56
2-bob bo’yicha xulosalar
Banklarning mijozlari yuz, xatto minglab kichik va o’rta firmalardan
iborat bo’ladi. Ularning kupchiligini xususiy firmalar tashkil etib, ularning
birortasi ham tarmoqdagi umumiy sotuv xajmida sezilarli rol uynamaydi. Bo’lib
tashlangan tarmoqning asosiy farqlanadigan xususiyati, unda etakchilarning
yukligidir. Bunday tarmoklar katoriga kitob nashriyotlarini, neftni tanker bilan
tashish, avtomobillarni ta’mirlash, tez xizmat kursatadigan restoran va kafelar,
xususiy firmalarda buxgalterlik xizmatlari, ayollar kiyimlarini tikish
ustaxonalari, mexmonxona va otellar, mebel ishlab chikarish, karton kutichalar
tayyorlash, ozik-ovkat tovarlarini kadoklash kabilarni kiritish mumkin.
Tarqoq tarmoklarda rakobat kurashi o’rtacha kuchlidan shiddatligacha
bulishi mumkin. Tarqoq tarmoklarga to’g’ri keladigan rakobat strategiyasining
extimoldagi variantlariga kuyidagilar kiradi:
1. Namunali sharoitlarni yaratish va ulardan foydalanish.
2. Past xarajatlarni ta’minlash.
3. Integratsiya yuli bilan xaridor uchun foydani oshirish.
4. Tovar turiga ixtisoslashish.
5. Xaridor turiga ixtisoslashish.
6. Cheklangan geografik xududlarga fokuslash.
Raqobatchining nisbiy afzalligi turli omillar bilan belgilanadi. Umuman
olganda, bu omillarni ular vujudga keltiradigan ichki va tashqi afzalliklardan
kelib chiqqan holda ikki keng toifaga ajratish mumkin
Agar raqobatli afzallik tovarning ajralib turuvchi sifatlariga asoslangan
bo’lsa, u “tashqi” afzallik deb ataladi, bu sifatlar xarajatlarning qisqartirilishi
yoki samaradorlikning oshirilishi hisobiga xaridor uchun qiymatli bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: