Toshkent davlat agrar universiteti X. Nomozov, M. Atabayev, Z. Asqarova, S. Asatova tuproq xossalari va o


Download 1.71 Mb.
bet39/99
Sana14.12.2022
Hajmi1.71 Mb.
#1001746
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   99
Bog'liq
ТУПРОК ХОССАЛАРИ Номозов 1. doc

Iqlim sharoitlari. Suv eroziyasiga bevosita ta’sir etadigan tabiiy omillardan eng muhimi atmosfera yog‘in-sochinlaridir. Yog‘in-sochin yer yuzasida suv oqimini hosil qiladi va tuproq yuvilishini keltirib chiqaradi. Suv singdiruvchanligi yetarlicha bo‘lmagan tuproqlarda kuchli yomg‘irlar va qorlarning erishi davrida yonbag‘irlarda eroziya jarayoni yuzaga keladi. Atmosferadan tushadigan yog‘in-sochinlarning yillik miqdori eroziyani paydo bo‘lishiga ma’lum darajada imkoniyat yaratadi. Odatda, yog‘in-sochinning yil fasllari bo‘yicha taqsimlanishi, yomg‘ir tomchisining yirik yoki maydaligi ko‘proq ahamiyatga ega bo‘ladi. Yog‘in-sochinning miqdori va xususiyati, qor to‘planishi va erishi, tuproqning harorat va suv maromi kabilar suv eroziyasi jarayonlarining jadallashuviga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. O‘zbskistonda joyning dengiz sathidan ko‘tarilib borishiga qarab, yog‘in-sochin miqdori ham ko‘payib boradi. Yog‘in-sochin tekisliklarda 70- 250 mm, adirlarda 250- 350 mm bo‘lsa, past tog‘larda 350-500 mm, tog‘larda esa 500- 700 va 900 mm dan oshadi. Shu bilan bir qatorda tekisliklardan tog‘ cho‘qqilariga ko‘tarilib borgan sari o‘rtacha haroratning pasayishi kuzatiladi.
Havo haroratining keskin kontinentalligi bir kecha-kunduzdagi ko‘rsatkichda ham, yillik ko‘rsatkichda ham kuzatiladi. Kunduz kunlari havoning harorati ko‘tariladi, kechlari esa keskin pasayadi. Eng yuqori harorat yozda (+27- 30°S), eng past harorat esa qishda (-16-18°S kuzatiladi. O‘rtacha ko‘p yillik eng yuqori harorat iyulda +23°S bo‘lsa, eng past harorat yanvarga (-3,30S) to‘g‘ri keladi. O‘rtacha yillik 10,10S. Ko‘p yillik ma’lumotlarga qaraganda yog‘in sochinning uzoq davomida va tezligi 0,5-1mm va undan ortiq bo‘lsa, oqim kuchayib eroziya jarayonlarini jadallashga
olib keladi. Ma’lumotlarga ko‘ra tuk tusli sur lalmi tuproqlar
mintaqasida yomg‘irning tez yog‘ishi (0,7-1mm) natijasida yon-
bag‘irning 6,5-7e qiyalikdagi yuzasidan har gektariga 30 - 50 t tuproq
yuvilganligi aniqlangan. Iqlimni eroziya jarayonlari rivo-
jiga yana bir ta’siri - bu Shamoldir. Shamol - deflyasiyaning vu-
judga kelishida asosiy omil hisoblanadi. Shamol eroziyasining
rivojlanishi uning tezligi, yo‘nalishi, mavsumiyligi, harorati
va takroriyligiga bog‘liq. Shamol yer yuzasidagi tuproq zarracha-
larini chang to‘zonga aylantirib havoga ko‘taradi va shu asosda ero-
ziya jarayoni hosil bo‘ladi. O‘zbekistonda Shamol eroziyasi bo‘yicha tadqiqotlar olib borgan olimlardan Q. Mirzajonov (1973) va M.Hamroyevlarning (1986) ma’lumotlariga qaraganda, yer yuzasidan 10 sm balandlikda 8-12 m/soniya tezlik bilan esgan Shamol, eroziya jarayonini boshlab beradi: 10-15 sm balandlikda, 12-15 va 16-25 m/soniya tezlikda esganda kuchli Shamol eroziyasi ro‘y beradi. Bunda tuproq zarrachalari bilan birga o‘simliklar ham uchirilib, uzoq-uzoq joylarga-yo‘llarga, suv havzalariga eltib tashlanadi.
Rel’ef. Yer yuzasi tuzilishi, ya’ni rel’ef eroziya jarayonlarining, ayniqsa suv eroziyasining rivojlanishida ma’lum darajada ahamiyatga ega. Rel’ef yer yuzasida issiqlik va namlikning taqsimlanishi, ob-havo, yog‘inlarining xususiyati va miqdoriga hamda suv oqimiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Eroziya jarayonlarining rivojlanishida va eroziya mahsulotlarining to‘planishida yonbag‘irlarning shakli katta ahamiyatga ega. Ular shakliga ko‘ra : to‘g‘rn qiyalikli yonbag‘ir, qavariq, botiq va zinapoyasimon qiyalikli yonbag‘irlarga bo‘linadi. Shu sababli boshqa shart-sharoitlar deyarli bir xil bo‘lgani holda, tog‘li hududlarda janubiy yonbag‘irlardagi tuproq suv eroziyasidan shimoliy yonbag‘irdagi tuproqlarga qaraganda ko‘proq yemiriladi. X.M.Maxsudovning ma’lumotlariga ko‘ra, yonbag‘irlarning qiyalik darajasi oshgani sari tuproqlarning yemirilganlik darajasi ham oshadi. Nishabligi 1-3° gacha bo‘lgan yonbag‘irlarda asosan yemirilmagan yoki sust yemirilgan tuproqlar bo‘lsa, qiyaligi 3-5° yon bag‘irlarda o‘rtacha yemirilgan, 5-7° va 7-10° dan ham tik qiyaliklarda asosan kuchli yemirilgan sur tuproqlar uchraydi
Yonbag‘irlarning qiyalik darajasiga qarab tuproqlarning yemirilishi turlicha bo‘ladi. Masalan, nishablik 1-3° gacha bo‘lgan qiyaliklarda 10-15 t/ga, 3-5° bo‘lganda 15-25 t/ga, 5-7° bo‘lganda 25-35 t/ga va 7-10° bo‘lganda esa 35-50 t/ga va undan ko‘p tuproq olib ketiladi.
O‘zbekistonda eroziya xavfi bo‘lgan yonbag‘irlardaga yer maydonlarini aniqlash va baholash maqsadida 1:300000 ko‘lamli xarita tuzilgan. Shu xarita asosida turli nishabli yer maydonlari hisoblab chiqilgan. Tahlil ma’lumotlari bo‘yicha umumiy yer maydoni 37556 ming ga, ya’ni 100J Shundan yer yuzasi 10 qiyalikdagi hudud 29036 ming ga yoki umumiy maydonga nisbatan 77.3%, 1-3° qiyalikdagi maydonlar 2856 ming ga -7,6 %, 3-5° qiyalikdagi yerlar 1135 ming ga yoki 3,6% ni tashkil etadi. 5-7° qiyalikka ega maydonlar 619 ming ga - 1,6% 7-10° qiyalikdagi yerlar 698 ming ga yoki 1,9 % ga tengdir. 10-15° kashlikdagi yerlar maydoni 1249 ming ga yoki 3,3%, 15-25° qiyalikdagi yerlar 794 ming ga - 2,1% atrofida bo‘lib, 25° va undan tik qiyalikdagi yerlar 1168 ming ga yoki 3,2% ni tashkil qiladi (X.M.Maxsudov,1989). 10 gacha qiyalikdagi yerlar (77,3%) daryo vohalaridagi tekisliklar va cho‘llardan iborat bo‘lib, suv eroziyasi xavfini tug‘dirmaydi. Nishabligi 1-3° gacha bo‘lgan maydonlar (7,6%) sug‘orish eroziyasiga chalingan maydonlardir. Yonbag‘ir qiyaligi 3 dan 10° gacha bo‘lgan hududlar (66,5,%) larda o‘rta va kuchli eroziya xavfi kutiladi. Lyoss va lyossimon yotqiziqlar eroziyaga oson uchrab, yemirilib, jarliklar hosil qiladi. Qumoqli, sozli, qadimiy uchlamchi davr yotqiziqlari yemirilishga ancha chidamli hisoblanadi, qumoqli, yyengil qumoqli eol yotqiziqlari esa Shamol eroziyasiga oson chalinadi. Farg‘ona vodiysida rivojlangan adirli maydonlardaga tuproqlarning 30-50 sm chuqurligidagi, ustini g‘ovak yotqiziqlar qoplagan zich tog‘ jinslari (granit, slanets va qumtoshlar) da suv eroziyasi tez ketadi. Hozirga davrda bu yerlarda noto‘g‘ri sug‘orib dehqonchilik qilish oqibatida ko‘pgina maydonlar tashlandiq yerlarga, jarliklarga aylanib, qishloq xo‘jalik yer manbaidan chiqarilmoqda.

Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling