Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti abdurahmonov Q. X., Boqiyeva I. A
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
7 MAVZU PERSONAL RIVOJLANISHINING AUDIT e0b8cc117a96bde38547f3cfd96cdf7e
136 7.2. Ishlovchilarning kasbi bo‘yicha sifat tarkibini tahlil qilish Yuqori texnik doiradagi raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish uchun ishlovchilar soni ularning malakasi bo’yicha ishlab chiqarish talablariga mos kelishi zarur. Ishlovchilarning kasbi bo’yicha sifat tarkibini tahlil qilishda ishlab chiqarish operastiyalari ro’yxati va ularning murakkabligini sexlardagi, uchastkalar va ish joylaridagi ishchilarning mutaxassisligi va razryadlari bo’yicha tarkibi bilan taqqoslanadi. Ishlar va ishchilarning o’rtacha razryadlari hisoblanadi. Agar ishchilarning o’rtacha razryadi ishlarning o’rtacha razryadidan ko’p bo’lsa, korxonadagi ishchilardan ularning malakasi bo’yicha to’liq foydalanmayotgan va ish haqiga razryadlararo farq uchun ko’p xarajat sarflanayotgan bo’ladi. Ishlarning o’rtacha razryadi ishchilarning o’rtacha razryadidan oshib ketishi bajarilgan ishlarning va mahsulot sifatining pasayib ketishiga olib keladi. Buning oldini olish uchun ishchilar malakasini oshirish kerak bo’ladi. Ishlarning o’rtacha razryadi bir oz oshishiga yo’l qo’yish mumkin, chunki bu holda ishchilar malakasi oshishiga sharoit tug’iladi. Tahlil uslubiyati – ishchilar razryadini va ishlar razryadini solishtirishdir. Malakasini oshirish kerak bo’lgan ishchilar soni esa quyidagi formula orqali aniqlanadi: S i = (R ish - R ishchilar ) ∙ S i(jami) (7.1.) Bu tahlil malakani hajm bilan, bajarilayotgan ishlar murakkabligi bilan moslashuvi va kerak bo’lganda malakaviy o’sishni asoslash uchun har bir razryad bo’yicha olib boriladi. Korxona bo’yicha o’rtacha ko’rsatkich bu moslikni to’liq tavsiflab bermaydi. Buning uchun qaysi kasblar va razryadlar bo’yicha ishchilar malakasining orqada qolayotganligini aniqlash va haqiqatda malakasini oshirishi kerak bo’lgan ishchilar guruhlarini malaka oshirish rejalariga kiritish lozim. Ishchilar tarkibini mutaxassisligi bo’yicha tahlil qilish ishlar va ishchilar malakasi ideal ravishda mos kelishini o’z oldiga maqsad qilib qo’ymaydi, chunki ish xarakteri va ishchilar tarkibining doimiy o’zgarib turishi bunga imkon bermaydi. 137 Biroq, ishlar va ishchilar malaka darajalari o’rtasidagi farq kattalashib ketmasligining oldini olish uchun bunday tahlilni doimiy ravishda olib borish zarur. Tajribada ko’pincha ishchilar malakasi bajarilayotgan ishlarning malakaviy darajasiga mos kelmasligi tez-tez uchrab turadi. Shuning uchun bunday vaziyatlarni tahlil qilishda tegishli malakadagi ishlarning bajarilayotgan ishlar umumiy hajmiga nisbatan salmog’i aniqlanadi. Agar 80foiz va undan ko’p ishlar o’z malakasi bo’yicha bo’lsa, bu holda ishchilar o’z malaka darajasi bo’yicha mos ravishda ish bilan band qilingan bo’ladi. Masalan, ishchi V razryadli malakaga ega va quyidagi ish hajmini bajaradi: Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling