Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti abdurahmonov Q. X., Boqiyeva I. A


 O‘qitishning xajm ko‘rsatkichlari


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/153
Sana05.01.2022
Hajmi1.87 Mb.
#210145
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   153
Bog'liq
7 MAVZU PERSONAL RIVOJLANISHINING AUDIT e0b8cc117a96bde38547f3cfd96cdf7e

8.3. O‘qitishning xajm ko‘rsatkichlari 
 
Yuqorida  aytib  o’tilgan  ko’rsatkichlar  o’qitish  hajmini  hisobga  olmaydi,  shu 
sababli  kompaniyada  bir  yil  davomida  o’tkazilgan  o’qitish  umumiy  hajmining 
kompaniya  xodimlari  soniga  nisbati  kompaniyada  o’qitish  tizimining  mos 
keladiganroq  bahosi  hisoblanadi.  Bu  ko’rsatkich  yil  davomida  kompaniyaning  bitta 
xodimiga  to’g’ri  keladigan  o’qitish  hajmini  tavsiflaydi.  Uni  kishi-soat  yoki  kishi-
kunlarda o’lchash mumkin. Alohida o’quv tadbirlari bir kundan ham kam vaqt davom 
etishi  mumkinligini  hisobga  olib,  1  kun  8  soatga  teng  deb  olgan  holda  soatlarni 
kunlarga qayta hisoblash maqsadga muvofiq. 
1  Bunday  taqqoslashni  oxirgi  paytlarda  «benchmarking»  (ingl.  benchmarking) 
deb atash qabul qilingan. 
Ikki xodimning 3 kun davom etadigan ochiq seminarga tashrif buyurishi 2x3 = 6 
kishi-kun yoki 6x8 = 48 kishi-soatga teng bo’lgan o’qitish hajmini beradi. 


 
149 
15  xodim  uchun  ikki  kunlik  yopiq  seminar  30  kishi-kun  yoki  240  kishi-soatga 
mos  keladi.  Biroq  100  ta  xodim  uchun  bir  soatlik  ma’ruza  100  kishi-soat  yoki  12,5 
kishi-kunga teng bo’lgan hajm beradi. 
Eng  yaxshi  kompaniyalar  amaliyoti  bitta  xodimga  to’g’ri  keladigan  o’qitish 
hajmi bir  yilda bita xodimga 3 dan 10 kishi-kungacha bo’lishi bilan tavsiflanadi. Bu 
yerda  shuni  aytib  o’tish  kerakki,  oxirgi  3-5  yilda  dunyoda  masofaviy  o’qitish  va 
kompyuter  yordamida  o’qitishning  kengayishi  hisobiga  auditoriyada  o’qitish 
hajmining pasayishi tendenstiyasi kuzatilmoqda. 
 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling