Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti "bank ishi" fakulteti "tashqi iqtisodiy faoliyat" kafedrasi
O’zbekistonda raqobat afzalligiga ega bo’lgan sanoat tarmoqlari
Download 1.98 Mb. Pdf ko'rish
|
firmaning raqobat strategiyasi va taktikasini shakllantirish. oatb mikrokreditbank fargona viloyati qoqon shahar filiali misolida
O’zbekistonda raqobat afzalligiga ega bo’lgan sanoat tarmoqlari
Iqtisodiyot sektorlari Iqtisodiyot tarmoqlari Raqobat afzalliklari Kuchli raqobat mavqeiga ega bo’lgan tarmoqlar Xom ashyo va qazib chiqarish Rangli metallurgiya, paxtani qayta ishlash, neft-gaz, og’ir sanoat Yuksak
raqobatdoshlik afzalliklariga ega Nisbiy raqobatdoshlik mavqeiga ega bo’lgan tarmoqlar Iste’mol tovarlari ishlab chiqarish mashinasozlik, avtomobilsozlik, engil, kimyo, oziq-ovqat Nisbatan past raqobatdoshlik afzalliklariga ega Potentsial raqobatdoshlik mavqeiga ega tarmoqlar Yuqori qo’shilgan qiymatga ega tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish Mikroelektronika- axborot kompleksi, farmatsevtika, mikrobiologiya Potentsial rivojlangan raqobatdoshlik afzalliklariga ega Manba: www.ecsoman.edu.ru- internet sayt ma’lumotlari
Qayta ishlash tarmoqlarida birinchi kategoriyali kuchli raqobatdosh guruhiga sanoatning quyidagi xomashyo va qazib chiqarish sektorlari kiradi: neft-gaz, rangli metallurgiya, paxtani qayta ishlash sanoati. Ushbu tarmoqlar hissasiga mamlakat sanoat eksportining 70 foizdan ortig’i to’g’ri keladi. Tashqi bozorda tarmoqning raqobatdoshligini aks ettiradigan ko’rsatkich hisoblangan umumiy sanoat ishlab chiqarish hajmida eksport mahsulotlari ulushi o’sish tendentsiyasiga ega: rangli metallurgiyada 72 dan 85 foizga, qora metallurgiyada 28,2 dan 55 foizga, neft-gaz sohasida 20,1 dan 47 foizga, paxta tozalashda 87 foizdan 90 foizga o’sgan. Ushbu tarmoqlarning raqobatdoshlik indikatori boshqa ishlab chiqarish turlariga nisbatan ancha yuqori hisoblanadi. Raqobatdoshlik salohiyatiga ega bo’lgan istemol tovarlari ishlab chiqarishga yo’naltirilgan ikkinchi guruh tarmoqlarga quyidagi tarmoqlar kiradi: engil sanoatning qayta ishlash tarmoqchalari, oziq-ovqat sanoati, avtomobilsozlik. Mahalliy iste’mol tovarlari raqobatdoshligi indeksi xomashyo
50
ishlab chiqarishdagi shakllangan raqobatdoshlik ko’rsatkichiga nisbatan birmuncha past. Umumiy ishlab chiqarish hajmida eksport mahsulotlarining engil sanoatdagi ulushi 35 foiz, mashinasozlikda 25,5 foiz, oziq-ovqat sanoatida 5 foiz. Ushbu tarmoqlarning tashqi bozordagi raqobatdoshligi sanoatning o’rtacha darajasidan taxminan 20-25 foiz past hisoblanadi 22 .
muammosi saqlanib qolmoqda. Qayta ishlash sektori tarmoqlaridagi asosiy mahsulotlarni ishlab chiqarishning ichki xarajatlari jahondagi o’rtacha narx darajasiga yaqinlashib qolgani holda, ba’zi mahsulotlar turlari bo’yicha o’rtacha jahon bahosiga nisbatan yuqori. Ushbu tendentsiya moddiy texnika va energetika xarajatlari ulushining yuqori darajada saqlanib qolayotgani bilan belgilanadi. O’zbekistonning bozor iktisodiyotiga o’tish boskichida marketingning asosiy vazifasi raqobatli bozor muhitini shakllantirishdir. Mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari o’rtasida rakobat quyidagilarni ta’minlaydi: Korxonalarining tashkiliy huquqiy turli shakllari, ko’p ukladli iqtisodiyotni shakllantirish va rivojlantirish: Korxonalari mahsulotlarini sotish sohalarini rivojlantirish: Vositachi korxonalarning narxlarini oshirish kabi monopollashuv shartnomalariga yo’l qo’ymaslik: Tovar bozoridagi harakat yullaridagi to’siqlarni bartaraf etish: Xozirgi zamon bozorida muvaffaqiyatga erishish, ilmiy texnika natijasida firmaning ishlab chiqarish, moliyaviy va texnologik saloxiyati bilan emas, balki marketing tadqiqotlari o’tkazishdagi faollik, tashabbuskorlik va tajribasi bilan aniqlanadi degan fikr- muloxazalar xukm surmokda. Buni tasdiqlovchi xaqiqat shuki, keyingi 10-15 yilda marketing tadqiqotlari zamonaviy biznesning katta mustaqil sohasiga aylanib ketdi. Ma’lumotlarga ko’ra 50 foizdan ko’p amerikalik, 86 foiz evropalik va 60 foiz Yaponiya biznesmenlari, firma va kompaniyanlari marketing tadqiqotlari o’z kuchlari bilan olib borganlar.
22 Strategiya dalneyshego povisheniya konkurentosposobnosti natsionalnoy ekonomiki: materiali chetvertogo foruma ekonomistov / otv.red. M.P. Narzikulov. –Tashkent: BaktriaPress, 2012. S. 29.
51
Qolganlarga esa maxsus tadqiqot muassasalariga murojaat qilishadi. Xozir marketing tadqiqotlari bilan juda ko’p ilmiy - tekshirish byurolari, firmalari, agentliklari, universitetlari, davlat muassasalari shug’ullanmokda. Masalan, G’arbiy Germaniyada 120 dan ko’prok 3 ming kishilik ilmiy xodimlari bo’lgan tashkilotlar marketing tadqiqoti olib bormokda. Frantsiyada bunday muassasalar 100, Angliyada 200, AQSH da 800 dan ko’prok bo’lib, bir yilda 1 milliard dollar atrofida mablag’ aylantiradi. OATB “Mikrokreditbank” muvaffaqiyatining asosiy sabablaridan biri ham uning biznesni diversifikatsiyalash strategiyasidan unumli foydalanganida bo’ldi. Biznesni 2005 yilda sovun ishlab chiqarishdan boshlagan kompaniya, sal keyinroq, kir yuvish vositalari mahsulotlari ham sotishni yo’lga qo’ydi va bozorda munosib o’ringa ega bo’ldi. Oradan ko’p o’tmay, diversifikatsiya strategiyasiga amal qilgan holda kompaniya o’zi uchun yangi bo’lgan biznes – kosmetika mahsulotlari ishlab chiqarishga kirishdi. Va chet ellik hamkorlar yordamida mamlakatimizda birinchi bo’lib kosmetika ishlab chiqarishni o’zlashtirdi.
Aytish mumkinki, har qanday xususiy biznesning rivoji avvalambor mamlakatda unga yaratilgan shart-sharoitlar, keng yo’l, so’ngra, asoschilarning tashabbuskorligi va mehnatsevarligiga bog’liq bo’lsa, ikkinchi tomondan, biznes yuritishning zamonaviy texnologiyalari va usullaridan qanchalik omilkorlik bilan foydalanishiga bog’liqdir. Ish yakunida biznesda diversifikatsiya strategiyasidan foydalanish bo’yicha quyidagi xulosa va takliflarga kelindi: 1. Xususiy biznesni rivojlantirish strategiyalari ichida kompaniya faoliyatini faol diversifikatsiya qilish strategiyasini eng samarali vositalardan biri, deb hisoblaymiz; 2. OATB “Mikrokreditbank” misolida aytish mumkin-ki, diversifikatsiyani qo’llashdan oldin joriy faoliyatni har tomonlama tahlil qilish, moliya va imkoniyatlarni xolis baholash hamda hisoblab chiqishdan keyingina amalga oshirilishi lozim;
52
3. Diversifikatsiyani amalga oshirish uchun kompaniya boshqaruv tizimi, biznes yo’nalishlar orasidagi o’zaro munosabatlar, mijozlar bilan ishlash tartiblarini to’liq qaytadan isloh qilish va optimallashtirish maqsadga muvofiq; 4. Kompaniya yanada rivojlanib borishi uchun bozordagi o’zgarishlarni doimiy kuzatib borishi, boshqaruvning korporativ uslublarini joriy etishi, boshqaruvga qarindosh-urug’chilik munosabatlarining zarar qilishiga yo’l qo’ymasligi zarur. Ana shunda, uning kelajagi yanada porloq bo’lishi shubhasiz. Tovar raqobatbardoshligini o’rganish jarayoni murakkab va o’z ichiga quyidagi bosqichlarni oladi: tovar sotilish bozorini o’rganish; raqiblar haqida ma’lumotlar yig’ish; iste’molchilar talablarini o’rganish; raqobatbardoshlikni oshirish bo’yicha tadbirlar ishlab chiqish; ishlab chiqarish va bozorga sinov sotishlari bilan chiqish haqidagi qaror. Bu masalalarni hal qilish korxonada tovar raqobati qobiliyati darajasini baholashning uzluksiz tizimini yaratishni talab qiladi. Tovar raqobatbardoshligining asosiy sharti quyidagi ko’rinishiga ega bo’lgan boshqa xuddi shunday tovarlarga nisbatan eng katta yalpi foydali samaradan iborat: K=S/I b
bu erda S- tovarning foydali samarasi, I b - tovarni xarid qilish va foydalanish bo’yicha xarajatlar(iste’mol bahosi). Tovar raqobatbardoshligini ta’riflovchi ko’rsatkichlarning eng asosiylari quyidagilardir: 1. Me’yoriy ko’rsatkichlar 1 1
Download 1.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling