XVIII BOB 1LMIY-TEXNIKAVIY TARAQQIYOTNI
PROGNOZLASHTIRISH.
18.1. ITTning mohiyati va davriyligi.
Fan va texnikaning rivojlanishini prognoz qilish muhim o’rin tutadi,
zotan, ishlab chiqarish
samaradorligining oshishi, axolining shaxsiy va
ijtimoiy extiyojlarini
qondirish darajasi va usullari, boshqaruv usullari va
vositalari tizimi, tabiiy resurslardan foydalanish va atrof muhitni muhofaza
qilish, mamlakatning mudofaa qudratini ta’minlash fan-texnika taraqqiyoti
sur’atlarini jadallashishiga bog‘liq.
Fan-texnika taraqqiyoti prognozlarini quyidagi yo’nalishlar bo’yicha
guruhlarga bo’lish mumkin.
Birinchi yo’nalish-inson faoliyatining muhim yo’nalishlaridan biri
sifatida fanning, istiqboldagi davrda eng progressiv
hisoblangan asosiy
fundamental, amaliy tadqiqotlarining rivojlanishi va iqtisodga joriy etilishi
prognozlari (yangi texnika, texnologiyalaming joriy etilishi,
ishlab
chiqarishning tashkil qilinishi, ishlab chiqarish
va noishlab chiqarish
sohalaridagi amaliy tadqiqotlar, alohida mahsulot
turlari ishlab chiqarish
va h ). Uchinchi yo’nalish- hayotning turli sohalarida fan-texnika
taraqqiyotining ijtimoiy oqibatlarini aniqlash.
Ilmiy-texnikaviy taraqqiyot - bu xo’jalik
hayotidagi yangi bilim va
erishilgan yutuqlami ochish va ulardan foydalanishning uzilmas va og‘ir
jarayonidir. ITT natijasida quyidagi ishlab chiqarish kuchlarining
elementining rivojlanishi va mukammallashishi ro’y beradi:
mehnat
predmetlari va vositalari,
ishchi kuchi, texnologiyalar,
ishlab chiqarishni
tashkillashtirish va boshqarish.
18.2. ITTning prognozlashtirish konsepsiyasi.
ITTning bevosita natijasi bo’lib innovatsiya yoki yangiliklar
hisoblanadi.
Bu
ilmiy
bilimlar
qo’llaniladigan
texnika
va
texnologiyalaming o ’zgarishi.
O ’z rivojlanish jarayonida ITT bir nechta bosqich etaplaridan o’tgan.
Do'stlaringiz bilan baham: