Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti "bank ishi" fakulteti


Download 1,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/46
Sana05.01.2022
Hajmi1,84 Mb.
#213930
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   46
Bog'liq
tovarlarning tashqi bozordagi harakatini taminlashda transport tizimini takomillashtirish eldorado trans-servis masuliyati cheklangan jamiyat misolida

Imkoniyatlari  

Yuqorida aytib o’tilganidek, ichki bozorimiz hali alyuminga to’yinmagan. Qolaversa, 

qo’shni mamlakatlarda ham alyumin yangi mahsulot hisoblanadi. Alutexda o’z 

bozorini kengaytirish uchun yaxshigina imkoniyat mavjud

Korxona alyumin profillarini turini o’zgartirish uchun kerak bo’ladigan qoliplarni o’zi 

yasay oladi. Bu esa yangi turdagi mahsulot assortimentlarini yaratishga imkoniyat 

ochadi; 

So’nggi yillarda mamlakatimizda amal qilayotgan mahalliylashtirish dasturiga 

muvofiq, import qilinayotgan mahsulotlarning ma’lum qismini o’zimizda ishlab 

chiqarish imkoniyati oshmoqda. Bu esa mahsulot tannarxini pasayishiga sezilarli 

ta’sir ko’rsatishi mumkin. Masalan, “TLZ” bo’yoqlari, korxona import qilayotgan 

“Pulver”dan ko’ra ancha arzon, lekin mahsulotning sifati Alutex talablari darajasida 

bo’lmaganligi uchun kompaniya bo’yoqni import qilishga majbur; 

Eksportyorlarni qo’llab quvvatlash maqsadida amalga oshirilayotgan chora – tadbirlar 

korxonaga bir qancha imkoniyatlarni, soliqlardan imtiyozlarni taqdim etgan. Agar 

korxona eksport hajmini yanada oshirsa ko’proq imtiyozga ega bo’lishi mumkin. 



Xavf – xatar 

Alyumin yengil mahsulot bo’lganligi uchun tezda ommalashib ketgan. Har qanday 

mahsulotda bo’lgani singari, uning ham hayotiylik davri mavjud va taxminimizcha u 



45 

 

keyingi 10 yillikda hali beri tugamaydi. Lekin ana shu hayotiylik davrining tugashi 



korxona uchun eng katta xavf  bo’lib hisoblanadi; 

Alyumin profilini tayyor bo’lishi jahon bozoriga bog’liq. Alyumin homashyosining 

narxi bevosita London birjasidagi trendga bog’liqdir. U yerdagi ozgina ko’tarilish 

yoki tushish unchalik ahamiyat kasb etmasligi mumkin, lekin xalqaro miqyosdagi har 

qanday inqiroz unga ta’sir etmay qolmaydi

Oxirgi 5 yil davomida shu soha bilan shug’illanuvchi raqobatchilar soni bir muncha 

oshdi va buning natijasida korxonaning bozordagi ulushi qisqardi. Raqobatchilarning 

ko’payishi iste’molchilar uchun yaxshi albatta, qaysi mahsulotni tanlash ular 

ixtiyorida bo’ladi, lekin ishlab chiqaruvchilar uchun bundan ortiq xavf bo’lmaydi. 

 


Download 1,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling