Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti abdurahmonov Q. X., Boqiyeva I. A
Mehnatga haq to’lash mablag‘lari va ijtimoiy xarakterdagi
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
7 MAVZU PERSONAL RIVOJLANISHINING AUDIT e0b8cc117a96bde38547f3cfd96cdf7e
9.2. Mehnatga haq to’lash mablag‘lari va ijtimoiy xarakterdagi to‘lovlarning shakllanishi tahlili Ushbu turdagi tahlilni o’tkazishda rejalashtirilgan mehnatga haq to’lash jamg’armasi aniqlanib, u mehnatdagi ulushi koeffitsienti (MUK) yordamida me’yoriy uslub bo’yicha yoki to’g’ridan to’g’ri samaradorlik ko’rsatkichlaridan foydalangan holda shakllantirilgan bo’lishi mumkin Tahlil mehnatga haq to’lash jamg’armasi va ijtimoiy to’lovlarning to’g’ri shakllantirilganligini tekshirishdan boshlanishi mumkin, buning uchun ish haqi normativi hisobi, MUK, samaradorlik ko’rsatkichlari (mehnat xajmi, xodimlar soni, 164 o’rtacha ish haqi) tekshiriladi. Bunda ish haqi jamg’armasini shakllantirishda tashkiliy-texnik tadbirlar, mehnatni me’yorlashtirish, mehnatni tashkil etishni takomillashtirish rejalariga muvofiq mehnat sig’imini kamaytirish, hamda korxonani daromadini ko’paytirishni rag’batlantirish maqsadida mehnatga haq to’lash tizimi.va shakllari qayta ko’rib chiqilganligi albatta tekshiriladi. Mehnatga haq to’lash mablag’lari va ijtimoiy to’lovlarning shakllanishini tahlil etish jarayonida ularning har bir yo’nalish bo’yicha sarflanishidagi o’zgarish aniqlanadi, xodimlarning toifasi bo’yicha o’rtacha ish haqi miqdori va bitta o’rtacha xodimning o’rtacha daromadi aniqlanadi, o’rtacha ish haqi va daromadining o’zgarish sabablari aniqlanadi. Mehnatga haq to’lash jamg’armasi, ijtimoiy xarakterdagi to’lovlar va chiqimlarga tegishli bo’lgan chiqimlarni klassifikatsiya qilishda mablag’larning shakllanishining uchta yo’nalishi aniqlangan: 1. Mehnatga haq to’lash jamg’armasi. 2. Ijtimoiy xarakterdagi to’lovlar. 3. 1 va 2 bandlarga tegishli bo’lmagan chiqimlar (Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) qo’yidagi klassifikatsiyani tavsiya etadi: ishlangan vaqt uchun haq to’lash; ishlanmagan vaktga haq to’lash; bir marotabalik rag’batlantirish to’lovlari; ish haqiga kiritiladigan ozik ovqat, turar joy, issiklik energiyasiga to’lovlar; uy-joy bilan ta’minlash uchun xarajatlar; ijtimoiy muhofaza uchun xarajatlar; individual o’qitish uchun xarajatlar). Mehnatga haq to’lash va ijtimoiy xarakterdagi to’lovlar uchun mablag’larning shakllanishida xarajatlarning tarkibi tahlil etiladi. Xozirgi zamon sharoitida mehnatga haq to’lash jamg’armasi jamoaviy va individual shartnomalar asosida ish beruvchi va xodimlar o’rtasida aniqlanib haq to’lash sharoiti, kafolat va kompensastiyalarni aks ettiradi, ular ham individual ish haqini, ham ishlovchining daromadini shakllantiradi. Shuni aytish joyizki, mehnatga haq to’lash jamg’armasi sarf xarajatlarning qoplash manbaidan qatiy nazar (daromad, tannarx, maqsadga yo’naltirilgan o’tkazmalar) xodimga o’tkazilgan individual ish haqlar yig’indisidir. O’zining iqtisodiy mazmuniga ko’ra ijtimoiy xarakterdagi to’lovlar jamg’armasi ish beruvchining xarajatlarini aks ettiradi, shunday ekan, ushbu korxonadagi 165 xodimning mehnat faoliyati bilan bog’liq daromadini tashkil etadi. Xodimning imkoniyatlarini kengaytirish uchun davolanish, dam olish, yo’l xarajatlar va boshqa maqsadga qaratilgan kompensastiya va imtiyozlar daromad yoki mahsulot va xizmatlarning tannarxi hisobiga ko’rsatiladi. Mehnatga haq to’lash jamg’armasi va ijtimoiy xarakterdagi to’lovlar haqidagi ma’lumotga asosan ish beruvchining xodimga sarflayotgan xarajatlarini tahlil qilamiz.(9.1-jadval). Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling