213
GLOSSARIY
Audit – tashkilotning operastiyalarini mustaqil baholash bo’yicha professional
faoliyat bo’lib, jarayon va natijalarni nazorat qilish va baholash ma’nosini anglatadi.
«Audit» so’zi lotincha audio so’zidan kelib chiqqan bo’lib, so’zma-so’z tarjima
qilinganda «u eshitmoqda» yoki «tinglovchi» degan ma’noni anglatadi, ya’ni aslida
so’zning asosida auditor o’z mijozini diqqat bilan eshitishi va zarur hollarda unga
yordam berishi lozimligini bildiradi.
Auditor – qonun hujjatlarida belgilangan malakaviy talablarga javob beruvchi
va auditorlik faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun belgilangan tartibda
attestastiyadan o’tgan jismoniy shaxs, ya’ni audit o’tkazish uchun malakaga ega
bo’lgan va boshqaruv tizimidagi bevosita o’lchab bo’lmaydigan obyektlar tahlilini
o’tkazish va baholashga qodir bo’lgan mutaxassis.
Do'stlaringiz bilan baham: