O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo siyosati iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlariga erishish, inflatsiya sur’ati va ishsizlik darajasilarining me’yor darajasida bo‘lishini ta’minlash, valuta zahiralarini ko‘paytirish, milliy valuta almashinuv kursining mo‘tadil devalvatsiyasi va to‘lov balansining barqarorligini ta’minlash maqsadlariga qaratilgan.
Tayyor raqobatbardosh mahsulotlar eksportini faol oshirish va bu mahsulotlar etkazib beriladigan mamlakatlar geografiyasini yanada kengaytirish vazifasini amalga oshirish eksport hajmini barqaror o‘stirish, tashqi bozordagi o‘zgarishlar ta’sirida uning hajmi keskin kamayishi xavfini bartaraf etish imkonini beradi.
O‘tgan yillar mobaynida eksport qiluvchi korxonalarni qo‘llab- quvvatlash borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar iqtisodiyotimizning eksport salohiyatini yuksaltirish, tashqi savdo tarkibida ijobiy siljishlarga erishish, uning hajmini barqaror o‘stirish imkonini bermoqda.
Keyingi yillarda eksportni rag‘batlantirish uchun so‘mning AQSH dollariga nisbatan kursini bosqichma-bosqich pasaytirish choralari ko‘rilishi va mahalliylashtirish dasturining izchil amalga oshirilishi natijasida respublikamiz to‘lov balansining, xususan, tashqi savdo balansining barqarorligi saqlab qolindi.
17.3–rasmda respublikamiz tashqi iqtisodiy savdo balansi (eksport– import) ijobiy saldoga ega bo‘lganligini ko‘rishimiz mumkin.
2018 yil yanvar-dekabr oylari yakunlariga ko`ra, respublikada tashqi savdo aylanmasi 33 815,3 mln.AQSH dollarini tashkil etib, o`tgan yilning shu davriga nisbatan 27,3 %ga o`sdi. shu jumladan, eksport hajmi 14 257,9 mln. AQSH dollarga (o`sish sur`ati 13,6 %) va import hajmi 19 557,4 mln. AQSH dollariga (o`sish sur`ati 39,6 %) yetdi. Tashqi savdo saldosi minus 5 299,5 mln. AQSH dollarini tashkil qildi.
17.3-rasm. O‘zbekistonning tashqi savdo ko‘rsatkichlari dinamikasi, mln.doll.99
So`nggi yillarda hukumatimiz tomonidan sanoat tuzilmasini diversifikatsiya qilishni, eksportni qo`llab-quvvatlash, import o`rnini bosuvchi tovar va mahsulotlarni ishlab chiqarishni yanada oshirilishi natijasida eksport tarkibida sezilarli o`zgarishga erishildi.
Ko‘rilayotgan davrlarda mamlakatimiz eksport hajmi import hajmiga nibatan ko‘p bo‘lgan. SHuningdek, eksport va importning YAIM dagi ulushlari 2004 yildan boshlab pasayish tendensiyasiga ega bo‘lganligini ko‘rish mumkin. Ayniqsa bu ko‘rsatkich 2015 yilga kelib juda past ko‘rsatkichga ega bo‘ldi. Jahon bozorida paxta tolasi, mis va oltinning narxlari tushib ketishi yuzaga kelgan vaziyatning asosiy sababidir. Eksportning YAIM dagi ulushi kamayganligi eksport hajmining absolyut miqdori kamayganligini bildirmaydi. Bu holatda YAIM ning o‘sish sur’atlari eksport hajmining o‘sish sur’atidan katta bo‘lganligi sababli YAIM dagi eksportning ulushi kamayganligini ko‘rishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |