Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti abdurahmonov Q. X., Boqiyeva I. A


 Personal rivojlanishi parametrlarini baholashning umumiy


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/153
Sana05.01.2022
Hajmi1.87 Mb.
#210145
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   153
Bog'liq
7 MAVZU PERSONAL RIVOJLANISHINING AUDIT e0b8cc117a96bde38547f3cfd96cdf7e

8.2. Personal rivojlanishi parametrlarini baholashning umumiy 
ko‘rsatkichlari 
Yil  davomida  malakasini  oshirgan  va  o’qigan  xodimlar  soni  asosiy  ko’rsatkich 
bo’lib, u faqatgina o’qitish tizimining rivojlanganlik darajasiga  bog’liq emas. Bir xil 
sharoitlarda  yirik  kompaniyalarda  kichik  firmalarga  nisbatan  ko’proq  xodimlar 
malakasini  oshiradi.  Ushbu  ko’rsatkich  bo’yicha  reja  dasturlarini  tuzishda  ayrim 
guruh  xodimlar  yil  davomida  bir  necha  marotaba  har  xil  yo’nalishlarda  malakasini 
oshirish  mumkinligini  hisobga  olish  zarur.  Bundan  tashqari  kompaniyada  o’qitish 
hajmi dinamikasi ham hisobga olinadi. 
Yil davomida o’qitilgan kompaniya xodimlari soni ko’rsatkichi nafaqat o’qitish 
tizimining rivojlanish darajasiga, balki kompaniya hajmiga ham bog’liq bo’ladi: yirik 


 
148 
tashkilotda  boshqa  barcha  sharoitlar  bir  xil  bo’lganda  yiliga  yirik  bo’lmagan 
korxonalarga nisbatan ko’proq xodimlar o’qitiladi. 
Ushbu ko’rsatkich bo’yicha reja belgilash va uning bajarilishini nazorat qilishda 
esdan chiqarmaslik kerakki, kompaniyada yil davomida turli o’qishlarni bir martadan 
ortiq  o’tadigan  xodimlar  guruhi  mavjud.  Odatda  ular  qatoriga  tez-tez  o’zgarib 
turadigan  qonunchilik  muammolari  bo’yicha  qisqa  muddatli  seminarlarga 
yuboriladigan kompaniyalar rahbarlari, sotuv bo’yicha mutaxassislar, buxgalterlar va 
yuristlar kiradi. 
Yil  davomida  o’qitilgan  kompaniya  xodimlari  soni  ko’rsatkichi  bu  –  uning 
yordamida  kompaniya  personali  soni  nisbatan  barqaror  bo’lganda  kompaniyada 
o’qitish hajmi dinamikasini baholash maqsadga muvofiq bo’lgan ko’rsatkichdir. Agar 
kompaniya  xodimlari  soni  yil  sayin  jiddiy  o’zgaradigan  bo’lsa,  o’qitishning 
rivojlanish  dinamikasini  tahlil  qilish,  shuningdek,  boshqa  shunga  o’hshash 
kompaniyalar bilan taqqoslashda yil davomida o’qitilgan kompaniya xodimlari sonini 
umumiy xodimlar soniga bo’lish yo’li bilan olingan ko’rsatkichni qo’llash zarur. 
 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling