Toshkent davlat agrar universiteti X. Nomozov, M. Atabayev, Z. Asqarova, S. Asatova tuproq xossalari va o
Voha-taqir tuproqlarining agrokimyoviy tasnifi (N.V.Kimberg ma’lumotlari
Download 1.71 Mb.
|
ТУПРОК ХОССАЛАРИ Номозов 1. doc
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qatlam chuqurligi, sm Gumus,% CO 3 %
- Harakatchan oziq elementlar miqdori, mg/kg
Voha-taqir tuproqlarining agrokimyoviy tasnifi (N.V.Kimberg ma’lumotlari)
Turli xil vohalardagi o‘tloqi-voha tuproqlariningng asosiy sur rangdagi agroirrigatsion qatlamiga boshqa ranglar aralashuvi natijasida ular bir-biridan farqlanadilar. Masalan: Zarafshon basseyinidagi tuproqlar agroirrigatsion gorizontining rangi zang-sur bo‘ladi. Amudaryo basseyinida esa agrirrigatsion gorizontning rangi qo‘ng‘ri-sur, To‘rtko‘l vohasida Shamol va antropogen faoliyat natijasida kelgan qizilqum ta’sirida agroirrigatsion qatlamning rangi qizg‘ishsimon qo‘ng‘ir holga keladi. O‘tloqi -voha tuproqlarida chirindi miqdori 1,08%, azot miqdori 0,07%, fosfor miqdori 0,12% ni tashkil qiladi. Lekin kaliy miqdori ancha yuqori. Biroq bu tuproqlarga ko‘p yillar yuqori me’yorlarda mineral va organik o‘g‘itlar qo‘llanishi natijasida undagi oziq elementlar miqdori keskin oshadi. O‘tloq tuproqlarda o‘g‘itlar tarkibidagi fosfor katta tezlik bilan kaliy fosfot kabi qiyin eriydigan birikmalarga o‘tib, tuproq tarkibidagi yalpi fosfor miqdorining 60-86% ini tashkil qiladi. Shuningdek bu tupoqlar; agroirrigatsion qatlamida anchagina miqdorda korbonat va gips ham tutadi. Cho‘l zonasining voha-botqoq tuproqlari ko‘p sug‘orilishi (yoki sizot suvlarining yer yuziga juda yaqin bo‘lishi) natijasida hosil bo‘ladi va bunday tuproqlarga asosan sholi ekishda foydalaniladi Shuning uchun ham ularni «sholi yerlar» deb nomlanadi, lekin bunday yerlar juda oz. Hozirda sholi ekiladigan o‘tloqi bo‘z yerlarni o‘zlashtirish va almashlab ekish hisobiga ham ko‘payayapti. 11-jadval Cho‘l zonasining o‘tloqi-voha allyuvial tuproqlarining agrokimyoviy tasnifi
Adir zonasining sug‘oriladigan tuproqlari Bu zonaning sug‘oriladigan tuproqlari 2,6 mln gektar maydonni ishg‘ol qiladi va asosan voha-bo‘z, voha-o‘tloqi va voha-botqoq tuproqlardan iborat. Voha-bo‘z tuproqlari bo‘z tuproqlar zonasining vohasida tarqalgan. Bu tuproqlar tabiiy bo‘z tuproqlarni ko‘p yillar sug‘orish va intensiv dehqonchilik qo‘llanish natijasida vujudga kelgan. Voha-bo‘z tuproqlariga mineral va organik o‘g‘itlar solish, almashlab ekish va intensiv agrotexnikani qo‘llash natitijasida bu tuproqlar mikroflorasining faollashishi natijasida oziq elementlar va gumus miqdori oshadi. Voha-bo‘z tuproqlari yyengil va og‘ir mexanik tarkibga ega. Og‘ir mexanik tarkibli tuproqlar asosan Toshkent vohasida, yyengil mexanik tarkibli voha bo‘z tuproqlari Mirzacho‘lda, Zarafshon vohasida, Qashqadaryo havzasida tarqalgan. Bo‘z tuproqlar zonasidagi gidromorf tuproqlar ichida eng keng tarqalgani o‘tloqi-voha tuproqlardir. Bu tuproqlarda o‘tloq o‘simliklar yaxshi rivojlanib o‘zida tuproqqa to‘plangan biomassa qoldirgani bois uning tarkibidagi chirindi va oziq elementlar miqdori ancha yuqori. Tuproqning bir metrli qatlamida organik modda miqdori 100-150 t/ga ni tashkil qiladi. Sug‘oriladigan voha-o‘tloqi tuproqlarida nitrofikatsiya va ammonifikatsiya jarayonlari butun vegetatsiya davomida juda kuchli kechadi. Shu sabab paxta ekiladigan mintaqalarda intensiv dehqonchilik sharoitlarida sistematik ravishda yuqori me’yorda mineral o‘g‘itlar qo‘llanilishi natijasida tuproq eritmasining osmotik bosimi 11,5 atm gacha etadi. 12-jadval Download 1.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling