Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti abdurahmonov Q. X., Boqiyeva I. A
Xodimlardan foydalanish intensivligining tahlili
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
7 MAVZU PERSONAL RIVOJLANISHINING AUDIT e0b8cc117a96bde38547f3cfd96cdf7e
7.4. Xodimlardan foydalanish intensivligining tahlili Xodimlardan foydalanish intensivligi darajasini quyidagi ko’rsatkichlar yordamida tahlil qilish mumkin: smenalik koeffitsienti – Ksm, smenalik rejimidan foydalanish koeffitsienti – K foy. sm; og’ir jismoniy mehnatda band bo’lish koeffitsienti – Kog’; nufuzli bo’lmagan ishlarda band bo’lish koeffitsienti – Knuf; ishlovchilar diqqatini asosiy ishdan bo’lish (chalg’itish) koeffitsienti – Kchal. Ishchilarning smenalik koeffitsienti va smenalik rejimdan foydalanish koeffitsienti hamma ishchilar tomonidan ishlangan umumiy nafar-kunlarni ularning eng katta smenadagi soniga nisbati bilan topiladi. 1. S ish (um) K s m = ------------------- S eng katta sm.ish (7.6.) 2. IVJ (umumiy) K almashuvchanlik = --------------------------- IVJ eng kam smenada (7.7) 3. K sm K s menali rejim = ----------------- Smenalar soni (7.8) 4. S ish joyi K to’xtovsizlik = ------------------------------- S eng katta smenadagi ishchilar (7.9.) 142 5. S nuf.bo’lmagan ishdagi ishlovchilar K nufuzli bo’lmagan = ----------------------------------- S o’r.ro’yxat. (7.10) 6. S chalg’itilgan ishchilar K chalg’itish = ------------------------- S o’r.ro’yxat. (7.11) Misol, smenalarda ishlangan ish vaqtlari quyidagi ma’lumotlarda tavsiflanadi: 1- smenada 22.000 kishi-kun, 2-smenada - 18.000, 3-smenada-10.000 kishi-kun ishlangan. K sm = (22000 + 18000 + 10000) : 22000 = 2,27, K s m.rej. = 2,27:3 = 0,76 Ma’lum davr uchun bu koeffitsientlarning o’zgarishi smenalar bo’yicha ishchilardan va uskunalardan foydalanilayotganligidan dalolat beradi. Ishlab chiqarish omillarini rivojlantirish balansi va xodimga bo’lgan ehtiyojni aniqlash uchun ish joyidan reja-hisob birligi sifatida keng foydalanilayotgan sharoitda, xodim bilan komplektlashtirilganlik darajasi quyidagi formula bilan hisoblanishi mumkin: D n = S h : J h (7.12) Bu yerda: D n - xodimning komplektlashtirilganlik darajasi; S h - haqiqatdagi xodim soni; J h -korxonadagi ish joylarining haqiqatdagi soni. Bitta ish joyida ketma-ket yoki parallel holda bir nechta ishchilar ishlashlari mumkin. Shu bois ish joylarini komplektlash uchun ko’p ishchilar talab qilinadi. Ish joylarini to’liq komplektlashtirish uchun zarur ishchilar soni (Srej) quyidagi formula bilan aniqlanadi: S rej =J rej x K sm x K to’l (7.13) 143 Bu yerda: J rej - reja davridagi ish joylar soni; K sm - rejalik smenalik koeffitsienti; K to’l - ish joylarining to’latilish koeffitsienti. Agar bir ish joyida bitta ishchi band bo’lsa, unda K to’l =1. Qolgan koeffitsientlar ushbu ish bilan band bo’lgan vaqtning ish vaqti fotografiyasi va boshqa ishlangan vaqtni hisobga olish ma’lumotlaridan foydalanishga asoslangan holda umumiy ish vaqti jamg’armasiga nisbati bilan topiladi. Mehnatni mexanizastiyalash – korxonalar iqtisodiyotini rivojlantirishning muhim muammolaridandir. Qo’l mehnatini kamaytirishni tahlil qilish uchun mashina va mexanizmlar yordamida ishlovchi ishchilar salmog’i, mashina va mexanizmlar yonida yoki faqat qo’l mehnati bilan band bo’lganlar salmog’i hamda mashina va mexanizmlarni sozlash va ta’mirlash ishlarini bajaruvchilar salmog’i haqidagi ma’lumotlardan foydalaniladi. Mehnatning mexanizastiyalashganligiga umumiy bahoni mehnatni mexanizastiyalashganlik koeffitsienti beradi (Km). Mexanizastiyalashgan ishlarda band bo’lganlar sonining umumiy ishlovchilar soniga nisbati bilan aniqlanadi: èø ÷è m m m C C C K (7.14.) Bu yerda: S m - mexanizastiyalashgan ishlarda band bo’lgan ishchilar soni; S ishchi - qo’l mehnatida band bo’lgan ishchilar soni. Xodimlar faoliyati auditida muayyan ko’rsatkichlardan foydalaniladi. Xodimdan foydalanish intensivligi korxona ishlab chiqarish quvvatlarining o’zgarishiga qarab tahlil qilinadi. Bunday quvvat oshgan yoki uning ba’zi qismlari rekonstruktsiya qilingan hollarda yordamchi hodimlar ham, ma’muriy-xo’jalik xodimlari ham ko’payishi aniq. Shunday ekan, bu kategoriyalarning oshishini ishlab chiqarish quvvatlari bilan bog’liq holda o’rganish zarur. 144 7.4.-jadvalda xodimlardan foydalanish intensivligini tahlil qilish imkonini beradigan ko’rsatkichlarning minimal yig’indisi berilgan. Bu kategoriyadagi xodimlar mehnati nisbatan tejalishining umumiy o’lchamini, avvalo, ikki guruh omillar qo’shilishi natijalari sifatida tahlil qilish zarur: Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling