Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Azlarova, M. M. Abduraxmanova bank marketingi va


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet50/131
Sana03.06.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1842108
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   131
6.1.
 
Tijorat banklari faoliyatida moliyaviy menejment 
 
Tijorat banklari faoliyatini boshqarish va moliyaviy menejmentning muhim 
yo‗nalishlaridan biri aktiv va passivlarni boshqarish hisoblanadi. Bank aktiv va 
passivlarini boshqarish 1960 yillardan qo‗llanila boshlagan. Foiz stavkalar tushishi va 
ko‗tarilishi sharoitida bank risklarini boshqarishda dolzarb masala aktiv va 
passivlarni boshqarishdir. Dastlab banklarda aktiv va passivlarni boshqarish alohida 
yo‗nalishda, aktivlarni, passivlarni va spredni boshqarish qo‗llanilgan.
Passiv operatsiyalar tijorat banklarining resurslarni jalb qilishi bilan bog‗liq 
bo‗lgan operatsiyalari hisoblanadi. Buni depozitlar, banklararo kreditlar, qaprz 
qimmatli qog‗ozlarini chiqarish va boshqalar orqali amalga oshirishi mumkin.
Aktiv operatsiyalar - yuqorida qayd etilganidek, bu bank tomonidan foyda olish 
maqsadida o‗z mablag‗lari va jalb qilingan mablag‗larni samarali yo‗naltirishdir. 
Bunga bozorda yuzaga kelgan holatni, bankning joriy holatini tizimli tarzda tahlil 
qilish, bank aktivlari harakati va tarkibiga doimo zaruriy o‗zgartirishlar kiritish orqali 
erishiladi. 
Tijorat banklari aktivlari va passivlarini boshqarishning vazifalari 
quyidagilar:
22-rasm.
 
Tijorat banklari aktivlari va passivlarini boshqarishning 
vazifalari 


79 
bankning likvidliligini ta‘minlash; 
bank faoliyatining samaradorligini ta‘minlash; 
bank kapitali yetarliligini ta‘minlash; 
bank xarajatlarini boshqarish hisoblanadi. 
Bank passivlarini boshqarishning alohida belgilari quyidagilar hisoblanadi: 
1. Qiska muddatli sarmoya bozorida passivlarni sotish yordamida fondlarni sotib 
olish; 
2. O‗z mijozlarining kreditga bo‗lgan ehtiyojlariga bankning sezgirlik bilan 
javob qaytarishini ta‘minlash uchun tushayotgan mablag‗larning boshqaruv richagi 
sifatida baho olishidan (foiz stavkasining taklif etilayotgan bahosi) foydalanish. 
Xulosa qilib aytganda, bank passivlarini boshqarishning o‗zi murakkab jarayon 
bo‗lib, aktivlarning daromadliligini belgilovchi birlamchi omil hisoblanadi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling