Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti b. B. Berkinov, D. S. Ashurova, M. K. Abdullaeva, G. E. Zahidov
ITTni turli rivojlanish bosqichlardagi vazifalari
Download 6.6 Mb. Pdf ko'rish
|
Arm Б Б Беркинов ва бошқ Минтақаларни ижтимоий иқтисодий ривожланишини
18.3. ITTni turli rivojlanish bosqichlardagi vazifalari.
Prognozda ko’rsatilgan yo’nalishlar mamlakat ilmiy-texnik rivojlanishining uzoq muddatli strategiyasi doirasida global xarakterga ega. Xususiy ilmiy-texnik prognozlami ishlab chiqarish jarayonida prognozlashtirish ob’ekti sifatida ITTning turli yo’nalishlari hamda innovatsion siklning asosiy bosqichlari qatnashishi mumkin. Perspektiv (5- 10 yil) va yillik xususiy ilmiy-texnik prognozlar ITTni davlat tomonidan tartibga solishda muhim rol o’ynaydi. Ular boshqarishning barcha darajalarida ishlab chiqarilishi mumkin (mamlakatning xalq xo’jaligi, respublika, viloyat, tarmoqlararo kompleks, tarmoq, tashkilot). Davlatning maqsadli ilmiy-texnik dasturlari umumdavlat va tarmoqlararo xarakterga ega bo’lgan eng perspektiv ilmiy- texnik yo’nalishlaming muhim muammolari bo’yicha ishlab chiqariladi. Bu dasturlar texnikaning yangi avlodlarini va bazaviy texnologiyalami yaratishga yo’naltirilgan bo’lib, yangiliklaming butun innovatsion siklini o’z ichiga oluvchi 10-15 yil muddatiga ishlab chiqariladi. Markaziy, tarmoq, region va davlatlararo ilmiy-texnik dasturlari mavjud. Davlatning ilmiy-texnikaviy siyosati shu davlatning ilmiy va ilmiy- texnik faoliyatiga bo’lgan munosabatni ifodalaydi hamda ilm, texnika va ilmiy-texnik yutuqlarini amalga oshirish sohasida O’zbekiston davlat hukumat organlar faoliyatining shakli, yo’nalishi va maqsadlarini aniqlab beradi. Uning asosiy maqsadlari quyidagilar: 1) Ilmiy-texnik potensialni rivojlantirish, ratsional joylashtirish va samarali foydalanish. 2) Moddiy ishlab chiqarish sohasida progressiv tuzilmaviy o ’zgarishlami ta’minlash, uning samaradorligini va mahsulot raqobatbardoshligini oshirish. 3) Davlat iqtisodiyotini rivoj lantirishda ilm va fan- texnikaning hissasini oshirish, muhim ijtimoiy masalalami amalga oshirish. 4) Mamlakat mudofaa kuchlarini mustahkamlash. 5) Ekologik muhitni yaxshilash va boshqalar. 147 Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida asosiy masalalardan biri, ilmiy-texnik faoliyatni moliyalashtirish prinsip va omillaridir. O’zbekistonda ilmiy va ilmiy-texnik faoliyatni moliyalashtirish qonunchilik asosida uning maqsadli mo’ljaliga va moliyalashtiruvchi omillaming ko’pligiga asoslanadi. Fundamental ilmiy izlanishlar asosan, markaziy byudjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi. Markaziy ilmiy-texnik dasturlar, asosiy izlanishlar va eksperimental yangiliklar, markaziy byudjet mablag‘lari, ilmiy-texnik faoliyatni qo’llab-quwatlash fondi mablag'lari hamda qatnashish ulushiga qarab tashkilotlar, uyushmalar, banklar va boshqa xo’jalik sub’ktlar hisobidan moliyalashtiriladi. Regional ahamiyatga ega bo’lgan ishlar O ’zbekiston sub’ektlarining byudjeti, mahalliy byudjet, regional fondlar va qatnashish hissasiga qarab tashkilotlar, uyushmalar, banklar va boshqa xo’jalik sub’ktlari mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi. Shuningdek, O ’zbekistonda davlat, nodavlat va xalqaro ilmiy va ilmiy-texnik faoliyatni qo’llab-quvvatlaydigan fondlar faoliyat ko’rsatadi. Ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat grantlar hisobiga ham amalga oshirilishi mumkin. Download 6.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling