Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti abdurahmonov Q. X., Boqiyeva I. A
-BOB. PERSONALNI BOSHQARISH XIZMATI FAOLIYATINING
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
7 MAVZU PERSONAL RIVOJLANISHINING AUDIT e0b8cc117a96bde38547f3cfd96cdf7e
12-BOB. PERSONALNI BOSHQARISH XIZMATI FAOLIYATINING
NAZORATI 12.1. Personalni boshqarish xizmati ishining auditi Ushbu auditning maqsadi – tashkilotning avvalgi yillardagi faoliyati natijalari, boshqa tashkilotlarning natijalari va tashkilot maqsadlariga nisbatan kadrlarga oid faoliyat dasturlari bilan bog’liq xarajatlar va manfaatlarni baholashdir. Kadrlar xizmati faoliyatini baholash – bu kadrlar faoliyati dasturlari bilan bog’liq tizimli, rasmiylashlirilgan aniq jarayon bo’lib, xarajatlar va foyda foydani o’lchashga hamda natijalarni o’tgan davrda korxona faoliyatining yakunlari, boshqa korxonalar yakunlari va korxona maqsadlari bilan solishtirishga yo’naltirilgan. Baholash natijalari personal bilan ishlashdagi bajarilgan ishning sifati, personalning qoniqish darajasi, mehnat va ijro intizomi, kadrlar qo’nimsizligi kabi asosiy muammolarga diqqatni jalb qiluvchi yakuniy indikator bo’lib xizmat qiladi. Personalni boshqarish xizmati faoliyatining muhim yo’nalishlari: • personal bilan bog’liq muammolarni aniqlash va yechish bo’yicha menejerlarga tavsiyalar va maslahatlar berish; • menejerlar diqqatiga mehnat munosabatlari bilan bog’liq korxonaning umumiy falsafasini, yuridik mazmuni va strategiyasini yetqazish; • menejerlarga mehnat munosabatlari sohasidagi tavsiyalar va maslahatlarni berish; • korxonaning barcha xodimlari o’rtasidagi ketma-ket va muvofiqlashtirilgan munosabatlarni o’rnatish; • shikoyatlarni ko’rib chiqish nazoratini amalga oshirish; • menejerlarga shtat siyosati va u bilan bog’liq muammolar bo’yicha tavsiyalar va maslahatlar berish; • personalni yollash bilan bog’liq jarayonlarni koordinastiyalash; • ish haqi amaliyotining huquqiy mazmunidan kelib chiqib menejerlarga mehnatga haq to’lash va rag’batlantirish dasturlari mazmunini yetqazish; • rag’batlantirishlar dasturlari mazmunini xizmatchilarga yetqazish va po’yxatga olish; 203 • rag’batlantirishlar bilan bog’liq muammolarni hal etish; • nafaqalarni belgilash; • ish haqi bilan bog’liq muammolarni hal etish bo’yicha rahbariyatga yordam va maslahatlar berish; • kadrlarga oid hujjatlarni tizimlashtirish va saqlash; • kadrlarni yollash bo’yicha masalalarni qonunchilik bilan mosligini ta’minlash; • firmaning kadrlar siyosati va kadrlar dasturi maqsadlari hamda asosiy yo’nalishlarini izzohlash; • rahbariyat bilan ushbu dasturlarning bajarilishiga oid amaliy masalalarni muhokama qilish. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling