Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Isadjanov, N. S. Ismailova jahon iqtisodiyotining


Markaziy Osiyoning geosiyosiy, geoiqtisodiy, geostrategik xususiyatlari


Download 393.84 Kb.
bet37/58
Sana22.09.2023
Hajmi393.84 Kb.
#1684447
TuriУчебное пособие
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   58
Bog'liq
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. A. Isadjanov, N. S. -fayllar.org

Markaziy Osiyoning geosiyosiy, geoiqtisodiy, geostrategik xususiyatlari

Markaziy Osiyo iqtisodiy jihatdan ham ulkan zaxiralarga ega ekani ma‘lum. Mintaqaning iqtisodiy salohiyati uning geosiyosiy ahamiyatini belgilovchi eng muhim omillardan hisoblanadi. Shu tufayli mintaqa iqtisodiy salohiyatining geosiyosiy ta’sir doirasiga tortilishi mumkin bo‘lgan jihatlariga nazar tashlash joiz.


Ma’lumki, —manfaatlar to‘qnashuvi” ancha yillar mobaynida Afg‘oniston hududida ro‘y berib keldi. Endilikda so‘z bu to‘qnashuv sahnasining Kaspiy atrofi yoki mintaqaning boshqa hududlariga ko‘chish ehtimoli haqida bormoqda. Markaziy Osiyoda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyatni AQSHning taniqli tadqiqotchilaridan biri - Z. Bzejinskiy —Buyuk shaxmat taxtasi” asarida o‘ziga xos tarzda talqin qiladi. Shu nuqtai nazardan yangi-yangi energetika zaxiralarini izlab topishga bo‘lgan ehtiyoj yetakchi davlatlarni ushbu zaxiralarga boy hududlar tomon, xususan Markaziy Osiyo tomon chorlashi aniq. Tabiiy zaxiralarga boy va ayni paytda millatlararo munosabatlar, tarixiy hududlar masalalari jihatdan notinch bo‘lgan mintaqada millatlararo, hududiy negizda turli nizolarni keltirib chiqarishga urinishlar bo‘lishi mumkin32.
Ma’lumki, mintaqa ulkan xom ashyo zaxirasiga ega. Qozog‘iston, Turkmaniston va O‘zbekistonda aniqlangan neft zaxiralari yer yuzidagi butun zaxiralarning taxminan 2,7 foizini, gaz zaxiralari esa 7 foizini tashkil etadi. Turkmanistonda gazning ulkan zaxiralari aniqlangan. O‘zbekistonda 1 trln. AQSH dollari miqdorida neft va gaz zaxiralari mavjudligi aniqlangan33.
O‘zbekiston oltin zaxiralari 13,8 mlrd AQSH dollarini tashkil etadi, dunyoda to‘rtinchi o‘rinda turgan davlat hisoblanadi, ishlab chiqarish bo‘yicha esa 7 o‘rinni egallaydi. Shuningdek, O‘zbekistonda boshqa nodir metallarning yirik zaxiralari mavjud34.
Yer qa’ridagi temir rudasi zaxiralarining 8% Qozog‘iston hududiga to‘g‘ri keladi.
O‘zbekiston va Tojikistonda yirik uran rudasi konlari mavjud. Masalan O‘zbekiston uran qazib chiqarish bo‘yicha yer yuzida 7 o‘rinda turadi72.
Ana shunday ulkan imkoniyatlarga ega bo‘lishiga qaramasdan, Markaziy Osiyo mamlakatlarining jo‘g‘rofiy jihatdan noqulay shart-sharoiti, aniqrog‘i, energetik zaxiralarning iste‘mol bozoridan uzoqda joylashgani hamda ushbu bozorga chiqish yo‘llarining murakkab geosiyosiy xarakteri tufayli mavjud geostrategik salohiyatdan foydalanish imkoniyatlari cheklangan. Markaziy Osiyodagi davlatlarning birortasi ham ochiq dengizga chiqish yo‘llariga ega emas.
Boshqacha aytganda, hozirgacha Markaziy Osiyoga asosan havo yo‘llari orqaligina bemalol kirish mumkin. Mintaqaning Xitoy, Hindiston, Eron va Rossiya o‘rtasida joylashgani yetakchi davlatlarning ushbu hudud markaziga yo‘nalish uchun o‘ziga xos murakkabliklar tug‘diradi. Chunki tabiiy zaxiralardan foydalanish, neft va gaz quvurlarini biror bir yo‘nalish orqali ochiq dengiz portlariga olib chiqish uchun bir nechta davlat hududidan o‘tish va buning uchun yetakchi transmilliy kompaniyalari bilan shartnoma tuzgan holda amalga oshirishga to‘g‘ri keladi. Qolaversa, bunday loyihalar yetakchi davlatlar manfaatlarining to‘qnashuviga olib kelmagan taqdirdagina kutilgan samara berishi mumkin.
Ma‘lumki, dunyodagi eng yirik neft va gaz zaxiralari Kaspiy dengizi tubi va atrofida, ayniqsa, Tengiz va Qorachig‘anoq konlarida joylashgan. Shu bois dunyodagi yetakchi davlatlar bir necha yillardan buyon Kaspiy dengizi ostidagi neft zaxiralarini o‘zlashtirish uchun keskin kurash olib borayotgani mintaqa atrofida turli —siyosiy o‘yin”lar uyushtirayotgani bu hududdagi vaziyatni izdan chiqarmoqda. Avval boshda Kaspiyning xalqaro mavqei muammosi paydo bo‘lgan bo‘lsa, keyinroq uning — dengiz” yoki “ko‘l” ekanligini qaytadan belgilab olish masalasi ko‘tarildi. Undan keyin Kaspiy neft zaxiralaridan o‘zaro foydalanish bo‘yicha Qozog‘iston, Rossiya, Eron, Ozarbayjon va Turkmaniston o‘rtasida vujudga kelgan keskin vaziyat haligacha o‘z yechimini topgani yo‘q. 2002 yil may oyida Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida bo‘lib o‘tgan va muvaffaqiyatsiz yakun topgan Kaspiy bo‘yidagi to‘rt davlat rahbarlarining uchrashuvini misol tariqasida keltirish mumkin. Ma‘lumki, Eron prezidenti tadbirlar tugamasidanoq Ozarbayjonni tark etgan, Rossiya prezidenti esa jurnalistlarga bergan intervyusida boshqa ishtirokchilarni —zaif muzokarachi”lar (—слабые переговорщики”), deya ta‘riflagan edi.
8.1-jadval

Download 393.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling