling