2.3.1-rasm.
Bugungi kunda bank faoliyati barqarorligining asosi bo’lgan Markaziy
bank nochor banklarni aniqlash va ularga iqtisodiy madad berish, ularning
sinishiga yo’l qo’ymaslik chora-tadbirlarini ko’rmoqda. Bu o’z navbatida tijorat
banklari moliyaviy barqarorligining oshirilishi hamda aholining bank tizimiga
bo’lgan ishonchini yanada mustahkamlanishiga imkon yaratmoqda.
So’nggi yillarda mamlakatimiz tijorat banklari hamda yangi tashkil
topayotgan kredit institutlari o’rtasida teng va beg’araz raqobat vujudga
kelmoqda. Bu esa tijorat banklari boshqaruv strategiyasining to’g’ri
tanlanganligi, aktivlarning ishonchli joylashtirilganligi, majburiyatlarni bajarish
va likvidlilikni ta’minlashda ijobiy natijalarga erishish zarurligi hamda shu
asosda yuqori daromadga erishish mumkinligidan darak bermoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |