Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti abdurahmonov Q. X., Boqiyeva I. A
Ishlovchilarni mehnat salohiyatlarini hisobga olgan holda joylashtirish
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
7 MAVZU PERSONAL RIVOJLANISHINING AUDIT e0b8cc117a96bde38547f3cfd96cdf7e
6.5.Ishlovchilarni mehnat salohiyatlarini hisobga olgan holda joylashtirish
Ishlab chiqarishning texnik bazasi qanchalik takomillashgan bo’lishiga, korxonalar eng yangi vositalar bilan qurollanganligiga qaramasdan, agar mutaxassis kadrlardan foydalanish masalasi to’g’ri yo’lga qo’yilmagan bo’lsa, ishlab chiqarish jarayoni normal ketmaydi. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda inson omilining ahamiyati doimiy ravishda jamiyat ega bo’lgan har bir mehnat salohiyati ahamiyatining oshib borishi bilan bog’liq. Shuning uchun korxonalarda kadrlarni to’g’ri joylashtirishni tahlil qilish vazifalariga alohida e’tibor beriladi. Ushbu ish jarayonida asosiy e’tibor ularni oqilona taqsimlash, son va sifat jihatidan foydalanish masalalariga qaratiladi. Son jihatidan qaralganda ishlovchilarning umuman korxona bo’yicha yoki bo’limlar bo’yicha yetarliligi ishlab chiqarish vazifalarining hajmlari va mehnat jamoasining imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Sifat jihatidan esa – bajarilayotgan ishlarning murakkabligiga ishlovchilar kasb malakasining mos kelishi darajasiga qarab aniqlanadi. Bunday tahlildan maqsad – kadrlarni oqilona joylashtirish yo’li bilan ishlab chiqarishning mehnat salohiyatidan foydalanishni yaxshilash zahiralarini topishdir. Tahlil obyekti bo’lib qo’llanilayotgan mehnat taqsimoti va kooperastiyasi hisoblanadi va uning mehnat salohiyatidan foydalanishni hamda hisobot yilida bo’lgan undagi son va sifat o’zgarishlarini baholashdan boshlanadi. Buning uchun mavjud bo’lgan mehnat jamoasining salohiyati aniqlanadi va u hisob salohiyati (ma’lum ish hajmini bajarish uchun zarur) bilan solishtiriladi. 131 Ko’rsatilgan uslubiy yondashuv shunga bog’liqki, har qanday ishlab chiqarish jamoasining mehnat salohiyati o’lchovi aniqlanganda ishlovchilar sonidan emas, balki ularning salohiyat imkoniyatlaridan kelib chiqiladi. Korxonalardagi hajmiy va boshqa ko’rsatkichlarni rejalash yillik hisobda kvartal va oylarga bo’lish bilan qilinganligi tufayli, mehnat salohiyatini quyidagi formulada hisoblanadigan to’liq yillik ishchilar soni S t.r -yagona ko’rsatkichida hisoblash maqsadga muvofiq. S t.r = J s : T o’r (6.22.) Bu yerda: J s – ish vaqti jamg’armasi salohiyati; T o’r – bir ishlovchining o’rtacha bir yillik ish vaqti jamg’armasi, soat. Shunday qilib aniqlangan jamoa mehnat salohiyati zarur o’lchov bilan solishtirilib, kadrlardan foydalanish va joylashtirishdagi kamchiliklar hisobiga mavjud zahiralar topiladi. Mehnat salohiyati hisob-kitoblari umuman sex bo’yicha yoki ishlovchilarning alohida funkstional guruhlari bo’yicha o’tkazilishi kerak. Hisob-kitoblarni bunday detallashtirish alohida olingan kategoriyalardagi ishlovchilar sonining mavjud normativlar talablariga mos kelishini tahlil qilish imkonini beradi. Bu holda ishlovchilarni oqilona joylashtirish va ulardan foydalanishning umumiy mezoni bo’lib kadrlar tuzilmasidagi o’zgarishlar hisoblanadi. Ayniqsa ishlovchilarning har bir kategoriyasi ulushining normativlarga mos kelishini tahlil qilish muhimdir. Lekin har doim ham turli ishlovchilar guruhlarining normativlarga mos kelishiga jiddiy amal qilinmaydi. Masalan, boshqaruv xodimlari ulushining oshib ketishi tashkiliy xarakterdagi negativ jarayonlarni ko’rsatadi. Bunday oshib ketish oxir oqibatda foyda o’lchamiga ta’sir qiladi. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling