Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. Amonboyev, D. I. Abidova, N. A. Jurayeva turizm iqtisodiyoti


Restoran biznesini boshqarishning usul va uslublarining


Download 3.36 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/116
Sana03.12.2023
Hajmi3.36 Mb.
#1800746
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   116
Bog'liq
T menejment

9.4. Restoran biznesini boshqarishning usul va uslublarining 
o„rni 
9.1.Dunyo miqyosida restoran zanjirlarining rivojlanishi va 
ovqatlanish tarmoqlarining kengayishi 
Oxirgi 10 yillikda dunyo miqyosida restoran zanjirlarining miqdori 
va o‗lchami sezilarli darajada o‗sdi. Bu borada shubxasiz AQShni 
liderlik qilmoqda deyish mumkin, uning restoran zanjirlari mamlakat 
tashqarisida ham faol kengaytirilgan siyosat o‗tkazmoqda. Ularning 
erishgan yutuqlari ko‗p jihatdan boshqa davlatlarda yashayotgan 
amerikalik turistlar va amerika fuqarolari, shuningdek AQShda turli 
mavsumlarda ishlaydigan va o‗qiydigan juda ko‗p xorij fuqarolari bilan 
bog‗liq. Restoran zanjirida asosiy mahsulot hisoblangan gamburger va 
pitssa tarmoqlari tez o‗sib bormoqda. Restoran zanjiridagi savdoning 
40% dan ortiqrog‘ini sandvichlar tashkil qiladi.
―New research‖ kompaniyasi tuzgan klassifikatsiyaga ko‗ra 
sendvichlar qatoriga quyidagilar kiradi: ―Makdonalds‖ restoranlarida 
beriladigan 
gamburgerlar, 
fransuzcha 
sendvichlar, 
―Sabvey‖da 
beriladigan sandvichlar, ―Tako Bell‖da beriladigan ―teks-meks‖. 1-
chizmada xizmat ko‗rsatish bozorida restoranlarning ulushi ko‗rsatilgan. 
Umumiy ovqatlanish bozorining katta ulushini 42.6 mlrd. dollar 
aylanma mablag‗ga ega bo‗lgan holda gamburgerlar restoran zanjirlari 
egallagan. Restoran zanjirlari orasida 2005-yilda ―Makdonalds‖ eng katta 
aylanma mablag‗ga, ya‘ni 21.8 mlrd. dollarga ega edi, biroq korxonalar 
soni bo‗yicha ikkinchi o‗rinda edi. Eng ko‗p korxonalar ―7-eleven‖ 
restoran zanjiri tarkibida mavjud, u aylanma mablag‗ bo‗yicha ozgina 


100 
orqada qolgan edi. Ushbu ma‘lumotlar 1-jadvalda berilgan. 90-yillarning 
boshlarida pitstseriya bozori sezilarli darajada kengaydi, ular asosan 3 ta 
zanjirga biriktirilgan. ―Pitstsa-Xat‖-9450 ta korxona, ―Domina-pitssa‖-
5300 taga va ―Lill-sizar‖-4300 ta korxonaga ega edi. Ular hammasi 
birgalikda bozorning 85% ini tashkil qiladi
38
. 
Amerikada restoran biznesida bir qancha xolding guruhlari bir 
qator tovar markalariga (belgilariga) ega. Masalan; ―Pitssa-Xat‖
―Pepsiko Ink‖ kompaniyasiga qarashli, ―Tako Bell‖ esa ―Kentukki Fred 
Chikken‖ kompaniyasiga, ―TV xolding INK‖ga ―Denis‖, ―Kuinsis‖, ―El 
Pollo Loko‖ va ―Kantin Korp‖lar kiradi. Oxirgi yillarda Amerikaning 
yirik restoran zanjirlari strategiyasi asosan kechki payt ovqatlanishga 
qaratilgan, chunki bundan katta daromad keladi. 

Download 3.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling