Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti abdurahmonov Q. X., Boqiyeva I. A


 Ishchi kuchiga bo‘lgan ehtiyojni rejalashtirish


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/153
Sana05.01.2022
Hajmi1.87 Mb.
#210145
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   153
Bog'liq
7 MAVZU PERSONAL RIVOJLANISHINING AUDIT e0b8cc117a96bde38547f3cfd96cdf7e

 
6.3. Ishchi kuchiga bo‘lgan ehtiyojni rejalashtirish 
 
Ishchi kuchini rejalashtirish kompleks yechimlar tizimi sifatida: 
-  korxonani zaruriy personal bilan ta’minlanishi; 
-  oldinga  qo’yilgan  vazifalarni  bajara  oladigan  va  ularning  yechimini  topishda 
yangicha yondashuvlarni shakllantira oladigan odamlarni tanlash; 
-  ishlovchilarni zarur malaka darajalarini ta’minlash; 
-  korxona  faoliyatida  ishlovchilarning  faol  ishtirokini  ta’minlash  imkonini 
beradi. 
Ishchi kuchiga bo’lgan ehtiyojni aniqlash jarayoni bir necha bosqichdan iborat: 
1.  Ishchi kuchiga bo’lgan ehtiyoj shakllarini aniqlash. 
2.  Rejalashtirish maqsadini belgilash. 
3.  Rejalashtirish turlarini belgilash. 
4.  Rejalashtirish usullarini belgilash. 
Ishchi kuchiga bo’lgan ehtiyoj turlari qo’yidagicha bo’ladi: 
-  Normativ: 
Korxona  to’liq  quvvat  bilan  ishlash  sharoitida  umumiy  ish  o’rinlari  soni 
(ularning to’liq, qisman yoki zaruriy ish kuni bilan yuklanganligini ko’rsatgan holda). 


 
121 
-  Sof (ma’lum davrga): 
Davr  (oy,  kvartal,  yil)  mobaynida  korxonani  rejalashtirilayotgan  quvvatida 
ishlashi uchun zarur bo’lganda to’ldirilgan ish o’rinlari soni. 
-  Yalpi (ma’lum davrga): 
Davr  mobaynida  korxonani  rejalashtirilayotgan  quvvatda  ishlashi  kerak 
bo’lgandagi ishchilar soni (shtatdagi va shtatdan tashqari). 
Rejalashtirish maqsadi: 
1.  Korxonaning  ishlab  chiqarish  jarayonini  zarur  son  va  sifatni  hisobga  olgan 
holda personal bilan ta’minlash. 
2.  Ham  qisqa  (personalni  jamlash),  ham  uzoq  muddatda  (personalni 
rivojlantirish) ishchi kuchi bilan ishlashni samarali tashkil etish. 
3.  Personal boshqaruvi xizmati ishini tashkil qilish. 
Ishchi kuchiga bo’lgan ehtiyojni rejalashtirish turlari: 
1.Loyihaviy.  Ishchi  kuchiga  bo’lgan  normativ  ehtiyojni  (korxonani  barpo 
etishda)  yoki  tashkiliy  o’zgarishlar  (qisqarish,  kengayish,  yangi  texnika  joriy  etilishi 
va x.z.) yuz berganda uning o’zgarishini aniqlash. 
2.Joriy.  Korxonaning  ishlash  quvvatini  o’zgarishi  va  shunga  o’xshash  boshqa 
omillar  ta’siri  hisobiga  ishchi  kuchining  haqiqatdagi  malakaviy  darajasini  normativ 
ehtiyojdan  chetlashish  sifatida  ma’lum  davrga  personalga  bo’lgan  sof  ehtiyojni 
aniqlash. 
Intizom,  kasallik,  qo’nimsizlik  kabi  omillarning  ta’siri  hisobiga  sof  ehtiyojdan 
chetlashish sifatida ma’lum davrda personalga bo’lgan yalpi ehtiyojni aniqlash. 
3.Istiqbolli. Ishchi kuchining kamyob yoki eng muhim kategoriyalariga bo’lgan 
istiqboldagi  yalpi ehtiyojni va ichki manbalar hisobiga uni qondirish imkoniyatlarini 
aniqlash. 
Ishchi  kuchiga  bo’lgan  ehtiyojni  rejalashtirish  usullari  ehtiyojni  baholash 
shakllari, perosnal bilan ta’minlashning tashkiliy-moliyaviy rejasi  va personal sonini 
operativ hisob kitobi bilan shartlangan bo’ladi. 
Ishchi kuchiga bo’lgan ehtiyojni baholash turlari: 
1.Son bo’yicha. 


 
122 
-  tashkiliy  tuzilmani  –  boshqaruv  darajalarini,  texnika  talablarini,  marketing 
rejalarini, moddiy texnika ta’minoti rejasini tahlili (nechta?); 
- to’ldirilgan bo’sh ish o’rinlari sonini tahlili. 
2. Sifat bo’yicha. 
-  tashkiliy  tuzilmani  –  boshqaruv  darajalarini,  texnika  talablarini,  marketing 
rejalarini, moddiy texnika ta’minoti rejasini tahlili (kimni?). 
3. Vaqt bo’yicha. 
-  korxonani  ishga  tushurilishi  rejasini,  ya’ni  ishlab  chiqarishni  yo’lga  qo’yishni 
tahlili (qachon?); 
-  texnologiyalardagi  va  x.z.  o’zgarishlar  istiqbolini  hisobga  olib  ishchi  kuchi 
soni va sifatidagi o’zgarishlarni prognozlash (kelajakda qancha kerak bo’ladi?). 
Ishchi kuchi bilan ta’minlashning tashkiliy-moliyaviy rejasini ishlab chiqish o’z 
ichiga quyidagilarni oladi: 
-  ishchi kuchini jalb qilish bo’yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish; 
-  baholash usullarini ishlab chiqish; 
-  jalb qilish va baholashga ketadigan moliyaviy xarajatlarni baholash; 
-  nomzodlarni baholash; 
-  personalni tayyorlash bo’yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish; 
-  tayyorlashga ketadigan xarajatlarni baholash. 
Ishchi  kuchi  sonining  operativ  hisob-kitobi.  Ishlovchilarning  zarur  sonini  va 
ularning  kasbiy,  malakaviy  takibini  aniqlash  uchun  umumiy  ma’lumotlar  sifatida 
quyidagilardan foydalaniladi: 
-  Ishlab chiqarish dasturi; 
-  Ishlab chiqarish normalari; 
-  Rejalashtirilayotgan mehnat unumdorligining o‘sishi; 
-  Boshqariladigan ishlar tuzilishi. 
Korxonaning  ishchi  kadrlarga  bo’lgan  umumiy  ehtiyoji  quyidagi  formula  bilan 
aniqlanadi: 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling