Toshkent davlat agrar universiteti X. Nomozov, M. Atabayev, Z. Asqarova, S. Asatova tuproq xossalari va o


VIII-bob. Tuproq unumdorligini optimizatsiyalashda o‘g‘itlarning roli


Download 1.71 Mb.
bet18/99
Sana14.12.2022
Hajmi1.71 Mb.
#1001746
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   99
Bog'liq
ТУПРОК ХОССАЛАРИ Номозов 1. doc

VIII-bob. Tuproq unumdorligini optimizatsiyalashda o‘g‘itlarning roli


8.1. Mineral o‘g‘itlarni muttasil solinishining tuproq tarkibi va
xususiyatlariga ta’siri
Organik va mineral o‘g‘itlarning sistematik ravishda solinishi tuproq fizik-kimyoviy xossalarining o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Tuproqning fizik-kimyoviy xossalari o‘simliklar hosildorligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qilishi bilan birga tuproqning ozuqaviy rejimiga, biologik faolligiga, haydalma qatlamiga solingan o‘g‘itning o‘zlashtirilish xarakteriga ham ta’sir qiladi.
Mineral (azotli) o‘g‘itning tuproqqa solinishi undagi (NH4 ion holidagi) azotning tuproq kolloidlari tomonidan (almashinmaydigan) yutilishi azotning o‘simliklar tomonidan o‘zlashtirilish miqdorini sezilarli darajada kamaytiradi. Bu holatni esa almashlab ekishda azot balansini hisoblashda e’tiborga olish zarur.
Biroq azotli o‘g‘itlarning uzoq yillar solinishi tuproqda yutilgan ammoniyning oshishiga olib keladi. Ammoniy miqdorining qumloq tuproqlarda pastki qatlamlarga ham o‘tishi kuzatiladi.
Azotning tuproqqa mineral yoki organik formada solinishi, uning o‘simlikka nitrat, ammiak, amid yoki dukkaklilar tomonidan molekulyar formada o‘zlashtirilishidan qat’iy nazar oxir oqibat u faqat NH4 formasidagina o‘simliklarda oqsil sintezida qatnashadi. Boshqa formadagi azotlar esa tuproqda yoki o‘simlikda ammoniygacha qaytariladi.
Fosforli o‘g‘itlarning sistematik ravishda solinishi tuproqdagi fosfor umumiy miqdori va uning harakatchanligining oshishiga sabab bo‘ladi. Biroq fosforning asosiy miqdori tuproqning haydalma qatlamida bo‘ladi. Lekin qumloq tuproqlarda bu fosfor bir qismining pastki qatlamlariga o‘tishi ham kuzatiladi.
Kaliyli o‘g‘itlarning surunkali solinishi tuproq kolloidlari tomonidan bir valentli kaliy va ammoniy kationlarining yutilishiga sabab bo‘ladi. Bu hol esa ularning o‘simlik tomonidan o‘zlashtirilishini va azotli va kaliyli o‘g‘itlarning foydalanish koeffitsiyentini pasaytiradi.
Magniyning tuproq kolloidlari tomonidan almashinmaydigan yutilishi asosan o‘g‘it solishning birinchi yillarida kuzatilib, tuproqning yutish hajmi to‘lgandan keyin bu holat kuzatilmaydi. Natijada ularning o‘simlik tomonidan o‘zlashtirilish miqdori o‘g‘itlarning foydalanish koeffitsiyentini oshiradi.
Organik o‘g‘itlar solinishi tuproq organik qismining va singdirish hajmining, asoslar bilan to‘yinganligining oshishiga, almashinuvchan va gidrolitik kislotaligining pasayishiga sabab bo‘ladi.
Mineral o‘g‘itlarning solinishi esa tuproq xossalarini yomonlashtiradi. Buning sababi tuproqning o‘g‘itlar tarkibidagi kationlarni yutishi, tuproq singdirish kompleksidagi H+ va Al+ ni siqib chiqarishi natijasida tuproq reaksiyasi nordonligining oshishi va shuningdek, azotli va kaliyli o‘g‘itlarning fiziologik kislotaligidir. Mineral o‘g‘itlarning yomon ta’siri ularning formalari va tuproq iqlim sharoitlariga bog‘liq bo‘ladi.
Bo‘z tuproqlarga mineral va organik o‘g‘itlarning solinishi uning korbonatligiga bog‘liq ravishda tuproq eritmasi reaksiyasiga va buferligiga ta’sir qiladi. Undagi uglerod va azot miqdorini oshiradi, shuningdek, o‘g‘itlar tarkibidagi bir valentli kaliy va ammoniy kationlari tuproq kolloidlari tomonidan yutiladi.
Azotli va kaliyli o‘g‘itlarni birga solganda NH4+ ionining konkurensiyasi bois kaliyning yutilishi 2-3 baravarga pasayib ketadi.
Tuproq unumdorligining zarur ko‘rsatkichlaridan biri uning biologik faolligidir. Uning faolligi esa o‘simlik qoldiqlarining minerallashish va gumifikatsiya qilish darajasi bilan tuproqning mobilizatsion imkoniyati, o‘simliklarni o‘zlashtiriluvchan oziq elementlar bilan ta’minlash imkoniyati kabilar hisoblanadi.



Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling