Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti abdurahmonov Q. X., Boqiyeva I. A
BOB. PERSONAL FAOLIYATINI BAHOLASH
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
7 MAVZU PERSONAL RIVOJLANISHINING AUDIT e0b8cc117a96bde38547f3cfd96cdf7e
BOB. PERSONAL FAOLIYATINI BAHOLASH
7.1. Personal faoliyatini baholashning mohiyati va zarurati Bozor iqtisodiyoti, modernizastiyalash va diversifikastiyalash sharoitlarida personal, ayniqsa, boshqaruv xodimlari va rahbarlari faoliyatini obyektiv baholash alohida ahamiyat kasb etmoqda. Tashkilot personalini boshqarishda bir qancha savollarga javob berish zarur bo’ladi: Tashkilotda hodimning ish haqini qachon oshirish kerak? Uning mansabini qachon oshirish va qachon uning maqomini pasaytirish yoki boshqa ishga o’tkazish kerak? Qanday holatlarda personalni ishdan bo’shatish kerak? Bu savollarga javobni albatta perosnal mehnati natijalarini baholash asosida olish mumkin. O’zbekistonlik olima G.G.Nazarova ko’p hollarda baholashlar tasodifan to’planadigan subyektiv kuzatuvlarni ifoda etishini ta’kidlaydi. 5 Shunday ekan hodimlardan foydalanishning yuqori samaradorligini ta’minlash uchun u bilan ishlashda muntazam auditni o’tqazib borish zarur. Personal kasbiy faoliyatini baholash mexanizmi tashkilotning ichki tartib qoidalariga oid me’yoriy xujjutlarda mehnat jamoasi muhokamasi va tasdiqlangan jamoa shartnomasi asosida belgilab qo’yiladi. Baholash mexanizmi quyidagilarni o’z ichiga oladi: barcha darajadagi personal faoliyati samaradorligi ko’rsatkichlari; tashkilotning tasdiqlangan yillik rejasidan kelib chiqadigan personalning yillik mehnat faoliyati ko’rsatkichlari; xodim bilan tuziladigan mehnat shartnomasi va ish haqini belgilash tartibi; hodimlar kasbiy faoliyati ko’rsatkichlarining joriy va yakuniy natijalari monitoringi va hisobot natijalari; xodimlar faoliyati natijalari va ko’rsatkichlarini baholash usullari va shakllari; rahbarlar tomonidan boshqaruv qarorlarini qabul qilish maqsadida personal faoliyatini tekshirish natijalarini tahlili; 5 Nazarova G.G., Salixova N.M., Ismailova N.S. Inson rеsurslari mеnеjmеnti/ o’quv qo’llanma, - T .:TDIU, 2010 y. - 51 b. 134 baholash natijalarining oshkoraligi, baholash natijalaridan rahbar kadrlar faoliyatini attestastiya qilishda foydalanish. 6 Amaliy jihatdan olganda personal korxonaning eng zarur resursi hisoblanib, uning salohiyatidan samarali foydalanish har bir ishlovchi bajaradigan konkret ishlab chiqarish jabhalarining xususiyatlaridan kelib chiqadigan maxsus audit o’tkazishni talab qiladi. Ushbu auditning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: ish vaqtidan foydalanish haqidagi ma’lumotlarni tekshirish; xodim harakatining shakli, dinamikasi va sabablarini, mehnat intizomining ahvolini o’rganish; qo’l mehnatida, malakasiz va og’ir jismoniy mehnatda band bo’lganlar soni va dinamikasini aniqlash; mehnat faoliyatining ijtimoiy harakatlarini tadqiq qilish; mehnat motivastiyasi, kasb-malaka jihatidan o’sish; mehnatdan qoniqish va hokazo. Mavjud ishchi kuchidan yanada to’laroq foydalanish, mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarishni jadallashtirish, ishlab chiqarish jarayonlarini kompleks mexanizastiyalash va avtomatlashtirish, ancha umumiyroq ishlab chiqarish texnikasini joriy etish, texnologiyani va ishlab chiqarishni tashkil etishni takomillashtirish hisobiga korxonani mehnat resurslari bilan ta’minlashdagi keskinlikni birmuncha bartaraf etish mumkin. Yuqorida sanab o’tilgan tadbirlarni o’tkazish natijasida personalga bo’lgan ehtiyojni qisqartirish zahiralari aniqlanishi lozim. Bozor iqtisodiyoti tomon tanlangan yo’l, ijtimoiy ishlab chiqarishni jadallashtirish va modernizastiya qilish, uning iqtisodiy samaradorligini va sifatini oshirish barcha mavjud imkoniyatlarni mobillashtirishni talab qiladi. Mazkur talab esa korxonalar mehnat jamoalarining xo’jalik tashabbuskorligini maksimal rivojlantirishni oldinga suradi. 6 Вечер Л.С. Кадровые технологии в управлении персоналом государственной службы// Сборник трудов Академии управления при Президенте Республики Беларусь. – Минск: 2010. 135 Iqtisodiy rivojlanishining zamonaviy bosqichida juda kamchilik mehnat jamoasi o’z biznes rejasining qay yo’sinda bajarilganligiga to’liq javob beradi. Avvalo topshiriqlarni bajarilishida, mehnatdan foydalanishda ro’y bergan o’zgarishlarni aniqlab olish zarur. Jamoa mehnatidan foydalanishning o’zgarishi ikki tasnifda bo’lishi mumkin: ijobiy yoki salbiy. Korxona personalidan foydalanish darajasini audit tekshiruvida eng avvalo barcha o’zgarishlar aniqlanadi, ular tasnifi va kelib chiqish sabablari o’rganiladi, oqibatlarini tugatish bo’yicha chora tadbirlarni ishlab chiqish imkoniyati bo’ladi. Korxona miqyosida ishchi kuchiga to’g’ri baxo berish sarflangan mehnatga taaluqli rag’batni amalga oshirish, mavjud bo’lgan imkoniyatlarni aniqlash imkonini yaratadi. Bu holat biznes rejada kerakli o’zgarishlar kiritish va yangi rejalarni belgilashga olib keladi. Ushbu ko’rsatkichlarning axborot manbai bo’lib kadrlar bo’limi ma’lumotlari, statistik hisobotlar, sex, bo’lim va shaxobchalardagi kadrlar harakati bo’yicha, mehnat resurslariga taaluqli boshqa ma’lumotlar xizmat qiladi. Ma’lumki, korxona miqyosida personalga taaluqli, uni tasniflovchi ko’rsatkichlarni ishchi kuchidan foydalanish, ish vaqti va mehnat unumdorligi kabi ko’rsatkichlar bilan birgalikda tahlil qilishning asosiy maqsadi: korxona ishchi kuchi va mehnat resurslariga obyektiv baho berish; mehnat resurslarining mehnat ko’rsatkichlariga ta’sir etuvchi omillarini, son ko’rsatkichlarining o’zgarishlarini va o’zaro ta’sirini aniqlash; aniqlangan omillarni bartaraf etish, salbiy omillarni yo’qotish, ijobiy omillarni mustahkamlash chora-tadbirlarini izlab topishdan iborat. Demak korxona miqyosida foydalanmayotgan imkoniyatlarni, rezervlarni aniqlash ularni yo’qotish yoki harakatga keltirish tahlil etishni asoslanganligini bildiradi. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling