Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti abdurahmonov Q. X., Boqiyeva I. A
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
7 MAVZU PERSONAL RIVOJLANISHINING AUDIT e0b8cc117a96bde38547f3cfd96cdf7e
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mеhnatga haq to ‘lash jamg ‘armasi
9.1-chizma. Mehnatga haq to‘lash jamg‘armasini shakllanishi Shunday qilib, ish haqi jamg’armasi xodimlarning mehnatiga to’lanadigan korxona xarajatlarining yig’indisini ko’rsatadi. Bozordagi narh navoning holati, inflyastiya darajasi, ishlab chiqarilgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini ta’minlab, xizmat va tovarlarga bo’lgan ehtiyojdan kelib chiqqan holda korxonaning o’zi ish haqi jamg’armasi miqdorini belgilaydi. Mеhnatga haq to‘lash jamg‘armasi Mеhnatga haq to’lash jamg’armasining shakllanishi tarkibi Shaxsiy istе'mol mablag’lari Jamoaviy istе'mol mablag’lar Istе'molga yo’naltirilgan mablag’lar Alohida mеhnat sharoitlariga aloqador va qo’shimcha xarajatlarni qoplash bo’yicha korxona xarajatlari Ijtimoiy himoyaga mo’ljallangan istе'mol mablag’lari Sof foyda hisobidan Tannarx hisobidan 160 Shaxsiy tarkibning ish haqini to’lash chiqimlari xizmatlar va mahsulot ishlab chiqarish umumiy xarajatlarning bir qismini tashkil etadi, ular mahsulotlarni ayiriboshlash hisobiga qoplanadi. Har bir xodimning ish haqi, ish beruvchi korxonada mehnat faoliyatidan hosil bo’lgan daromad yoki Mehnat Kodeksiga muvofiq, ish haqi korxona foydasidagi ulushi deb belgilangan. Haqiqatda ish haqi, xodimning ish beruvchi korxonadagi faoliyati evaziga oladigan pul birligi yoki mehnat haqidir. Mehnat haqini belgilaganda tadbirkor ishlab chiqariladigan mahsulot xajmini kamaytirmasdan, bir birlik mahsulotni ishlab chiqarishga sarflanadigan ish haqi miqdori va boshqa xarajatlarni kamaytirishdan manfaatdordir. Ish haqi ish beruvchi tomonidan ishlab chiqarish jarayonini tashkil etishdagi yagona xarajatlar emas. Ish beruvchi va xodim o’rtasidagi shartnomada ko’pgina qo’shimcha imtiyozlar va ijtimoiy to’lovlar nazarda tutilishi mumkin. 7 Ish haqi, mumkin bo’lgan ijtimoiy to’lovlar hamma xizmatchilarning manfaatlariga daxldordir, shuning uchun, ulardagi har qanday o’zgarishlar har tomonlama tahlilni talab qiladi. Bundan tashqari, ish beruvchi ish haqi, ijtimoiy xarakterdagi to’lovlar bilan bog’liq bo’lmagan, lekin korxonada mashg’ul bo’lgan tarkib uchun tegishli qo’shimcha xarajatlarni oldindan aniqlab olishi kerak. Bunday xarajatlar qonunchilik, korxonaning amaliy faoliyati bilan bog’liq talablardan kelib chiqadi va ixtiyoriy yoki majburan ish beruvchi tomonidan amalga oshiriladi. Bu xarajatlar, pensiya jamg’armasi, ijtimoiy sug’urta jamg’armasi, tibbiy sug’urta jamg’armasi, davlat ish bilan bandlik jamg’armasi, bog’dorchilik shirkatlariga yordam ko’rinishidagi o’tkazmalar va boshqalardan tashkil topadi. Shunday ekan, ish beruvchining xodimlarga sarflanadigan xarajatlari bir xilda bo’lmay, korxonaning ishlab chiqarish faoliyati bilan har xil bog’langan. Bu o’z navbatida ish haqi va ijtimoiy xarakterdagi to’lovlarni maqsadga yo’naltirilganligini tahlil qilish kerakligini ko’rsatadi. Bunday tahlilni o’tkazishdan maqsad, ish haqini to’lash, ijtimoiy to’lovlar va imtiyozlar uchun yo’naltirilgan mablag’lardan foydalanishdagi kamchiliklarni 7 Масалан, пенсияга кетаётган меҳнат ветеранларига корхона ҳисобидан тўланадиган бир марталик нафақалар; ходимларни дам олиш, даволаниш, экскурсия ёки саёҳатларга бориши учун йўлланмаларни қисман ёки тўлик тўлаш ва х.з. 161 aniqlash hamda korxona personalini rivojlantirish bilan bog’liq vazifalarni hal etishdan iborat. O’z navbatida, tahlil natijalari shaxsiy extiyojlarini qondirish va xodimlarni rivojlanishi uchun yo’naltirilgan ish beruvchi mablag’larini oqilona sarflanishini ta’minlaydi. Bugungi kunda korxonani boshqarishda extiyojlarni qondirish uchun sarflanadigan mablag’larni sobiq sovet ittifoqi tuzumida foydalanilgan metodlar yordamida tahlil qilish to’g’ri kelmay qoldi, ish haqini vaqtida to’lamaslik, dividentlar, xodimlarga to’lanadigan sug’urta to’lovlarining xilma xilligi kabi bunday ko’rinishlar, o’tish davri xususiyatlaridan kelib chiqqan bo’lib, ish haqi va ijtimoiy to’lovlarning tashkil bo’lishi va foydalanishini tahlil qilish metodlarini ishlab chiqishni qiyinlashtiradi. Tahlilni o’tkazish ma’lum turdagi axborot bazasidan foydalanishni nazarda tutadi. Bu statistik va buxgalteriya hujjatlari, tasdiqlangan mablag’larni sarflash me’yorlari, boshqa turdagi rejali hisobot hujjatlari. Statistik va buxgalterlik hujjatlaridan tashqari hech qaysinisi unifikastiyalashtirilmagan. Tahlil qilish jarayonida qo’yidagi hujjatlardan foydalanish kerak: shtatlar ro’yxati, ish haqini to’lash to’g’risidagi Nizom va korxonaning jamoa shartnomasi; rag’batlantirish va ijtimoiy to’lovlar Nizomi; bir martalik to’lovlar, moddiy yordam ko’rsatish, rag’batlantirish hisob vedomostlari hujjatlari va boshqalar. Taxliliy ishlarni o’tkazishda, tahlilning davriyligi va to’laligi belgilanadi. Xarajatlarning tahlilini bitta jihati bo’yicha chorakda bir marta va ish haqini o’zlashtirish va ijtimoiy to’lovlar bo’yicha ko’p tarmoqli tahlilni yiliga bir marta o’tkazish maqsadga muvofiq. Tahliliy ishning qo’yidagi yo’nalishlarini ajratamiz: -ish haqi to’lashning umumiy xarajatlari, ijtimoiy xarakterdagi imtiyozlar va to’lovlar; -asosiy yo’nalishlar bo’yicha mablag’larning sarflanishini tahlili; -xodimlarning toifalari bo’yicha ish haqini to’lash jamg’armasi va ijtimoiy xarakterdagi to’lovlarni ishlatilishining tahlili. Taxlilning asosiy vazifasi ish haqi to’lanishi va ijtimoiy xarakterdagi mablag’larning sarflanish dinamikasini o’rganish, hamda ishlab chiqarish 162 samaradorligini oshirishda erishilgan natijalar bilan taqqoslash orqali ish haqi miqdorlarini baholash. Buning uchun tahlil qilinayotgan davr uchun to’plangan haqiqatdagi ma’lumotlar: -bazis davridagi haqiqatdagi ma’lumotlar bilan; -rejadagi ko’rsatkichlar bilan; -me’yoriy ko’rcatkichlar bilan; -o’tgan davrlarning yaxshi va yomon ma’lumotlari bilan; -tahlil uchun jalb qilinadigan boshqa ma’lumotlar bilan taqqoslanadi. Ish haqi, ijtimoiy to’lovlar, va imtiyozlar uchun mablag’larning sarflanishini tahlil qilishning asosiy tamoyili axborot bilan ta’minlanganlikdir. Haqiqatda, ish haqi va ijtimoiy to’lovlardagi o’zgarishlar korxonaning ishlab chiqarish faoliyati natijalarida ko’pgina omillar bilan birgalikda aks etib, omillarning ta’siri alohida olingan holda aniqlanmaydi. Masalan, xodimlar uchun umumiy xarajatlardagi ish xaqi umumiy miqdori ulushining kamayishi bilan ijtimoiy xarakterdagi to’lovlarning oshishi, xodimning umumiy mikdordagi daromadining o’zgarmaganligini belgilaydi. Biroq umumiy xarajatlar ichida ish xaqi miqdorini ko’paytirish nazarda tutilgan bo’lsa axborot boshqacha tus oladi. Undan tashqari, ish haqi to’lash, moddiy rag’batlantirish, xodimlarni rivojlanishi, mehnat unumdorligini o’sishi bilan o’rtacha ish haqining orasidagi nisbatni saqlab qolish xarajatlarini sifat ko’rsatkichlari (kadrlar qo’nimsizligi koeffistenti; toifa darajalarini oshishi, o’rta maxsus va oliy ma’lumotli bo’lishi sababli ish joyining o’zgarishi; sog’liq uchun zararli sharoitlarda, og’ir va qo’l mehnati koeffitsientining kamayishi; mehnat jamoasining yosharishi va h.k.z.) asosida baholash maqsadga muvofiq bo’ladi. Xozirgi zamonda ish haqi va ijtimoiy to’lovlar uchun shakllanadigan mablag’larning xususiyati shundaki, bunday mablag’larni xech kim ajratmaydi. Ular xodimlar soni, qonunchilikka mos ravishda haq to’lash shartlari, jamoa tomonidan tuzilgan shartnoma, miqdoriy kelishuvlar, mehnat shartnomalari, kontraktlar va yollangan ishchilarning ish natijalari asosida aniqlanadi. Mehnat uchun to’lanadigan mablag’larning tahlili tashkilotning ish faoliyatini mezonlar asosida baholash orqali mablag’larning oqilona taqsimlanayotganini tasdiqlashi yoki rad etishi mumkin. 163 Mezon ko’rsatkichlari sifatida mehnatga haq to’lash mablag’laridan oqilona foydalanish munosabati bilan daromad miqdorining o’zgarishi dinamikasi, mahsulot va xizmat tannarxining pasayishini ish haqi va ijtimoiy to’lovlarning kamayishi bilan bog’liqligi. Ananaviy ko’rinishda mehnat haqi va ijtimoiy to’lovlar jamg’armasini tahlil qilish metodikasi ularning absolyut va nisbiy o’zgarishini aniqlashdan iborat. Absolyut o’zgarishlarda haqiqiy va rejalashtirilgan (bazisli) ish haqi jamg’armasi ko’rsatkichi orasidagi tafovut aniqlanadi, "+","-" ishoralari to’lovlarning absolyut miqdorda oshganligi yoki kamayganligini tasdiqlaydi. Nisbiy tahlil ish haqi jamg’armasining mahsulot ishlab chiqarish dinamikasiga ta’sirini ko’rsatadi. Bunday tahlilni o’tkazganda mahsulotlar ishlab chiqarish yoki xizmatlar xajmi bajarilishining foizlari hisobga olinadi, asos sifatida ish haqi jag’armasi mablag’lari va mahsulot xajmlari o’rtasidagi to’g’ri proporstional bog’liqlik olinadi. Rejalashtirilgan yoki bazisli ish haqi jag’armasi ishlab chiqarish xajmining foiziga o’zgartiriladi. Zamonaviy sharoitlarda ishlatilmagan mablag’lar qoldig’ining nisbiy va absolyut tejalishi (ko’p sarflanishi) tushunchalari o’zining mazmunini yo’qotadi va mablag’lardan oqilona foydalanish, korxona ishini baholash mezonlari bo’lmish daromad va mahsulot tannarxi tushunchalari bilan almashtirilmokda. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling