Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Azlarova, M. M. Abduraxmanova bank marketingi va


Tijorat banklarida passivlarni boshqarishning bank faoliyatidagi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet51/131
Sana03.06.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1842108
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   131
6.2.Tijorat banklarida passivlarni boshqarishning bank faoliyatidagi 
ahamiyati 
Passivlarni boshqarish kredit faoliyatini ushlab turish uchun muhim vosita bo‗lib 
hisoblanadi. U bankirlardan bankning moliyaviy ta‘minlanganligini mustahkamlash 
uchun bozor bilan o‗zaro aloqalarni rivojlantirish maqsadida murakkab, jiddiy ishni 
talab qiladi. Passivlarni boshqarish bank mablag‗larini shakllantirish usuli sifatida 
foiz tebranishlariga nisbatan juda sezgirdir. Agar foiz stavkalari ko‗tarilsa-yu, biroq 
bank bu kabi yuqori stavkalar bo‗yicha to‗lov to‗lashni istamasa, unda qisqa muddatli 
sarmoyalar bozoridan jalb qilinadigan mablag‗lar qisqa vaqt ichida sotib yuboriladi. 
Chunki kreditlar bozorda foiz stavkalarining o‗zgarishlariga juda sezgirlik bilan javob 
beradilar. 
Passivlarni boshqarish usullari sezgirlikka (egiluvchanlikka) ega, bank o‗ziga 
qancha va qanday muddatga qo‗shimcha mablag‗lar kerakligini aniq belgilab olishi 
va bu talablarning barchasini qondira oladigan manbani topishi mumkin. Bank 
oladigan o‗z mablag‗larini shakllantirish uchun depozitlarni sotganda ish boshqacha 
bo‗ladi. Unda qo‗yilmalar miqdori qancha bo‗lishi va u bank ixtiyorida qancha 
turishini omonatchi hal qiladi. O‗sib borayotgan kredit qo‗yilmalarini yoki resurs 
tanqisligini qoplash uchun qo‗shimcha mablag‗larga ehtiyoj sezayotgan bank
passivlarni boshqarishda taklif etilayotgan stavkalarni oshirishi mumkin. Buning 
uchun u kreditorlardan olgan zaruriy mablag‗larga ega bo‗lsa kifoya, qarzga bo‗lgan 
talabning pasayishi va naqd pul zahiralarining ortiqchaligi bilan to‗qnashgan banklar 
bozordagi o‗zlarining qisqa muddatli qarzlari hajmini kamaytirish uchun taklif 
etilayotgan stavkani kamaytirishlari mumkin. 
Aktivlarni boshqarish nazariyasi quyidagi uslubiy qoidaga asoslanadi: 
Birinchidan, tijorat bank mablag‗larini qisqa muddatli ssudalarga berganda 
uning likvidliligi saqlanadi. Bu qoida ba‘zi G‗arb davlatlari qonunlarida o‗z aksini 
topsada, amaliyotda esa u «ikkinchi darajali zaxiralar» nomini olgan.
Ikkinchidan, agar kreditni to‗lash grafigi uchun mijozning kelgusi davrda 
oladigan daromadlarning tushish grafigi asos qilib olinsa, u holda bank likvidligini 
rejalashtirish mumkin. Demak, bank likvidligiga kredit va investisiyalarning to‗lash 
muddatini o‗zgartirish orqali ta‘sir etish mumkin. Amaliyotda bu qoida investisiya 


80 
portfelini pog‗onali boshqarishda o‗z aksini topadi. 
Xulosa qilib aytganda, tijorat banklari aktivlarini boshqarish samaradorligini 
oshirish aktivlarning maqsadga muvofiq tarkibiy tuzilishini, aktiv operatsiyalarning 
diversifikatsiya darajasini, xatarli aktivlarning hajmini, muammoli va sifatsiz 
aktivlarni, aktivlarning o‗zgaruvchanlik sifatlarining oqilona darajasini ta‘minlashni 
o‗zida mujassamlashtiradi.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling