156
aniqlashtiradi, o’qitish usullarini tanlaydi va o’tkazadi, o’qitishdan oldin va keyingi
natijalarni o’lchash va dastur samaradorligini yakuniy baholash haqida xulosa
chiqaradi. U baholashda maxsus qaydlar, intervyu, anketa, test va baholash
matristalaridan foydalanadi.
Personal auditi karera o’sishi tizimi zaxiralarini izlab topishga yo’naltiriladi, bu
esa xodimlarga ularning harakatlanish uchun o’z ehtiyojlarini aniqlashga, individual
va korporativ maqsadlarni muvofiqlashtirgan holda korxona ichida to’g’ri keladigan
karera imkoniyatlari haqida axborot tayyorlashga yordam berishi mumkin. Auditor
kadrlar karerasining o’zgarishini xodimlarning bo’sh ish o’rinlari haqida xabardorlik
darajasi, unga muvofiq xodimlar bu o’rinlarga da’vogarlik qilishi mumkin bo’lgan
tizim ko’rsatilganligi, xodimlarni karerani rejalashtirishda yordam ko’rsatilganligi,
xodimlar va rahbariyat o’rtasida bu karera maqsadlari haqida ongli ravishdagi
muloqot mavjudligini baholaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: