Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti abdurahmonov Q. X., Boqiyeva I. A
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
7 MAVZU PERSONAL RIVOJLANISHINING AUDIT e0b8cc117a96bde38547f3cfd96cdf7e
158 9-BOB. MEHNATGA HAQ TO’LASH JAMG‘ARMASI AUDITI 9.1. Mehnatga haq to‘lash jamg‘armasi auditining maqsadi, yo‘nalishlari va vazifalari Iqtisodiyotni modernizastiyalash sharoitida ish haqining o’sish surati, moddiy rag’batlantirish jamg’armasini tashkil etish, hamda qo’shimcha mukofot va to’lovlar, okladlarni qattiq tartibga solish o’zining samarasiz ekanligini amaliyot ko’rsatdi. Davlat tomonidan ish haqi borasidagi siyosat eng avalo soliqlar tizimi orqali tartibga solish, mehnatga haq to’lash borasida tub iqtisodiy islohatlarni amalga oshirishning ustunvor yo’nalishi qilib belgilangan. O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish yuzasidan bir qancha ishlar olib borilmoqda. Mehnatga haq to’lash siyosati eng avvalo tarif tizimi, minimal ish haqini belgilash orqali va byudjet tashkilotlarining ish haqini tartibga solish yordamida amalga oshiriladi. Harakatdagi mehnatga haq to’lash tizimi qo’yidagi asosiy tamoyillarga tayanadi. Birinchidan, mulkchililik va xo’jalik yuritishning turli shakllarida korxona va tashkilotlarga maksimal darajada erkinlik va mustaqillik berish, bunda ish haqi, uni oshirish faqat korxonalarning o’z mablag’lari asosida amalga oshiriladi. Ikkinchidan, bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida ishchilarni ijtimoiy himoya qilish maqsadida, milliy iqtisodiyotning deyarli barcha sohalarida tarif tizimi orqali minimal ish haqini tartibga soladi. Minimal ish haqi mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar eng malakasiz mehnatni ham qayta takror ishlab chiqarish imkoniyatini yaratib beradi. Aholining ijtimoiy himoyasini davlat minimal iste’mol byudjetini tartibga solish orqali ta’minlab beradi. Uchinchidan, mehnat jamoalarida uning natijasiga qarab, mehnatning miqdori va sifatiga asosan haq to’lashni to’la-qonli joriy etish, mehnatga haq to’lashdagi o’rtachalikka chek qo’yish va ish haqining oshib borish to’sig’ini olib tashlashni taminlashdan iborat. 159 Demak, kafolatlangan minimal ish haqini o’rnatish davlat ahamiyatiga molik bo’lsa, qolgan barcha muammo va savollar mehnatning sifatiga binoan mehnat bozoridagi talab va taklif qonuni asosida vujudga keladi. Korxonalarda mehnatga haq to’lash jamg’armasi nafaqat ish haqini o’z ichiga oladi balki, asosiy ish haqiga qo’shimchalar, individual egri to’lovlar, natural to’lovlar, sog’liqni saqlash muassasalari, madaniyat, sport va boshqa obyektlar uchun to’lovlarni ham o’z ichiga oladi. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling