Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti b. B. Berkinov, D. S. Ashurova, M. K. Abdullaeva, G. E. Zahidov
ITT rivojlanishini prognoz baholanishi
Download 6.6 Mb. Pdf ko'rish
|
Arm Б Б Беркинов ва бошқ Минтақаларни ижтимоий иқтисодий ривожланишини
18.6. ITT rivojlanishini prognoz baholanishi.
Ilm va texnika rivojlanishining bosh yo’nalishlari deganda, ilmiy- texnologik rivojlanishga va mamlakat rivojlanishining uzoq muddatli va joriy ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlariga o’z hissasini qo’shuvchi izlanish va kashfiyotlaming sohasi tushuniladi. O’zbekiston hukumati bilan ilm va texnika rivojlanishining quyidagi bosh yo’nalishlari tasdiqlangan: 1) Fundamental izlanishlar; 2) Axborot texnologiyalar va elektronika; 3) Ishlab chiqarish texnologiyalar; 4) Yangi materiallar va kimyoviy mahsulotlar; 5) Tirik tizim texnologiyalari; 6) Transport; 7) Yoqilg‘i va energetika; 8) Ekologiya va tabiatdan foydalanish. Undan tashqari har bir yo’nalish texnologiyalar darajasida konkretlashtirilgan. Natijada bir necha yuz texnologiyalardan 70 tasi O’zbekiston iqtisodiyoti uchun eng muhim bo’lgan texnologiyalar tanlab olingan. Aynan shu bosh yo’nalishlar, jahon tajribasi ko’rsatishicha, XXI asr boshida iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar asosi bo’lgan yangi texnologik bazani shakllantirishda magistral hisoblanadi. 151 Shuni aytib o’tish kerakki, 70 ta kritik texnologiyalardan 17 tasi O ’zbekiston ilmida jahondagi darajasidan ustun turadi: -aviatsion va kosmik texnika; -atom energetikasi; -oqsil preparat va komponentlari; -biomoslashgan preparatlar; -biomuhandislik asosidagi biotexnologiya; - katalizatorlar; -keramik materiallar va nokeramika; - membranalar; - rekombinant vaksinalar; -eng qattiq materiallar; -ekstremal sharoitlarda insonni himoyalash va hayotni ta’minlash tizimlari; -sun’iy intelekt va virtual reallik tizimlari; -nutq, tekst va ko’rinishlami aniqlash sistemalari; - immunokorreksiya texnologiyalari; -tabiiy-texnogen muhitning monitoring texnologiyasi; -ekosistemalar iqlimining rivojlanishi va gidrogeologik hamda resurs o’zgarishlami rivojlanishni prognozlashtirishning texnologiyalari; Ilm rivojlanishining bu yo’nalishlari O’zbekiston hukumati qarorlariga binoan birinchi navbatda moliyalashtiriladi va rivojlantiriladi. Shunday qilib, quyidagi bosh yo’nalishlami amalga oshirishning muhim sharti bo’lib, u ilmiy muhitni yetarli darajada moliyalashtirish shartidir. Moliya resurslarining vujudga kelishini iqtisodiyotning barqarorlashuvi va qat’iy iqtisodiy o ’sishni ta’minotsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Undan tashqari ilmiy-texnik potensialni oshirish va saqlashni, asbob-uskunalaming o ’z vaqtida yangilanishini, texnologik tizimlar va asbob-uskunalaming sifatini belgilab beruvchi mashinasozlikning material-texnik bazasini rivojlantirishni ta’minlash zarur. Faqatgina ko’rsatilgan shartlami amalga oshirish natijasida mamlakatimizda ITT rivojlanishining prognoz baholari ijobiy bo’lishi mumkin. Qisqacha xulosalar. Ilmiy-texnikaviy taraqiyot - bu xo’jalik xayotidagi yangi bilim va erishilgan yutuqlami ochish va ulardan foydalanishning uzilmas va og‘ir jarayonidir. 152 Ilmiy-texnika inqilobi - bu ilmning, ishlab chiqarishning asosiy omili bo’lgan bevosita ishlab chiqarish kuchiga aylanishi asosida ishlab chiqarish kuchlarining tubdan sifatli o’zgarishidin ITTning ishlab chiqarish jarayoniga bo’lgan ta’sirining umumiy ko’rinishi bu ekstensiv va intensiv o’sish o’rtasidagi nisbatni ikkinchisining xisobiga o’zgarishidir. ITTning asosiy natijasi bu - ishlab chiqarishda shakllanadigan va moddiylashadigan iqtisodiy samaraning oshishidir. Davlatning ilmiy-texnikaviy siyosatini shu davlatning ilmiy va ilmiy- texnik faoliyatiga bo’lgan munosabatni ifodalaydi hamda ilm, texnika va ilmiy-texnik yutuqlarini amalga oshirish sohasida mamlakatni xukumat organlarining faoliyatini shakli, yo’nalishi va maqsadlarini aniqlab beradi, Ilmiy-texnika taraqqiyoti innovatsion bosqichlami bosib o’tadi. Innovatsion sikl bosqichida yechiladigan masalalaming taxlili ulaming ko’p xilligini aniqlab beradi. Ular nafaqat maqsadlari bilan balki, faoliyat natijalarining ko’rsatkichlari bilan ham xarakterlanadi. Taxlil natijalari ko’rsatadiki, mavjud jarayonlaming shakllanishi, tuzilishi, ulami matematik modellashtirish imkoniyati birinchi bosqichdan oxirgi bosqich tomonga o’sib boradi. Yangi maxsulotni iqtisodiy va texnik ko’rsatkichlaming prognozi- ekstrapolyatsiya usullarining kombinatsiyasi, ilmiy-texnik axborot, ekspert baxolash usuli asosida amalga oshiriladi. Moliya resurslarining vujudga kelishini iqtisodiyotning barqarorlashuvi va qat’iy iqtisodiy o’sishni ta’minotsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Shu bilan birga ilmiy-texnik potensialni oshirish va saqlashni, asbob-uskunalaming o’z vaqtida yangilanishini, texnalogik tizimlar va asbob-uskunalaming sifatini belgilab beruvchi mashinasozlikni material- texnik bazasini rivoj lantirishni ta’minlash zamr. Yuqorida keltirilgan shartlami bajarilishigina mamlakatda ITT rivojlanishining prognoz baholarini ijobiy bo’lishini ta’minlaydi. Download 6.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling