Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti b. B. Berkinov, D. S. Ashurova, M. K. Abdullaeva, G. E. Zahidov
V BOB. IQTISODIY PROGNOZLASH MODELLARI
Download 6.6 Mb. Pdf ko'rish
|
Arm Б Б Беркинов ва бошқ Минтақаларни ижтимоий иқтисодий ривожланишини
24
V BOB. IQTISODIY PROGNOZLASH MODELLARI 5.1. Iqtisodiy -ijtimoiy prognozlash masalalarining mohiyati. Iqtisodiy va ijtimoiy prognozlashda turli modellardan keng foydalaniladi. Jamiyatdagi va iqtisodiyotdagi ob’ektlami matematik modellar yordamida kuzatish mumkin. Bu tushuncha modellashtirish deyiladi, «Model» so’zi lotincha modulus so’zidan olingan bo’lib, o’lchov, me’yor degan ma’noni anglatadi. Iqtisodiy model-iqtisodiy ob’ektlaming soddalashtirilgan nuxasidir. Bunda modelning hayotiyligi, uning modellashtiriladigan ob’ektga aynan mos kelishi muhim axamiyatga egadir. Lekin yagona modelda o’rganilayotgan ob’ektning xamma tomonini aks ettirish mumkin emas. Shunda jarayonning eng xarakterli va eng muxim belgilari aks ettiriladL Model iqtisodiy prognozlashni, o’rganilayotgan jarayonni ilmiy anglashning muhim vositasi bo’lib hisoblanadi. Modellashtirish jarayoni, ob’ektni yoki jarayonni boshlang‘ich o’rganish, uning amalga oshadigan xususiyatlari va belgilarini ajratish, modelning nazariy va tajribaviy tahlili, modellashtirish natijalarini ob’ekt haqidagi haqiqiy ma’lumotlar bilan solishtirish, modelni korretirovkalash hamda oydinlashtirish kabilar asosida model qo’rishni tashkil etadi. Iqtisodiy-matematik modellar va usullaming iqtisodiy tizimlarga tadbiq etuvchi tarmog'i, murakkab iqtisodiy tizimlami boshqarish uslublarini nazariya, ya’ni umumkibemetik ishlab chiqarish vositalari yordamida o’rganadi. Bunday vositalarga, avvalo, ishlab chiqarish jarayonlarini matematik modellashtirish va o’zaro iqtisodiy aloqalami modellar yordamida tekshirish, murakkab tizimlami oddiy tizimlarga keltirib tahlil qilish, turli ob’ektlardagi o’zaro bog'lovchi axborot aloqalarini o’rganish hamda iqtisodiy tizimlami rostlash uslublari kiradi. Kuzatilayotgan ob’ektlami chuqur va har tomonlama o’rganish maqsadida tabiatda va jamiyatda ro’y beradigan jarayonlaming modellari yaratiladi. Buning uchun ob’ektlar hamda ulaming xossalari kuzatiladi va ular to’g‘risida dastlabki tushunchalar hosil qilinib, turli xil shakldagi modellar yaratiladi. Keng ma’noda model biror ob’ektni yoki ob’ektlar sistemasini na’munasidir. Modelning hayotiyligi uning modellashtiriladigan ob’ektga qanchalik mos kelishiga bog'liq. Bitta modelda ob’ektni hamma tomonini aks ettirish qiyin bo’lganligidan unda ob’ektning eng xarakterli va muhim belgilarigina aks ettiriladi. Shuni ham ta’kidlab o’tish kerakki, ortiqcha 25 soddalashtirilgan model qo’yilgan talablarga yaxshi javob bera olmaydi, o’ta murakkab model esa masalani yechish jarayonida qiyinchiliklar tug‘diradi. Demak, modelning haqiqiyligi to’plangan ma’lumotlar hajmiga, aniqlik darajasiga, tadqiqotchining malakasiga va modellashtirish jarayoniga, aniqlanadigan masalaning xarakteriga bog'liq ekan. Download 6.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling