Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti b. B. Berkinov, D. S. Ashurova, M. K. Abdullaeva, G. E. Zahidov
ITTni rivojlanishining ustuvor yo’nalishlarL
Download 6.6 Mb. Pdf ko'rish
|
Arm Б Б Беркинов ва бошқ Минтақаларни ижтимоий иқтисодий ривожланишини
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fundamental va qidiruv izlanishlar
- Amaliy izlanishlar
18.5. ITTni rivojlanishining ustuvor yo’nalishlarL
Ilmiy-texnik taraqqiyot innovatsion sikl doirasida oqib o’tadi, ya’ni yangiliklami yaratish, o’zgartirish, foydalanish va eskirish jarayonida. Innovatsion sikl qator bosqichlardan iborat: fundamental va qidiruv izlanishlar, amaliy izlanishlar, texnik-iqtisodiy kashfiyotlar, tajribiy ishlab chiqarish, ishlab chiqarishni tayyorlash, seriyali ishlab chiqarish, yangiliklaming ekspluatatsiyasi va eskirish. Har bir bosqich masalalarining mahsus hajmi, ulaming yechilishini mahsus usullari, qatnashuvchilaming malakasi va tayyorgarlik darajasi hamda tarkibi, mehnat predmeti va vositalamng yig'indisi, moddiy va moliyaviy resurslar, ijro etuvchi uyushmalaming turli xil shakli va ulaming faoliyatini boshqarishi bilan xarakterlanadi. Bosqichlaming mahsusligi maqsadlaming xarakter va tuzilmasini hamda prognozlashtirish masalalarini va ulami yechish usullarini belgilab beradi. Fundamental va qidiruv izlanishlar - oldin noma’lum bo’lgan tabiat qonunlarini kashf etishga, jamiyat va inson ongini bilishga yo’naltirilgan bo’ladi va tabiiy ilmiy hamda jamoa jarayonlaming rivojlanish qonunlarini sistemalashtirish, o’rganish va aniqlashni ko’zda tutadi. Amaliy izlanishlar - o’z ichiga konkret sohadagi qidiruv izlanishlar natijalaridan amaliy foydalanish yo’llarini va ijtimoiy-iqtisodiy samarasini, texnik imkoniyatlarini o’rganishni oladi. Texnik-iqtisodiy kashfiyotlar - yangi va mukammallashgan buyumlami, inshootlami, mehnat unumdorligini o’sishiga, materiallar harakatini qisqarishiga, tabiiy resurslami ratsional ishlatishga sezilarli ta’sir qiluvchi boshqaruvning tizim va jarayonlarini ta’minlashga imkon 149 beruvchi prospektiv konstruktorlik, texnologik, proyekt va iqtisodiy kashfiyotlami tan lash ni ko’zda tutadi. Tajribiy ishlab chiqarish — buyumlami birinchi nusxasini va uning original ko’rinishini, ulaming texnik vazifasiga mos kelishini va sifatini sinovdan o’tkazish maqsadida ishlab chiqarilishi. Ishlab chiqarishni tayyorlash - ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalaridagi ishlab chiqarish korxonalarining qurilishini va ob’ektlaming rekonstruksiyasining eng muhimlarini tanlash va asoslashning, mehnat va material resurslaming taqsimlashni, investitsiyalami ta’minlashni, amaldagi korxonalami rekonstruksiyalarini va yangilami tezroq ko’rishni o ’z ichiga oladi. Seriyali ishlab chiqarish - mehnat unumdorligini sezilarli oshiruvchi yangi texnika, texnologiya, material lam i kiritish, materiallar, energiyani tejash, mehnatni yaxshiroq tashkil etish, asosiy fondlami ishlatish, ishlab chiqarilgan mahsulotning sifatini oshirishni ko’zda tutadi. Ekspluatatsiya bosqichida - yangi texnika ishlab chiqarish yoki shaxsiy iste’molga o ’tadi. Ma’naviy va jismoniy eskirgan buyumlar seriyali ishlab chiqarish ekspluatatsiyadan olinadi shu bilan yangilikning hayot sikli tugatiladi. ITT ning zamonaviy sharoitlari “izlanish-kashfiyot” siklining vaqtini qisqartiradi hamda yangiliklaming butun hayot siklini ham. Shu bilan birga material, moliya, hom-ashyo resurslami cheklash, yaratilgan ishlab chiqarish vositalaming ekspluatatsiya muddatini oshirish masalasini oldinga suradi. Innovatsion sikl bosqichida yechiladigan masalalaming tahlili ulaming ko’p xilligini aniqlab berdi. Ular nafaqat maqsadlari bilan balki faoliyat natijalarining ko’rsatkichlari xarakterlari bilan farqlanadi. Tahlildan aniqlasa bo’ladiki, mavjud jarayonlaming shakllanishi, tuzilishi va ulaming matematik modellashtirish imkoniyati birinchi bosqichdan oxirgi bosqich tomonga o ’sib boradi. Xuddi shu yo’nalishda kashf qilinayotgan yangiliklami qo’llash bo’yicha qabul qilingan qaromi aniqlanishi oshadi. Shu bilan birga shuni hisobga olish kerakki, prognozlami usullarini tanlash paytida prognozning chuqurligi katta ahamiyatga ega bo’ladi. Agar prognozlashtirilayotgan jarayon evalyutsion deb faraz qilsak, unda statistik va shakllangan usullami ishaltilishi to’g ‘ri bo’ladi. Agar prognozlashtirish jarayonida notekisliklar mavjud bo’Isa, unda shu sakrashlami aniqlash va uni amalga oshirish vaqtini baholash uchun ekspert usullarini qo’llash zarur. Fundam ental va amaliy izlanishlarni prognozlash - tizimli tahlil va sintezni qo’llash, ekspert baholar usuli, ssenariy yozish, “maqsad v 150 daraxti”ni tuzish yo’li bilan ishlab chiqariladi. Bu muammolar tuzilmasini o’tkazish, maqsadli ketma-ketlikni topish, miqdor baholashning variantlarini olishga, izlanishlaming eng yaxshi yo’nalishini tanlashga imkon beradi. Texnik-iqtisodiy kashfiyotlar bosqichida prognozlashtirish paytida - tarmoqlararo balans usullari qo’llaniladi, “xarajat - chiqarish” va boshqalar. Yangi mahsulotning iqtisodiy va texnik ko’rsatkichlarining prognozi - ekstrapolyatsiya usullarining kombinatsiyasi, patent xujjatlashtirishning tahlili, ilmiy-texnik axborot, ekspert baholash usuli asosida amalga oshiriladi. Tajribiy ishlab chiqarish, ishlab chiqarishni tayyorlash, seriyali ishlab chiqarish va ekspluatatsiya bosqichlarida ekspert baholash, omilli tahlil, imitatsion usullar qo’llaniladi. Prognozlarda muhim rolni yiriklashgan balans hisoblaming tizimi o ’ynaydi. Download 6.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling