Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Azlarova, M. M. Abduraxmanova bank marketingi va
Tijorat banklarida aktivlarni boshqarish
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
6.3. Tijorat banklarida aktivlarni boshqarish
Tijorat banklari aktivlari birinchi navbatda qisqa muddatli kelajakni nazarda tutadi va har kungi bank balansini boshqarish ishi bilan bog‗liqdir. U bank faoliyatida daromadni oshirish va risklarni chegaralashga yo‗naltirilgan. Shuning uchun aktivlarni boshqarishning moliyaviy jixatdan asosiy maqsadi, daromadlarni oshirish va bank faoliyatidagi risklarni pasaytirishdan iborat. Bankning aktiv operatsiyalari tahlili daromadlilik, risk darajasi, likvidlilik nuqtai nazaridan amalga oshirilishi kerak. 23-rasm. Bankning aktiv operatsiyalari tahlili omillari Shuningdek, uzoq muddatli strategik rejalashtirishda ham muhim rol o‗ynaydi. Tijorat banklari aktivlarini tahlil qilish uchun muammoli kreditlarni tasniflash asosida berilgan ssudalar va boshqa aktivlarni baholash zarur. Aktivlarni andozaviy, shubhali va zarar keltiradigan turlariga tasniflash tizimi barcha aktivlar reytingini miqdor jihatdan aniqlash, shuningdek, kreditlardan zarar ko‗rish hollarida mo‗ljallangan zaxiralar yetarliligini baholash imkonini beradi. Asosan uzoq muddatli kreditlar, nakd pullar va vakillik hisobvaraqlari, ssuda va boshqa aktivlar holatiga e‘tibor qaratiladi. Bankning aktiv operatsiyalari tahlili daromadlilik, risk darajasi, likvidlilik nuqtai nazaridan amalga oshirilishi kerak. Bank taraqqiyoti manbalaridan ma‘lumki, bank aktivlari daromadliligi va likvidliligi bir-biriga qarama-qarshi. Bank likvidliligi va uning daromadliligi o‗rtasidagi aloqadorlik tahlili likvidlilik ahamiyatining ustunligi to‗g‗risida xulosa chiqarishga imkon beradi. Bu mezonning ustunligini hisobga olish natijasi ko‗rsatilgan qarama-qarshilikni muvofiqlashtirishga va bank faoliyatining asosiy maqsadi bo‗lgan foyda olishga erishishga olib keladi. 81 Bankning faoliyatida aktivlarning tutgan rolini yana ham mukammalrok o‗rganish uchun quyidagi ko‗rsatgichlarni hisoblash muhimdir: tashkilotlar, korxonalar, jismoniy shaxslar va banklarga berilgan kreditlar bo‗yicha umumiy kredit summasini hisoblash; berilgan kreditlarni ularning muddatlari, tarmoqlarga berilishi va ularning umumiy karzdagi salmog‗ini aniqlash; ssudalarning o‗rtacha foiz stavkalarini hisoblash va kredit bahosining o‗rtacha darajasini aniqlash; umumiy ssudalarning ichida muddati o‗tgan qarzlarning salmog‗ini hisoblash. bank tamonidan berilgan yirik kreditlarning hajmini aniqlash; berilgan turli darajadagi kreditlarning Markaziy bank yo‗riqnomalariga javob berishini hisoblash; Bulardan tashqari yana ham quyidagi koeffisientlar borki, bularni ham hisoblash foydadan holi bo‗lmaydi: 1. Aktivlardan foydalanish samaradorligi. Buni quyidagicha aniqlaymiz. Aktivlardan foydalanish samaradorligi H = Daromad keltiruvchi aktivlarning o‗rtacha miqdori Brutto aktivlar Bu koeffisent aktivlarning qancha qismi ishlashini va daromad keltirishini ko‗rsatadi. Ushbu ko‗rsatkich 70-80 foiz atrofida bo‗lishi tavsiya etiladi. Chunki ushbu ko‗rsatkichning juda yuqori bo‗lishi banklar faoliyatida risk darajasining oshishiga olib keladi. 2. Kredit berishda depozit mablag‗laridan foydalanish koeffisenti. Kredit berishda depozit mablag‗laridan foydalanish koeffisenti = Kreditlarning o‗rtacha qoldig‗i Brutto depozitlar Tijorat bankining jalb qilingan depozitlaridan foydalanish samaradorligini ko‗rsatadi. Mazkur ko‗rsatkich qancha yuqori natijaga ega bo‗lsa, bank jalb qilingan depozitlaridan samarali foydalanayotganligini ko‗rsatadi. 3. Tijorat banklari kreditlarining bank jami aktivlaridagi ulushi. Tijorat banklari kreditlarining bank jami aktivlaridagi ulushi = Kreditlarning o‗rtacha qoldig‗i Brutto aktivlar Ushbu ko‗rsatkich tijorat bank aktivlarining qancha qismi kreditlardan iborat ekanligini ko‗rsatadi va xalqaro amaliyot tavsiyasiga ko‗ra 60 foizdan yuqori bo‗lishi lozim. Bu esa bankning asosiy daromadlari kreditlardan olinishi bilan izohlanadi. Ushbu ko‗rsatkichlar bankning kredit siyosati samaradorligini, bankning aktivlarining maqsadga muvofiq tuzilishini ko‗rsatadi, ularning risklilik darajasini va bankning likvidligiga, daromadliligiga, rentabelligiga ta‘sirini ko‗rsatadi. Bank aktivlarini boshqarish ko‗p jihatdan moliyaviy risklarni nazorat qilish va 82 kamaytirishga bog‗liq. Har qanday bankka tegishli majburiy maqsadga muvofiq xujjatlar to‗plami mavjud emas. Lekin banklar o‗z aktivlarini shakllantirishda quyidagi hujjatlari bo‗lishi aqsadga muvofiq: 1. Foiz stavkalari o‗zgarishiga bog‗liq balans o‗zgarishi hisoboti. 2. Foiz stavkalari o‗zgarishiga bog‗liq aktivlarni qaytarish grafigi; 3. Likvidlikni boshqarish bo‗yicha hisobotlar: • jamg‗arish holati bo‗yicha hisobot; • aktivlarni undirish grafigi; • mablag‗ manbalari va yo‗nalishi bo‗yicha ma‘lumotlar; • likvidli aktivlar tarkibi va mablag‗lar manbalarining beqarorlik darajasi tahlili; 4. Muammoli aktivlar bo‗yicha hisobot: • umidsiz kreditlar va boshqa ishlamayotgan aktivlar bo‗yicha hisobot; • hisobdan chiqarish uchun muddati o‗tgan kreditlarga tashkil etilgan zaxiralar bo‗yicha ma‘lumot; • kreditlar va boshqa aktivlarni hisobdan chiqarish bo‗yicha hisobot; 5. Iqtisodiy hisobotlar: • inflyatsiya tahlili; 6. Foiz stavkalari bo‗yicha hisobot: • fondlar qiymati tahlili; • joriy bank foiz stavkalari dinamikasi; • asosiy rakobatchilar foiz stavkalari to‗g‗risida ma‘lumot va boshqalar. Tijorat banklarining aktivlarini boshqarishda rivojlangan xorijiy mamlakatlarning bank amaliyotida, tijorat ssudalari nazariyasidan hamda kutilayotgan daromad nazariyasi ham keng ko‗lamda foydalaniladi. Tijorat ssudalari nazariyasiga ko‗ra, bankning kreditlash jarayonini tovarning ishlab chiqaruvchidan iste‘molchga tomon harakatlanish bosqichlariga bog‗liq ravishda tashkil qilish lozim. Ushbu nazariya mualliflarining fikriga ko‗ra, tijorat banki resurslarining asosiy qismini qisqa muddatli ssudalarga joylashtirishi lozim, resurslarni qo‗zg‗almas mulk obyektlariga va qimmatli qog‗ozlarga joylashtirish banklarning likvidliliigga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi. Kutilayotgan daromad nazariyasiga ko‗ra, tijorat banklari mijozlarining pul tushumlarining kelib tushish davriga mos ravishda kreditlarning qoplash muddatini belgilash zarur. Ushbu nazariyaga ko‗ra, mijozlarning yangi kreditlarga bo‗lgan ehtiyojini boshqa banklardan kredit olish yo‗li bilan yoki bankning portfelidagi qimmatli qog‗ozlarni sotish yo‗li bilan qoplash lozim. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling