Toshkent davlat agrar universiteti X. Nomozov, M. Atabayev, Z. Asqarova, S. Asatova tuproq xossalari va o


XII-BOB. O‘G‘ITLAR BILAN TURLI XIL TUPROQLARDA O‘TKAZILADIGAN TAJRIBALAR VA ULAR NATIJALARINI HISOBLASH


Download 1.71 Mb.
bet64/99
Sana14.12.2022
Hajmi1.71 Mb.
#1001746
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   99
Bog'liq
ТУПРОК ХОССАЛАРИ Номозов 1. doc

XII-BOB. O‘G‘ITLAR BILAN TURLI XIL TUPROQLARDA O‘TKAZILADIGAN TAJRIBALAR VA ULAR NATIJALARINI HISOBLASH
12.1. Dala tajribalari va ularga qo‘yiladigan asosiy talablar

Agrokimyoning tekshirish usuli asosan ikki guruhga ajratiladi: 1-chisi laboratoriya usulida o‘simlik, tuproq va o‘g‘itni sifat va miqdoriy jihatdan fizik va kimyoviy analiz qilinadi.


2 – chisi biologik usul bo‘lib bu usul asosan tajribalar o‘tkazishga asoslanadi. Dala tajribasi orqali o‘tkaziladigan ilmiy tadqiqotlar asosan uchta etapdan iborat: 1. Rejalashtirish. 2. Tajribalarni o‘tkazish. 3. olingan ma’lumotlarni ishlash va umumlashtirish.
Tajribalar esa asosan 3 turga ajratiladi:
1. Vegetatsiya tajribalarida asosan o‘g‘itlar ta’siri bilan kechadigan fiziologik jarayonlar uchta (suvli, qumli, tuproqli) muhitda olib boriladi. Tuproqli vegetatsiya tajribalari Vagner (30x30) yoki Mitcherlix (40x30) idishlarida o‘tkaziladi.
2. Lizimitr tajribalarida o‘g‘itlar ta’siri asosan tuproq joylanishi buzilmagan sharoitda 4 tomoni (beton, g‘isht yoki boshqa biron to‘siq) izolyasiya qilingan, lekin tagi izolyasiya qilinmagan sharoitda o‘tkaziladi.
Tajribalar (yoki variantlar) sifat (o‘simlik, nav, usul, ishlov va boshqalar) va miqdoriy (me’yor, doza, chuqurlik) bo‘lishi mumkin. Tajriba qo‘yishda o‘rganilayotganlardan boshqa barcha faktorlarning bir xillik (yagona farqlanishi) prinsipiga rioya qilishi kerak.
3. Dala tajribalari o‘tkaziladigan sharoitiga qarab 2 guruhga bo‘linadi:
a) Tipik bo‘lgan tuproq sharitida to‘liq variantlar bilan kichik maydonlarda o‘tkaziladigan va
b) eng zarur bo‘lgan variantlar bilan katta maydonlarda (ishlab chiqarish sharoitida) o‘tkaziladigan tajribalar
Dala tajribalari davomiyligiga qarab qisqa (3-10 yil) muddatli, ko‘p yillik (10-15 yil), surunkali (50 yildan oshiq) bo‘lishi mumkin. O‘tkaziladigan tajribalar bir xil sxemada bir joyda o‘tkazilsa bular statsionar tajribalar deyiladi.
Dala tajribasi o‘tkaziladigan joyga keyingi 3-4 yil ichida bir xil ekin ekilgan bo‘lishi kerak. Tadqiqotchi tajriba o‘tkaziladigan joy tarixini yaxshi bilishi, hech bo‘lmaganda oxirgi bir yilda bu joyni kuzatib borgan bo‘lishi kerak.
Dala tajribalarining variantlari asosan 3 xil usulda joylashtiriladi:
1. Standart usuli. Bunda har bir, ikki variantdan keyin standart (qiyoslanadigan – kontrol yoki fon) variant joylashtiriladi.
2. Sistematik usulda variantlar barcha takrorlanishda har safar bir xil tartibda joylashtiriladi.
3. Rendomizatsiya usulida variantlar har bir takrorlanishda turli xil tartibda joylashtiriladi.
Delyanka razmeri 10 metr kvadratdan kam bo‘lsa bu kichik delyankali dala tajribasi deyiladi. Tabiiy sharoitda yoki haydov qatlami sepilgan va o‘g‘itlar bilan mikro delyankalarda o‘tkaziladigan dala tajribalari mikro delyankali dala tajribalari deyiladi.
Dala tajribasining tipikligi 10-100 metr kvadratgacha bo‘lishi mumkin. Biroq donli va o‘g‘itli o‘simliklar uchun 50-100 kv.m., chopiqlatib (paxtaga o‘xshagan) o‘simliklar uchun 100-200 kv.m. kenaf kabi o‘simliklar uchun 25-50 kv.m. o‘lcham optimal hisoblanadi va bunday maydonlarda eng yuqori aniqlikka erishiladi.
Tajribaning ishonchliligi deganda obektning to‘g‘ri tanlanishi va shu tajribaning o‘tkazilishi sharoiti tushuniladi. Dala tajribalarining aniqligi tuproq unumdorligining bir xilligi va takrorlanishlar soniga bog‘liq. Takrorlanishlar dalada ikki xil usulda: Yig‘ma (bir xil yo‘nalishda) va sochma (dalaning turli joylarida) joylashtiriladi.
Tasodifiy xatolar – bu juda ko‘plagan omillarning ta’siri ostida vujudga keladi va barcha tajribalarga xos xususiyat hisoblanadi. Bunday hatolarning tajriba natijalariga katta ta’siri bo‘lmaydi. Buning ustiga bunday xatoliklarni takrorlash bilan kamaytirish mumkin.
Sistematik xatolar o‘lchanayotgan kattaliklarning barchasini sun’iy ravishda pasaytiradi yoki oshiradi. Biroq bunda variantlar orasidagi farq saqlanib qoladi.
Qo‘pol hatolar delyankalarni chalkashtirib yuborish, tadqiqotni tushunmay bajarish, o‘g‘it yoki boshqa o‘rganilayotgan narsani oz yoki ko‘p berib qo‘yish kabilar hisoblanadi. Bunda xato qilingan delyankani, takrorlanishlarni, hatto butun tajribani brak qilish lozim.
Har bir tajriba varianti 4 tomonidan himoya yo‘lakchalari bilan o‘ralgan bo‘ladi. Himoya maydonlaridan qolgani hisob maydonchasi deyiladi va shu maydonchalardan hisob o‘simliklari (chopiqtalab o‘simliklardan) tanlab olinadi. Bunda bu o‘simliklar shu maydonchadagi o‘rtacha (baland ham past ham bo‘lmasligi kerak) o‘simliklardan iborat bo‘lishi kerak va ularga etiketkalar osib chiqiladi.
Turli xil brak qilishlar natijasidagi hisob maydonchasining qisqartirilishi 50% dan kam bo‘lmasligi kerak. O‘simliklar siyrak bo‘lib qolganda bir dona o‘simlik hosili o‘rtacha 20-50% oshib ketishi mumkin. Siyraklanishga tuzatish kiritish uslubi mavjud. Biroq bu uslubdan siyraklanish 20% dan oshmagan holdagina foydalanish mumkin. Tadqiqot ishlarida hosildorlikni hisob maydonchasining hammasidan yig‘ib olinadi.
Donli va o‘tsimon o‘simliklar bilan tajriba o‘tkazishda hisob maydonchasi ichidan yana bir necha maydonchalar ajratiladi va hisob kitob shu ajratilgan maydonchalardagi o‘simliklar bilan olib boriladi.
Dala tajribasida o‘rganiladigan agrotexnik usullar ichida eng nozigi va muhimi bu o‘g‘it qo‘llash hisoblanadi. Har bir maydonchaga belgilangan o‘g‘itni solgan paytda o‘g‘itning hammasini birdaniga solishga harakat qilmaslik kerak. Uning ozroq qismi ikkinchi bor tekis solib chiqish uchun qoldirilishi kerak.
Dala tajribalarida ekish bir kunning o‘zida tugallanishi kerak. Vaholanki, tadqiqotlarning ko‘rsatishicha ekish muddati 6 soatga farq qilganda hosildorlik 1-2 sentnerga farq qilishi mumkin ekan. Dala tajribalardagi nihollar parvarish va barcha agrotexnik tadbirlar bir vaqtning o‘zida o‘tkaziladi.
Tajriba ishlari sug‘oriladigan sharoitda asosan bir qatorga joylashtiriladi. Suv qo‘yiladigan egatlarning uzunligi va chuqurligi tuproqning suv o‘tkazuvchanligiga, joyning nishobliligiga, ekin turiga bog‘liq. Ko‘pincha ariq uzunligi 150 m.dan oshiq qilib belgilanmaydi.
Kuzatuv bu biroor narsa holat va xususiyatning sifat yoki miqdoriy ko‘rsatkichidir. Dala tajribalari kuzatish ishlari uch turga bo‘linadi: 1. Fenelogik, 2. Entomologik, 3. Fitopotologik. Agrokimyoviy tajribalarda asosan fenelogik kuzatuvlar o‘tkaziladi va ular ma’lum bir muddat (chisloda) yoki rivojlanish fazalarida o‘tkaziladi.
Har bir tajriba maydonining hisob maydonchasidan fenologik kuzatuv va hisob- kitob ishlari uchun shu maydonchaning tipik o‘simligidan 25-100 ta o‘simlik tanlab olinadi va ularga etiketkalar osib qo‘yiladi. Etiketkalarga o‘simlikning tartib raqami, navning nomi, variant va takrorlanishning raqami va yil yozib qo‘yiladi.
O‘simlikning unib chiqishini hisobga olish asosan uch muddatda olib boriladi: Unib chiqishning boshlanishida, o‘rtasida va to‘la unib chiqqandan keyin. Yer betiga chiqqan nihollar unib chiqqan hisoblanadi. O‘simlikning asosiy poyasining bo‘yini o‘lchaganda yer betidan o‘suv nuqtasigacha bo‘lgan masofa hisobga olinadi. Ko‘chat qalinligini hisoblashda hisob-kitob ishlari ikki xil muddatda: yagonalashdan keyin va vegetatsiya davrining oxirida olib boriladi.
Hosilni yig‘ib olganda quyidagilar yozib qo‘yiladi: Nav, variant, takrorlik, olingan kun, olingan o‘simlik soni, bitta o‘simlikdagi ko‘saklar soni.
Agronomik tadqiqotlarda ma’lumotlarni ishlash (ishlov berish) quyidagilarga asoslanadi:
1. Olingan ma’lumotlarning agronomik tahlili
2. Raqamli materiallarning birlamchi ishlovi (obrabotkasi)
3. Tadqiqot natijalarini statistik baxolash.
Olingan yozuvlarni dala jurnallari bilan tekshirib, noaniqliklarni bartaraf qilib bo‘lgandan keyin raqamli materiallarni obrabotka qilishga boshlanadi va bu o‘z ichiga delyankadan olingan ma’lumotlarni gektarga aylantirish, hosildorlikni standart namlik hisoblash va hokazolar.

Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling