Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti b. B. Berkinov, D. S. Ashurova, M. K. Abdullaeva, G. E. Zahidov
Download 6.6 Mb. Pdf ko'rish
|
Arm Б Б Беркинов ва бошқ Минтақаларни ижтимоий иқтисодий ривожланишини
Baza davrida
joriy narxlardagi 4 aloqaning yalpi ishlab chiqarishi Aloqa tarmog’i fizik 4 hajmi indeksi Aloqa hizmati tariflarining = o ’sish indeksi Prognoz davrida joriy narxlardagi aloqaning yalpi ishlab chiqarishi Aloqa tarmog’i fizik hajmi indeksi hisob-kitob miqdor ko’rsatkichlari(abonentlar soni, aloqa tarmog’ining uzunligi va boshqalar to’g’risidagi prognoz ma’lumotlari)ni baholash asosida amalga oshiriladi. Qo’shilgan qiymat yalpi ishlab chiqarish va oraliq iste’mol o’rtasidagi farq sifatida aniqlanadi. Oraliq iste’mol o ’tgan qator yillar yoki so’nggi hisobot yili mobaynida tarkib topgan ulush bo’yicha hisoblanadi. Agar aloqa hizmatidan olinadigan daromadlar prognozlashtirilgan choqda hizmatning fizik hajmi indeksi to’g’risidagi ma’lumot mavjud bo’lmasa, u holda hisob-kitobni deflyasiiya usuli orqali, ya’ni quyidagi tarzda amalga oshirish lozim bo’ladi: 132 Baza davrida joriy Narxlardagi Aloqa hizmati Aloqaning yalpi / tariflarining 4 100= Ishlab chiqarishi o ’sish indeksi Prognoz davrida baza davri narxlaridagi aloqaning yalpi ishlab chiqarishi Savdo va umumiy ovqatlanish. "Savdo va umumiy ovqatlanish" tarmog’i hududlar kesimida ichki savdo, ijara shaqobchalari hizmatlari va kinofilmlar prokatini o’z ichiga oladi. Ichki savdo ulgurji savdo, chakana savdo(sabzavotlami saqlashni qo’shgan holda), umumiy ovqatlanish, mazkur faoliyat turlari ustidan xo’jalik boshqaruvi, halq iste’moli mollari ijarasi, savdoni amalga oshirishdagi barcha turdagi vositachilik faoliyatlarini hamrab oladi. U tashkil etilgan bozor (davlat va nodavlat savdo tashkilotlari) hamda tashkil etilmagan bozor (bozorlar, ko’cha savdosi) sifatida hisobga olinadi. Tarmoqning yalpi ishlab chiqraishi va qo’shilgan qiymatini prognozlash chakana va ulgurji savdo aylanmasini prognozlash asosida bajariladi. Prognozlash chakana va ulgurji savdolar bo’yicha alohida amalga oshiriladi. Chakana savdoning yalpi ishlab chiqarishi(ichki savdo) tovarlami sotib olish hamda sotish qiymatlari o’rtasidagi farqni namoyon etuvchi savdo ustamasi(sotilgan tovar qiymatiga qo’shilgan qaq) miqdori orqali o’lchanadi, ya’ni amaliy jiqatdan bu savdo tashkilotlarining yalpi daromadini tashkil etadi. Prognoz davri uchun bu daromad (sotilgan tovar qiymatiga qo’shilgan qaq)nichakana savdo aylanmasi prognozi hamda yalpi ishlab chiqarishning statistik ma’lumotlar bo’yicha so’nggi hisobot yilidagi chakana savdo aylanmasidagi ulushidan kelib chiqqan holda hisoblash mumkin. Oraliq iste’mol so’nggi hisobot yilida yalpi ishlab chiqarishdagi ulushi bo’yicha prognoz qilinadi. Qo’shilgan qiymat yalpi ishlab chiqarish bilan oraliq iste’mol o’rtasidagi farq sifatida hisoblanadi. Qator hisobot yillar davomida yalpi ishlab chiqarishdagi oraliq iste’molning ulushi bo’yicha oraliq iste’mol hisoblanadi(respublika bo’yicha o’rtacha 34,6%). Qo’shilgan qiymat yalpi ishlab chiqarish va oraliq iste’mol o’rtasidagi farqqa teng. Kinoprokat va ijara shaqobchalari hizmatlari bo’yicha yalpi ishlab chiqarish va qo’shilgan qiymatning prognozi uning so’nggi hisobot yilidagi butun tarmoqning yalpi ishlab chiqarish va qo’shilgan qiymatidagi ulushi bo’yicha amalga oshiriladi. 133 Ichki savdoning haqiqiy o ’sish sur’atlarini aniqlash uchun yalpi ishlab chiqarish va qo’shilgan qiymatning prognozi uning so’nggi hisobot yilidagi butun tarmoqning yalpi ishlab chiqarishi va qo’shilgan qiymatidagi ulushi bo’yicha amalga oshiriladi. Boshqa hizmat ko’rsatish tarm oqlari. Boshqa hizmat ko’rsatish sohasi tarmoqlariga qo’llanilayotgan hisob-kitoblar shemasi bo’yicha quyidagi hizmat ko’rsatish tarmoqlari kiritiladi: Moddiy ishlab chiqarish sohasi hizmat ko’rsatish tarmoqlari: Moddiy-tehnika ta’minoti va sotish; Geologiya va er qa’rini kuzatish; Tayyorlov; Ahborot-tehnik hizmat ko’rsatish; Bozoming amal qilishini ta’minlash bo’yicha umumiy tijorat faoliyati; Ko’chmas mulk operasiiyalari; Moddiy ishlab chiqarish sohasining boshqa faoliyat turlari. Nomoddiy soha hizmat ko’rsatish tarmoqlari quyidagilarga ajratiladi: Uy joy xo’jaligi; Kommunal xo’jalik; Aholiga maishiy hizmat ko’rsatish; Sog’liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport; Ijtimoiy ta’minot; Halq ta’limi; Madaniyat va san’at; Fan va ilmiy hizmat ko’rsatish; Moliya, kredit, sug’urt, pensiya ta’minoti; Boshqaruv; Jamoat birlashmalari. Boshqa hizmat ko’rsatish sohasi tarmoqlarining yalpi ishlab chiqarishi va qo’shilgan qiymatini prognozlash pulli va pulsiz hizmat ko’rsatish bo’yicha alohida amalga oshiriladi. Pulli hizmat ko’rsatish bo’yicha hizmat ko’rsatishdan olingan daromadlaming prognoz ma’lumotlari asosida amalga oshiriladi. Bepul hizmat ko’rsatish bo’yicha prognozlash byudjet bajarilishining sarflar qismi ijtimoiy madaniy tadbirlarga, ma’muriy apparat hamda davlat boshqamvi idoralarini ta’minlash sarflarining prognoz ma’lumotlariga asoslanadi. Olingan yakuniy ma’lumotlami moddiy ishlab chiqarish sohasi tarmoqlarining so’nggi hisobot yilida tarkib topgan hizmat ko’rsatish 134 umumiy hajmidagi ulushi bo’yicha ishlab chiqarishi va qo’shilgan qiymati miqdoriga etkazib hisoblab qo’yilishi lozim. Oraliq iste’mol o’tgan qator yillar yoki so’nggi hisobot davrida tarkib topgan yalpi ishlab chiqarishdagi ulushi bo’yicha hisoblanadi. Pulli hizmatlar haqiqiy o’sish sur’atini aniqlash uchun yalpi ishlab chiqarish va qo’shilgan qiymatni o’tgan yildagi taqqoslama narxlarda qayta baholash prognozlashtirilayotgan davrdagi pulli hizmatlar fizik hajmi indeksi orqali ekstropolyasiiyalash yo’li bilan amalga oshiriladi. Bepul(nobozor) hizmatlami qayta baholash Mehnat bo’limi ma’lumotlari bo’yicha prognozlashtirilayotgan davrdagi noishlab chiqarish tarmoqlaridagi bandlar soni indeksi orqali ekstropolyasiiyalash yo’li bilan amalga oshiriladi. Download 6.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling