Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti abdurahmonov Q. X., Boqiyeva I. A


 O‘qitishning iqtisodiy ko‘rsatkichlari


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/153
Sana05.01.2022
Hajmi1.87 Mb.
#210145
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   153
Bog'liq
7 MAVZU PERSONAL RIVOJLANISHINING AUDIT e0b8cc117a96bde38547f3cfd96cdf7e

8.4. O‘qitishning iqtisodiy ko‘rsatkichlari 
 
Bir qarashda eng oddiy va tushunarli bo’lgan ko’rsatkich – o’quv tadbiri qiymati 
–  haqiqatda  ko’p  narsa  haqida  gapirmaydi.  Bu  ko’rsatkich  faqat  tadbirning  ikkita 
asosiy  tavsifnomasi  –  qatnashchilar  soni  va  davom  etish  muddatini  hisobga  olgan 
holda  baholanishi  mumkin.  Shu  sababli  amaliyotda  o’quv  tadbirining  bir  kuni  (bir 
soati) qiymati  va har bitta o’qitilayotgan xodimning bir kuni (bir soati) qiymati kabi 
ko’rsatkichlarni ko’rib chiqsh maqsadga muvofiq. 
Aytib o’tilgan ko’rsatkichlarning birinchisi o’qitishning guruh turlarini iqtisodiy 
baholash, ya’ni birinchi navbatda yopiq seminarlar uchun foydalaniladi.  
Ikkinchi  ko’rsatkich  nafaqat  har  qanday  o’quv  tadbirini,  balki  butun  yillik 
o’qitish  rejasini  ham  iqtisodiy  baholash  uchun  foydalanish  mumkin  bo’lgan  va  har 
bitta  o’qitilayotgan  xodimning  bir  kuni  (bir  soati)  qiymatini  bildirib,  universal 
ko’rsatkich  hisoblanadi.  Ushbu  ko’rsatkichni  o’qitish  iqtisodiy  samaradorligining 
umumlashtirilgan  o’lchovi  deb  atash  ham  mumkin.  Bu  ko’rsatkich  qanchalik  kichik 
bo’lsa,  kamroq  xarajatlar  bilan  shunchalik  ko’proq  xodimlar  o’qitilishi  mumkin 
bo’ladi. 
O’qituvchi  va  qatnashchilar  o’rtasida  interaktiv  o’zaro  aloqalarga  asoslangan 
treninglar,  qoidaga  ko’ra,  10-12  kishidan  iborat  bo’lgan  guruhlarda  o’tkaziladi, 
chunki  a’zolar  soni  ko’p  bo’lgan  guruhlarda  samarali  o’zaro  aloqalarni  ta’minlash 
juda  qiyin.  Kompyuterda  ishlash  ko’nikmalariga  o’rgatishda  o’quv  jarayonining 


 
150 
uslubiy  ta’minoti,  tahsil  olayotganlarning  boshlang’ich  malakasiga  qarab  bitta 
o’qituvchiga  4  kishidan  8  kishigacha  to’g’ri  kelishi  lozim.  Qatnashchilar  sonini 
oshirish  yo’li  bilan  yuqorida  aytib  o’tilgan  o’qitish  turlarining  iqtisodiy 
samaradorligini  oshirishga  harakatlar  o’qitish  sifatining  keskin  tushib  ketishiga 
sababchi  bo’ladi.  Lekin  shunga  qaramay,  o’qitish  samaradorligi  va  sifati  ustidan 
doimiy  monitoring  mavjudligida  ushbu  ko’rsatkichdan  foydalanish  to’g’ri  deb 
sanalishi mumkin. 
O’qitish xarajatlarini ish haq jamg’armasi va foydaga nisbatan, shuningdek, bitta 
xodimga hisob-kitob qilganda olingan natija asosida baholash mumkin. O’qitishning 
iqtisodiy  samaradorligi  xuddi  har  qanday  tovar  yoki  xizmatning  narxi  va  sifati  kabi 
nisbatda  bo’ladi.  Chunonchi:  narx  qanchalik  past  bo’lsa,  qoidaga  ko’ra,  sifat  ham 
shunchalik past bo’ladi. 
Xodimning manfaatlari nuqtai nazaridan auditorlik ekspertizasi ikki yo’nalishda 
amalga  oshiriladi:  xodimning  chuqur  bilimga  egaligini  rivojlantirish  (malakasini 
oshirish) va xizmat pillapoyasi bo’ylab harakatlanish imkoniyati (karera). 
Afsuski,  ko’plab  firmalar  o’qitishda  mablag’  tejaydi,  eng  muvaffaqiyatga 
erishgan  kompaniyalar  esa  mehnatga  haq  to’lash  fondining  10  foiz  igacha  bo’lgan 
mablag’larni ta’lim ehtiyojlariga ajratadi (8.1-jadval). 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling