Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti g’. E. Zaxidov, M. T. Asqarova, Z. A. Djumayev, L. F. Amirov


Download 1.17 Mb.
bet126/160
Sana13.04.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1353989
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   160
Bog'liq
Makroiqtisodiyot Zaxidov 2019 [@iqtisodchi kutubxonasi]

Ep = (Ya – VA) / Ya.


Bu yerda: Ep - sohaning tarif bilan haqiqiy himoyalanganlik darajasi; Ya - bojxona tarifi kiritilgandan keyingi qo‘shilgan qiymat;
VA - bojxona tarifi kiritilishidan oldingi qo‘shilgan qiymat.
ER = ((3000 + 2250) – 3000) / 3000 = 2250 / 3000 = 0,75 yoki 75%
Bu shuni bildiradiki, tayyor avtomobillarga 40% tarif va ehtiyot qismlarga 25% tarifni joriy qilib, davlat milliy avtomobisozlikni haqiqatda 75% tarifli himoyalanganligini ta’minlaydi.
Proteksianizm siyosatining muhim tamoyili ham shundaki, davlat tayyor mahsulotlarga bojni ko‘tarish va yarim tayyor mahsulotlarga esa uning miqdorini pasaytirish orqali tarmoqning haqiqiy himoyalanganligini yanada oshiradi.
Agar mamlakatlar bojxona ittifoqiga birlashsalar, unda bojxona tarifi, barcha ishtirokchi mamlakatlar uchun ularning savdo munosabatlarida yagona bo‘lib qoladi. Bojxona tariflari miqdori alohida mamlakatlar iqtisodiyotida va jahon xo‘jaligida yuz berayotgan jarayonlar ta’sirida yuzaga keladi. Jahonda importga bojxona bojlarining pasayish tendensiyasi kuzatilmoqda va u ikki tomonlama hamda ko‘p tomonlama
muzokaralar asosida mamlakatlar tomonidan rag‘batlantiriladi va nazorat qilinadi.
Bojxona bojlarini joriy qilishni qo‘llovchi fikrlarga aksincha bo‘lgan mulohazalar ham mavjud. Chunki sanab o‘tilgan natijalarga boshqa usullar bilan kamroq yo‘qotishlar hisobiga ham erishsa bo‘ladi degan fikrlar ham qaysidir darajada asoslidir.
Birinchidan, import tariflari iste’molchilar turmush darajasining pasayishiga olib keladi.
Ikkinchidan, import tariflari kiritilishi oqibatida ular vositasida himoya qilinayotgan tarmoqlarda resurslar samarasiz sarflanadi.
Uchinchidan, tariflarni kiritish va ular stavkasini belgilash masalasida mamlakat imkoniyatlari xalqaro bitimlar bilan cheklangan.


    1. Ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalar va importni kvotalar orqali tartibga solish


Miliy ishlab chiqaruvchilarni xorijiy firmalar raqobatidan himoya qilishning muqobil usuli ularga bevosita subsidiya berish hisoblanadi.


Ishlab chiqarish subsidiyasining tariflardan afzalligi shundan iboratki, u bir tomondan, milliy ishlab chiqarishni S0 dan S1 gacha o‘sishini ta’minlasa (17.2 - rasm), ikkinchi tomondan, iste’molning mutlaq kamayishiga olib kelmaydi. Chunki, ichki narxlar jahon narxlaridan qimmatlashmaydi.
Subsidiya sharoitida ishlab chiqaruvchilar uchun ichki narxlar darajasi Pd, jahon narxlari Pw darajasiga teng. Shuning uchun, haqiqiy iste’mol hajmi D0 ga teng. Tarif kiritilgan sharoitda esa u D1 gacha kamaygan bo‘lur edi. Mamlakat farovonligidagi mutlaq yo‘qotish esa b sohasidangina iborat bo‘ladi. Ayni paytda ishlab chiqarishga berilgan bevosita subsidiyalar ishlab chiqarish xarajatlarining samarali taqsimlanishini kafolatlamaydi, chunki aynan qaysi tarmoqni xalqaro raqobatdan himoya qilishni bilish qiyin bo‘ladi.




Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling